Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Chet tilidagi so’zlar talaffuzida yuzaga keladigan muammolar va ularga yechim
MUAMMOLAR VA ULARGA YECHIM · Zarifova Mahbuba Zafar qizi
Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi kunda ingliz tilidagi so’zlar talaffuzida yuzaga kelayotgan ba’zi qiyinchiliklar, ya’ni fonetik, leksik murakkabliklar haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishga mo’ljallangan samarali usullar, innovatsion metodlar, hamda asosli yechimlar ifodalangan. Tayanch soz va birikmalar: fonetik, leksik qiyinchiliklar, natives peaker, shadowing, harf birikmalari, artikulatsiya. Kirish. Ma’lumki, o’zbek va ingliz tillari turli til oilalariga mansubligi tufayli bu til o’rganuvchilarda fonetik, leksik va grammatik qiyinchiliklarga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari, Shevchenko fikriga ko’ra: “Har bir odamning talaffuz xususiyatlari hududiy, tabaqalanish va vaziyat o’zgaruvchanligi omillarining murakkab o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladi”. Ya’ni talaffuzdagi muammolarga hududiy va tabaqalanish kabi omillar ham ta’sir qilishi mumkin. Asosiy qism Jumaladan: -ingliz tilida [0] va [3]tovushlarini o’rganish va talaffuz qilishda deyarli barcha o’quvchilar qiynaladilar. Buning sababi o’zbek tilida tish oralig’i tovushlarining yo’qligi. Ya’ni o’quvchilarning tili ushbu tovushlarning talaffuziga ko’nikma hosil qilmagan. -[r]tovushining ingliz tilidagi talaffuzi o’zbek tilidagi r dan farq qilganligi tufayli o’quvchilar bu tovush talaffuzida ham qiynaladilar. -[i] tovushining talaffuzi ham o’zbek tilidagi i tovushidan umuman farq qiladi.Shuning uchun o’quvchilarda ushbu tovush talaffuzida ham qiyinchiliklar kuzatiladi. -[w] tovushi o’zbek tilida umuman mavjud emas.Bu tovush talaffuzi o’quvchilarga qiyinchilik tug’diradigan eng murakkab tovushdir. Chunki uni talaffuz qilishda o’zbek tilidagi [v] bilan adashtiradilar. -[t,d] tovushlarining ingliz tilida [ti], [di] deb talaffuz qilinishi; -[e]tovushining esa [i] deb talaffuz qilinishi -[a] tovushining [ey] shaklida talaffuz qilinishi o’quvchilarning talaffuz jarayonini murakkablashtirishi mumkin. -[q] tovushining[kyu] tarzida talaffuz qilinishi -[y]tovushining[vay] deb talaffuz qilinishi -[u] tovushining [yu] tarzidagi talaffuzi ingliz tilidagi so’zlar talaffuzida yuzaga kelishiga sabab bo’ladigan muammolardan biridir. Yuqorida keltirilgan tovushlar talaffuzidagi qiyinchiliklariga yechim sifatida, o’qituvchi orqali yoki onlayn tarzda til o’rganmoqchi bo’lganda, tilning joylashuvini imkon qadar amalda, ya’ni o’rganuvchining o’zi talaffuz qilib ko’rgan holda, takrorlash mashqlari orqali muntazam tekshirilib, mazkur tovushlar ustida muntazam ishlab borilsa, ushbu tovushlardagi qiyinchiliklar ham bartaraf etiladi. Bundan tashqari, ushbu tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’rganish uchun ingliz tilidagi “native speaker” talaffuzi muntazam ravishda eshitilib borilsa, ushbu tovushlar bilan bog’liq bo’lgan muammolar tez orada osonlashadi hamda til o’rganuvchining tili ushbu tovushlar talaffuziga moslashib boradi. Talaffuz qilishdagi ikkinchi muammo bu ingliz tilida talaffuzi bir xil,lekin yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar. Til o’rganuvchilar ko’pincha bu so’zlarni talaffuz qilayotganda, ularni talaffuzida chalkashishadi. Misol uchun, -Too, to, two so’zlarining barchasi ingliz tilida [tu:] tarzida talaffuz qilinadi, ammo hammasi har xil yoziladi va har xil ma’nolarga ega. Ushbu so’zlarni oquvchilar talaffuz qilganda to ni [to] tarzda, too ni [tyu] tarzida talaffuz qilishadi, ammo ularning hammasi yuqorida keltirilgandek tarzida talaffuz qilinadi. -They’re, their, there sozlari ham bir xil ya’ni [zei] deb talaffuz qilinadi, ammo oquvchilar uni: they’re [zeyar], their [zeyir], there [zeya] tarzida talaffuz qilishadi va bu sozlar talaffuzida qiynalishadi. -Then, than so’zlari talaffuzida ham shunday qiyinchiliklar bo’ladi, ya’ni bu so’zlar then [zen] va than [zan] tarzida talaffuz qilinadi deb o’ylashadi, ammo ular [zen] tarzida talaffuz qilinadi. -Affect va effect so’zlari bu sozlar ham bir xil [‘eofect] tarzida talaffuz qilinishi kerak. Yuqorida keltirilgan talaffuzdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda juda ham samarali usul bu: ’’Practise makes a man perfect”, ya’ni shug’ullanish va takrorlash insonni mukammal qiladi. Agar ushbu so’zlar doimiy ravishda talaffuz qilib borilsa, eng yaxshi natijaga erishish mumkin. Bundan tashqari, ko’zgu oldida mashq qilish ham eng samarali usullardan biridir. Bunda til o’rganuvchi ko’zgu oldida o’zi bilan suhbatl ashadi, ya’ni til va lablar artikulatsiyasi qanday ozagarishi o’rganuvchining o’zi tomonidan kuzatiladi. Bundan tashqari, buni quyidagi holatlar ham o’quvchilar uchun fonetik qiyinchiliklarni yaratadi: -e harfining so’z oxirida talaffuz qilinmasligi. Misol uchun, apple, Pete, practice, eagle sozlarida e harfi talaffuz qilinmaydi. -gh harf birikmasining so’z o’rtasida talaffuz qilinmasligi: eight, night, right, bright; -k harfining so’z boshida n harfidan oldin talaffuz qilinmasligi: knowledge, knife, know va bir qator boshqa qiyinchiliklarni kuzatish mumkin.Tajribadan ma’lum bo’ladiki, o’quvchilar, ayniqsa, th birikmasini talaffuz qilishda k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi kunda ingliz tilidagi so’zlar talaffuzida yuzaga kelayotgan ba’zi qiyinchiliklar, ya’ni fonetik, leksik murakkabliklar haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi kunda ingliz tilidagi so’zlar talaffuzida yuzaga kelayotgan ba’zi qiyinchiliklar, ya’ni fonetik, leksik murakkabliklar haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- носители языка, natives peaker, articulation, letter combinations, фонетика, fonetik, artikulatsiya, natives peaker, артикуляция, phonetics, harf birikmalari, дублирование, буквосочетания, shadowing, leksik qiyinchiliklar, lexical difficulties, лексические трудности
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025