К содержанию
РецензированоRU2024

DIN PSIXOLOGIYASINING ZAMONAVIY FANLAR TIZIMIDAGI TUTGAN O’RNI

Mambetiyarova Venera Reyimbaevna · Oralbaeva Aytbike Amangeldi qızı

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, based on the analysis of existing approaches to defining the subject area of the psychology of religion, an attempt is made to propose a solution to the question of the place of the psychology of religion in the system of modern sciences. Key words. Religion, psychology, religious feeling, faith, religious studies. МЕСТО ПСИХОЛОГИИ РЕЛИГИИ В СИСТЕМЕ СОВРЕМЕННЫХ НАУК Аннотация. В данной статье на основе анализа существующих подходов к определению предметной области психологии религии предпринята попытка предложить решение вопроса о месте психологии религии в системе современных наук. Ключевые слова. Религия, психология, религиозное чувство, вера, религиоведение. Din psixologiyasi, dinning insonlar ustida psixologik, ma’naviy va ruhiy ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan ilimiy soha hisoblanadi. Bu sohaga kiradigan mavzular orasida dinning insonlarda o’zgartiradigan davr, g’oyalar, qarashlar, manfaatlar va ehtiyojlar, o’z-o’zini taraqqiyotga olib kelish, stress va qo’rquvlar bilan bog’liq qurbonliklarga qarshi qo’llanilishi va boshqalar kabi masalalar kiritiladi. Din psixologiyasining asosiy maqsadi, dinning insonlar hayotida o’ziga tegishli bo’lgan psixologik jarayonlarni tushuntirish, shunday qilib, insonlarda ma’naviy va ruhiy tiklanishlarni oshirishga yordam berishdir. Bu sohada olimlar, psixologlar, dini o’qituvchilar va tadqiqotchilar ishlab chiqqan bir nechta nazariy va amaliy usullar mavjud. Albatta, bu soha faoliyatlarini amalga oshirishda ushbu usullar katta ahamiyat kasb etadi. Shuni ham takidlab o’tish joiyzki, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat ham din psixologiyasining rivojlanishiga, o’z faoliyatlarini mustaqil amalga oshirishiga imkon bermoqda. Chunki din sohasi juda katta mas’uliyat talab etuvchi sohalardan biridir. Jamiyatimiz a’zolarining diniy bilimlarini, g’oyalarini, maqsadlarini, ehtiyojlarini va diniy qarashlarini, shuningdek dinga bo’lgan munosabatlarini kuzatish, o’rganish ijtimoiy psixologiya sohasining asosiy vazifalaridan biridir. Barchamizga ma’lum, chunki hozirda har qanday diniy tahdidlar, muqaddas dinimizni niqob sifatida foydalanib o’zlarining g’arazli niyatlarini amalga oshirish maqsadida bo’lgan diniy ekstremistlar, terroristlar va shuningdek boshqa har xil guruhlar hozirga globallashuv davrimizda 1 00 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jamiyatimizga katta xavf solmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar yuqorida ta’kidlangan xavflarni oldini olish yoki ularni o’z vaqtida bartaraf etish, shuningdek insonlarga ishonchli diniy ta’lim berish mexanizimini yaratish, aholining vijdon erkinligini yanada mustahkamlashga qaratilgandir. Ushbu masala yuzasidan Toshkent shahrida bo’lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda davlatimiz rahbari qatnashdi va nutq so’zladi. Muhtaram prezidentimiz o’z nutqida “Biz ko’p joylarda jaholatga qarshi ma’rifat tashabbusi bilan chiqyapmiz. Muqaddas islom dinini niqob qilib boshqa ko’chalarga kirib ketayogan johil kimsalar bir narsani tushunmaydi yoki tushunishni istamaydi. Ya’ni, islom faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo’ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g’oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo’lish – bu O’zbekiston xalqiga mutlaqo to’g’ri kelmaydi”, - deya ta’kidladilar. Shu kabi sa’y harakatlar natijasida, diniy masjidlar soni 2042 nafarga yetgan bo’lsa, yurtdoshlarimiz orasidan muqaddas haj safarini amalga oshiruvchilar soni yiliga 7200 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, bugungi kunga kelib, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Najmiddin Kubro, Mahmud Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahror Valiy kabi aziz-avliyolarimiz, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari alloma va mutaffakirlar, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib kabi musavvirlarning nomlari, obro’-etiborlari va bebaho meroslari yana tiklandi. Din psixologiyasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda shakllangan va uning bir tarmog’i holiga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bo’lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o’rganadi. Ya’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko’rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi asosiy xususiyatlari xatti-harakatlarga bo’lgan ta’siri to’g’risida atroflicha to’xtaladi. Ruh-jasad aloqasi bilan atrof madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida o’rganuvchi diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni ko’rsatib beradi. Shu sababli din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan holda inson turlarini atroflicha o’rganib, xos tipologiy

Доказательный фрагмент

«In this article, based on the analysis of existing approaches to defining the subject area of the psychology of religion, an attempt is made to propose a solution to the question of the place of the psychology of reli…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, based on the analysis of existing approaches to defining the subject area of the psychology of religion, an attempt is made to propose a solution to the question of the place of the psychology of reli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Religion, psychology, religious feeling, faith, religious studies, Din, din tuyg’usi, psixologiya, dinshunoslik., e’tiqod
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники