К содержанию
РецензированоRU2024

Этапы развития в организме рыбы Lernaea cyprinaceani

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI · VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH · “VETERINARIYA SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR YECHIMI (VETERINARIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI) · YOSH TADQIQOTCHILAR TALQINIDA” (VETERINARIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI) · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI (VETERINARIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI) · LERNAEA CYPRINACEANI BALIQLAR TANASIDA RIVOJLANISH (VETERINARIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI)

in Library · 95 · 2024

Аннотация

The article describes an analysis of scientific sources on production processes and the reasons for the origin of fish grown in reservoirs. Key words: fish, water, pool, salt, equipment, lernea, calcium hypochlorite, lime, shrimp, lime, soil, mineral matter. Baliq shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste‘mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlashi tufayli biologik qiymati ham qoramol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik 0,2 milligramm yod saqlaydi. Bundan tashqari, baliq mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining chiqindilari qishloq xo‘jalik hayvonlarining ratsionini oqsilga va ko‘plab vitaminlarga boyitishda asosiy qo‘shimcha hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda baliqchilikni jadal rivojlantirish, tarmoqda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu dolzarb vazifalarni samarali bajarishda baliqlarning invazion kasalliklari, jumladan lerneoz kasalligi katta to‘sqinlik qilmoqda. Lerneoz – bu invazion kasallik bo‘lib, chuchuk suv baliqlari terisining zararlanishi bilan xarakterlanadi. Lerneyalarning 110 ga yaqin turi bo‘lib, karpsimon baliqlarning barcha turlarida, hattoki suv va quruqlikda yashovchilarda ham parazitlik qilishi aniqlangan.[1,2,5] 17 1-noyabr 2024-yil. 0 Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 2/24 Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Lernaea (L.elegans, L.cyprinacea) avlodiga mansub eshkakoyoqli qisqichbaqalar bo‘lib, jinsiy yetilgan urg‘ochi tanasi uzaygan, silindrsimon, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, orqa uchi biroz kengaygan, 0,1 – 1,6 sm uzunlikda bo‘ladi. Boshining so‘nggi qismida esa 4 ta o‘simtasi joylashgan bo‘lib, shu orqali lerniyalar baliq tanasiga kirib oladi. 5 juft ikki karra shoxlangan suzgich oyoqchalari bor. Tuxum qopchalari 1 juft, uzun, har biri 300 – 700 tuxum saqlaydi. Tuxumdan erkin suzuvchi lichinkalar – naupliuslar chiqadi. Ular 3 juft keyingi oyoqlarga ega. 9 – 10 kun davomida ular suvda har safar 1-rasm. L.Cyprinaceaning nauplial rivojlanish bosqichlaridagi ko‘rinishi tullashni amalga oshirgan holda 3 ta nauplial va 5 ta kopepodit bosqichlaridan o‘tadi. [3,6,8] 5-tullashdan so‘ng urg‘ochi va erkak lernealar shakllanadi. Tez fursatlarda jinsiy ko‘payishdan so‘ng erkaklari nobud bo‘ladi, urg‘ochilari esa baliq to‘qimalariga kirib olib, jinsiy yetiladi. Tarqalishi. Adabiyot ma‘lumotlari bo‘yicha birinchi bor Lernealarni L.Cyprinacea turi 1745 yilda Yevropa mamlakatlari baliqchilik xo‘jaliklarida aniqlangan bo‘lsada, Karl Linney 1758 yilda o‘z qo‘l yozmalarida batafsil tasvirlab o‘tgan. 1880 yilda lernealarni parazitlik qilish oqibatida Mazuriya ko‘lida boqilayotgan (Polsha) karas baliqlari ko‘p miqdorda nobud bo‘lgan. Bundan tashqari, xorij adabiyot ma‘lumotlariga ko‘ra 1999 yilda AQSh ning Arkanzas shtatidagi laqqa baliqlari boqiladigan baliqchilik xo‘jaligida L.cyprinaceani laqqa baliqlarni jabra sohasida parazitlik qilib, ularni ommaviy nobud bo‘lishiga olib kelgan [7,9,11] 17 1-noyabr 2024-yil. 1 Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO‘PLAM – 2/24 Shu bilan birga, Yevropani ko‘pgina davlatlari, Afrika, O‘rta Osiyo, Rossiya Federatsiyasining janubiy mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, iqtisodiy zarari haqida adabiyot ma‘lumotlarida bayon etilgan. Respublikamizni Samarqand, Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlari baliqchilik xo‘jaliklarida boqilayotgan karpsimon baliqlarida kuzatilmoqda. Klinik belgilari. Baliqlar lerneozida yallig‘lanish jarayoni baliqlar tanasining epidermis, derma va muskul qavatini egallab, jabra va hatto ichki organlarda ham parazitlik qiladi. Lernaea joylashgan to‘qimalarga yallig‘lanish jarayoni kechib, shishlar hosil bo‘ladi, giperemiyalashadi va qizil, oq tor, ensiz yarachalar hosil bo‘ladi. To‘qimalarda qonli eksudatning shimilishi oqibatida teridagi tangachalar biroz ko‘tariladi, shaklsizlanadi va patogen bakteriyalar, zamburug‘lar rivojlanishi hisobiga baliqlarda turli kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi. 2-rasm. Copipodit bosqichidagi L.Cyprinacea lichinkasini ko‘rinishi Yosh baliqlarda 2-3, katta yoshli baliqlarda 15 ekzemplyargacha bo‘lgan qisqichbaqasimonlarning parazitlik qilishi ularni nobud bo‘lishiga olib keladi. Bir yozli baliqlarda Lernaealar qorin bo‘shlig‘igacha kirib borib, baliqlar ichak va jigar sohalarini jarohatlab, qorin bo‘shlig‘ida qon quyulishlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Baliq tanasidagi qon quyulish va yaralari hisobiga o‘zining tovarlik sifatini yo‘qotadi. Baliqlarni kasallik bilan zararlanishi juda ham yuqori bo‘lib, har bir baliqda o‘nlab miqdorda bo‘ladi. Lernea bilan zararlangan baliqlar kelgusi yilda kasallikni tarqatuvchilari bo‘lib qoladi. Lernealarning lichinkali bosqichi kasallikni manbai hisoblanadi. Lernea boshqa qisqichbaqalardan farqli

Доказательный фрагмент

«The article describes an analysis of scientific sources on production processes and the reasons for the origin of fish grown in reservoirs.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes an analysis of scientific sources on production processes and the reasons for the origin of fish grown in reservoirs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fish, water, pool, salt, equipment, lernea, calcium hypochlorite, лернея, suv, минеральное вещество., oxak, qisqichbaqa, гипохлорит кальция, gipoxlorid kalsiy, почва, soil, tuproq, texnika, известь, соль, техника, бассейн, lime, креветки, shrimp, havza, tuz, mineral matter., вода, lerneya, baliq, mineral modda., рыба
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники