Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Иммуностимулирующие свойства препарата Иннопровет
INNOPROVET PREPARATINI IMMUNOSTIMULOVCHI XUSUSIYATI
in Library · 95 · 2026
Аннотация
В данной статье приведены результаты изучения иммуностимуллирущей активности пробиотического препарата «Иннопровета» против колибактериоза цыплят. Из 10 цыплят, получавших пробиотик, после заражения вирулентной культурой Escherichia coli в дозе 4,75x108 КОЕ не заболел ни один цыплёнок, тогда как не получавшие пробиотик 8 цыплят (из 10) заболели, продемонстрировав клинические признаки и показав положительные результаты в бактериологическом исследовании (3 из 10). Изучение иммуностимулирующей активности препарата оценивали по нарастающим показателям Т-лимфоцитов (98 после заражения у получивших пробиотик, 95 – не получавших пробиотик), В-лимфоцитов (25 и 14 соответственно). Kalit so‘zlar. broyler, jo‘ja, probiotik, innoprovet, Escherichia coli, immunitet, T-B limfotsitlar, gemoglоbin, bacillus subtillis. Kirish. Mamlakatimizda aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, xuddi shunday parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish muammosi parrandalarni tabiiy, ekologik toza ozuqalar bilan boqish hamda ularning kasalliklarini oldini olish muammosi bilan bog‘liqdir. Ushbu muammo davlatimizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Jumladan, 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori shular jumlasindandir. 1.Parrandachilik sohasini rivojlantirish maqsadida: Ushbu yo‘nalishda mamlakat aholisini yuqori sifatli parranda go‘shti va tuxum mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarga mahalliy 3 7-noyabr 2024-yil. | TO‘PLAM – 2/24 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynachilikdagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari hamda ilm-fandagi yutuqlar parrandachilik mahsulotlarini sotishni ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Parrandalarni ratsional oziqlantirish ishlari ilmiy asosda yo‘lga qo‘yiladi. Donli ozuqalarni yetishtirish va sotib olish bo‘yicha klaster tizimini joriy etish orqali korxonalar ehtiyojini ozuqalar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasiga asosan parrandachilik klasterlarini tashkil qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish; parrandachilik sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish orqali parrandachilik mahsulotlarini, shu jumladan, ozuqa ishlab chiqarish, parranda chiqindilarini qayta ishlash, iste’molga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport geografiyasini kengaytirish; parrandachilik mahsulotlari turlarini ko‘paytirish va bozor munosabatlarini yanada kuchaytirish maqsadida parrandachilikning kurkachilik, bedanachilik, g‘oz va o‘rdakchilik hamda tuyaqushchilik kabi yo‘nalishlarining ommaviyligini oshirish choralarini ko‘rish hamda aholi xonadonlarida parranda go‘shti va tuxumga bo‘lgan ehtiyojlarni yanada barqaror ta’minlash. Probiotikalarni parrandachilikda qo‘llash afzalliklari. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha veterinariya sohasida immunobiologik preparatlari keng qo‘llanila boshlagan. Bular hayvonlar va parrandalar organizmining noqulay sharoitlarni (noto‘g‘ri oziqlantirish, oziqalarni mikroblar va ularni toksinlari bilan zararlanishi, postvaksinal reaksiyalar, noto‘g‘ri va cheksiz antibiotklarning qo‘llanilishi) ta’siriga qarshi umumiy rezistentligini oshirish va normobiotsenozni shakllanishini ta’minlash xususiyatga ega. Bundan tashqari ushbu preparatlar nafaqat bir qator yuqumsiz, balkim patogen va shartli patogen mikroorganizmlar ham mqarshi qo‘llaniladi. Bu preparatlar – probiotiklar - biologik preparatlar bo‘lib, hayvonlarning ichagidagi simbiont mikoorganizmlaridan tayyorlanadi, organizmga tushgandan keyin bir qator organik moddalarni, vitamin, ferment, bakterosinlarni ishlab chiqaradi va ozuqaning to‘liq hazm bo‘lishini, so‘rilishini ta’minlab, hayvonlarni maxsuldorligini oshiradi, shu bilan birgalikda mahsulotning ta’mi va sifati yaxshilanadi. Probiotiklar hayvoning ichakdagi mikroflorasiga zararsiz bo‘lib, patogen va shartli patogen mikroblarga nisbatdan antogonistik xususiyatga ega, fermentativ faol bo‘lib, organizmning litik fermentlar chidamliligini oshirashi, ichakda uzoq muddat tirikligini saqlab qolishini ta’minlashi, bundan tashqari, texnologik olinishiga qulay, saqlashda stabil, ekologik jihatidan xafvsiz kabi xususiyatlari ushbu preparatlar chorvachilikni, parrandachilikni hamda baliqchilikni samaradorligini oshirishga imkonini yaratadi. Shu sababli parrandalarda infeksion kasalliklarni davolash va oldini olishda mahalliy probiotikni qo‘llash va mahsuldorligini oshirish muhim hisoblanadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Innoprovet probiotikni parvarish qilinayotgan go‘sht yo‘nalishidagi broyler jo‘jalarida kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarida davolovchi va oldini oluvchi
Доказательный фрагмент
«В данной статье приведены результаты изучения иммуностимуллирущей активности пробиотического препарата «Иннопровета» против колибактериоза цыплят.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье приведены результаты изучения иммуностимуллирущей активности пробиотического препарата «Иннопровета» против колибактериоза цыплят. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- гемоглобин, immunity, gemoglоbin, immunitet, Escherichia coli, chicken, broiler, probiotik, курица, Т-В-лимфоциты, jo‘ja, innoprovet, Bacillus subtillis., бройлер, broyler, кишечная палочка, hemoglobin, иммунитет, пробиотик, иннопровет, probiotic, T-B lymphocytes, T-B limfotsitlar
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026