К содержанию
РецензированоRU2024

BUXORO АMIRLIGIDА YER EGALIGI BILAN BOGʻLIQ YIGʻINLAR VA TOʻLOVLAR (XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr oʻrtalari)

Arslonbek Nurov

Современная наука и исследования · 2 · 2024

Аннотация

In this article, the taxes, collections and payments related to land ownership of the Emirate of Bukhara in the second half of the 18th century - the middle of the 19th century during the rule of the Mangit dynasty are studied. It is indicated that sources and literature written in a certain period were used in the research work. The collection and payment procedure for all lands is determined by the emirate. Key words: Bukhara Emirate, Amir Nasrullakh, kafsan, muhrona, suruvona, bridge money, alaf money, tanob money, leaf money, double money, nimsara, yaksara, joycha money, objuvaz money, asian money, chighir money, wood money. СБОРЫ И ПЛАТЕЖИ, СВЯЗАННЫЕ С ЗЕМЛЕВЛАДЕНИЕМ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ (Bторая половина XVIII – середина XIX века) Аннотация. В данной статье изучаются налоги, сборы и платежи, связанные с землевладением Бухарского эмирата во второй половине XVIII - середине XIX века в период правления династии Мангит. Указывается, что в исследовательской работе 587 Dekabr, 2024-Yil использовались источники и литература, написанные в определенный период. Порядок сбора и оплаты за все земли определяет эмират. Ключевые слова: Бухарский эмират, Амир Насрулла, кафсан, мухрона, сурувона, бридж-деньги, алаф-деньги, таноб-деньги, листовые деньги, двойные деньги, нимсара, яксара, джойча деньги, обжуваз деньги, азиатские деньги, чигирские деньги, лесные деньги. Buxoro amirligining iqtisodiy siyosatini, asosan, yerga egalik munosabatlari tashkil etadi. Daromad manbai ham oʻsha davrda mavjud boshqa xonliklar – Xiva va Qoʻqon xonliklari singari yerdan keladigan soliqlardir. Buxoro amirligidagi yer egaligi va u bilan bogʻliq soliq, yigʻin va toʻlovlar xususidagi tadqiqotlarni A.Semenov [1], K.Mirzayev [2], M.Abduraimov [3], A.Majlisov [4] va boshqalarning ilmiy ishlarida alohida oʻrganilgan. Keyinchalik, R.Xoliqova, N.Oblomurodov, F.Tolipov va boshqalarning tadqiqot ishlarida koʻrish mumkin. Amir hududlardagi hosildorlikka qarab soliq miqdorini quyidagicha belgilagan: “Ma’lum qilamanki, Karmananing Xonim va Kasaba kanallari atrofidagi hududdan va pastrogʻidagi bogʻi teparogʻdan Xon chorbogʻdan olinadigan soliq quyidagicha belgilansin. Karmanaga yaqin hududdan – bir tanob yerdan – 8 tangagacha, Karmanadan beriroqda – 7 tanga, boshqa hududlardan 6 tanga, Zarafshon daryosi shimolidagi yerlardan esa 5 tanga undirilsin. Koʻp ham, kam ham belgilangandan ortiq undirilmasin” [5]. Kafsan – mulkdor va yer egasining soliqlardan tashqari xirmondan olinadigan haqi. Muhrona – yigʻim-terim mahali xirmondagi don uyumlari roʻyxatga olinib, muhrlangan. Muhr loy yoki tactachadan tayyorlangan boʻlib, xirmondagi don u olinmaguncha hech kimga sotilmagan. Agarda kimdir oʻgʻirlik qilib qoʻlga tushib qolsa, unga nisbatan 52 tangagacha jarima solingan yoki shunga loyiq mol-mulki undirilgan [6]. Hosildorlik past boʻlgan paytlarda soliq chegirmalari koʻzda tutilgan. Amaldorlar davlat oldidagi xizmatlari uchun xiroj va tanobaning ma’lum qismidan ozod etilgan. Soliqdan hukmdor avlodlari ham ozod qilingan. Viloyatlardan yigʻilgan soliqlar quyidagicha taqsimlangan: yigʻilgan soliqlarning teng yarmi viloyat hokimida qolgan, yarmi toʻqson tortiq koʻrinishida amirga joʻnatilgan. Amirga joʻnatiladigan yuk: 9 ta zardoʻzi buxcha, 9 ta gilam, 9 ta mol gilam, har birida 10 ming tanga solingan 9 ta qopdan iborat boʻlgan. Bunga qoʻshimcha qilib viloyatning kirimi va chiqimi yozilgan daftar ham taqdim etilgan [7]. Suruvona – Buxoro amirligida yarim oʻtroq chorvador xalqlar qoʻy-echkilari, ot, tuya, yilqilarining davlatga tegishli ekinzorlarni, hukmdor va amaldorlarning yerlarini payhon qilganligi yoki ularga tegishli yaylovlardan mollarini haydab oʻtganligi evaziga solingan jarima. 588 Dekabr, 2024-Yil Bu yigʻimlar bojgir va amlokdorlar tomonidan yigʻib olingan, uning miqdori har bir otarga 2 ta qoʻyni tashkil etgan [8]. Amir dalalarni aylanganda, harbiy harakatlar paytida ham qoʻshimcha soliq va toʻlovlar olingan. Masalan, odatda, favqulodda soliq – joʻl yigʻib olingan. Ushbu soliq amir Shohmurod davrida joriy etilgan. Amir Muzaffar esa aminona nomi bilan yuritiladigan maxsus soliq joriy etilgan. Bunda Tovar va mol-mulk narxining 1.5 foizi miqdorida soliq toʻlangan. Vaqt oʻtishi bilan u doimiy soliqqa aylangan. Asosiy soliqlardan tashqari, mollarini qayiqlarda daryolardan olib oʻtgani uchun soliqlar ham undirilgan. Suv puli – daryo. kanal, zovur va ariqlardan olib oʻtilgan yuklardan olinadigan pul. Aholi tomonidan u kambagʻal yoki boy boʻlishidan qat’i nazar barchadan birdek olishgan. Koʻprik puli – mahalliy va hukumatga qarashli boʻlgan koʻpriklardan mol olib oʻtuvchilardan olinadigan oʻtish haqi, yigʻim. Dehqonchilik qiluvchi qishloq aholisi asosiy yer soligʻidan tashqari, har bir tanob bogʻ yoki polizga maxsus soliq tanob puli, bedazorga alaf puli toʻlaganlar. Koʻpincha, bu ikki soliq umumiy nom bilan tanobona yoki tanob puli deyilgan. Bu soliqlarning miqdori yerlarning bozorlarga yaqinligiga va boshqa sabablarga koʻra xilma-xil boʻlgan. XIX asrning 50-yill

Доказательный фрагмент

«In this article, the taxes, collections and payments related to land ownership of the Emirate of Bukhara in the second half of the 18th century - the middle of the 19th century during the rule of the Mangit dynasty ar…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the taxes, collections and payments related to land ownership of the Emirate of Bukhara in the second half of the 18th century - the middle of the 19th century during the rule of the Mangit dynasty ar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara Emirate, Amir Nasrullakh, kafsan, muhrona, suruvona, bridge money, qoʻsh puli, chigʻir puli, barg puli, yaksara, tanob puli, osiyo puli, alaf puli, Buxoro amirligi, amir Nasrullo, joʻycha puli, choʻp puli., koʻprik puli, nimsara, objuvoz puli
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники