К содержанию
РецензированоUZ2000

Yangi so’zlarni yodlashning samarali usullari

YANGI SO’ZLARNI YODLASHNING SAMARALI USULLARI · G’ofurjonova Z.B. · Ilmiy rahbar: Yuldasheva S.F.

Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика · 1 · 2000

Аннотация

Mazkur maqolada chet tillarini o’rganuvchilar uchun yangi so’zlarni yodlashning bir nechta samarali usullari haqida kerakli ma’lumotlar keltirilgan. Tayanch so’z va birikmalar: chet tili, yangi so’zlar, karta usuli, gap tuzish, matn tuzish, qiyoslash, moslashtirish, rasmlar chizish, tarmoqlash, tasavvur qilish. Kirish qism. Hozirgi kunda yurtimizda til o’rganishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bir nechta tilni yaxshi bilish kengroq fikrlashga, yaxshi xotiraga ega bo’lishga yordam berishi hammamizga ma’lum. Yangi til o’rganayotganda eng qiyini - so’z yodlash. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra, qaysi tilda bo’lishidan qat’iy nazar, kundalik muloqot uchun 1200- 2000 ta so’zni bilish talab qilinadi. Buning uchun esa o’z ustida yaxshi ishlash va so’z yodlash uchun ko’proq vaqt ajratish kerak bo’ladi. Bugungacha so’z yodlashning turli foydali va qiziqarli usullari o’ylab topilgan bo’lib, ular o’zining yaxshi samarasini berib kelmoqda. Bunday usullarga karta usuli, gap tuzish va matn tuzish, qiyoslash, moslashtirish, rasmlardan foydalanish, tarmoqlash, tasavvur qilish kabi usullarni misol qilib keltirish mumkin. Asosiy qism. Karta usuli ko’pchilik tomonidan qo’llanadigan usul bo’lib, bunda kichik-kichik qog’oz bo’laklariga yangi so’zlar yozib chiqiladi. Kartaning ikkinchi tarafiga esa so’zlarning tarjimasi yoziladi. Kartalar ichidan birma-bir so’zlarni tanlaysiz va tarjimasini aytasiz. Oxirida qolgan tarjimasi aytilmagan so’zlarni ko’proq takrorlaysiz. Bu usul ikki kishi bo’lib yoki guruh bo’lib o’ynalganda ham qiziqarli bo’ladi. Kartalarni yozib chiqish biroz vaqt olishi mumkin, lekin chet tilini o’rganishni yangi boshlaganlar uchun juda ham foydali. Gap tuzish va matn tuzish usullari darajasi sal yuqoriroq bo’lgan o’rganuvchilarga tavsiya qilinadi. Bu usulda o’rganilgan yangi so’zlardan foydalanib birinchi qisqa-qisqa gaplar tuziladi. Keyin esa yangi so’zlar ishtirokida matn tuziladi. Bu usul nafaqat so’zlarni yodlashga, balki ularning qo’llanilishini ham o’rganishga yordam beradi. Navbatdagi usul bu - moslashtirish usuli bo’lib, ko’pchilik tomonidan foydalaniladi. Ushbu usulda chet tilidagi so’zlarni o’z ona tilimizdagi so’zlarga talaffuz jihatdan moslashtiriladi. Masalan, ingliz tilidagi “ago” (o’qilishi-[ego], tarjimasi - oldin, avval) so’zi o’zbek tilidagi “egov” so’ziga, fransuz tilidagi “maison” (o’qilishi-[mezon], tarjimasi-uy) so’zi o’zbek tilidagi “me’zon” so’ziga, nemis tilidagi “schule” (o’qilishi- [shulee], tarjimasi-maktab) so’zi o’zbek tilidagi “shu’la” so’ziga talaffuz jihatidan o’xshagani uchun ularni qiyoslab yod olish so’zning uzoq muddat xotirada qolishini ta’minlaydi. Bu usulga quyidagi so’zlar misol bo’la oladi: Ingliz tilidagi so’z O’zbek tilidagi o’xshashi Tarjimasi Almost Olmos Deyarli Burn Burun Yondirmoq Tall Tol Baland Turn To’n Burilmoq Pocket Paket Cho’ntak So far Safar Shu paytgacha So’z yodlashning yana bir qiziqarli usuli bu - qiyoslash. Bu usulda so’zlar nafaqat talaffuz, balki tarjima jihatdan ham bir-biriga o’xshatib yod olinadi. Masalan quyidagi so’zlarni misol qilib keltirish mumkin: 4) Inglizcha - o’zbekcha Candy - qand Candle - qandil A dish - idish Daddy - dada Asphalt - asfalt To chop - chopmoq 5) Inglizcha - nemischa Father - vater Mother - mutter Garden - garten Door - tur Book - buchen School - schule 6) Inglizcha - fransuzcha To enter - entrer To prepare - preparer Cat - chat Example - exemple After - apres Flower - fluer So’zlarni bunday tarzda bir-biriga o’xshatib yod olish qiziqarli bo’lib, uzoq muddat yodda saqlab qolishga yordam beradi. Rasmlardan foydalanish usuli. Bu usulda o’rganuvchidan lug’at daftaridagi yaqqol tasavvurga moyil so’zlar oldiga rasm chizish talab qilinadi. Muhimi rasmning chiroyli chiqishi emas, yangi so’zga mos kelishidir. Bu usul so’zlarning esda qolish ehtimolini oshiradi. Bundan tashqari, rasm fotografik xotirani ham jonlantiradi. Yodlangan yangi so’zlar esa, albatta, uzoq muddat xotirada saqlanib turadi. Tarmoqlash usuli ham so’z yodlashdagi eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Bu usulda bir-biriga bog’liq so’zlarni tarmoqlab, birga yod olinadi. Masalan, “sariq” so’zini yodlaganimizda, sariq rangdagi narsalarni ham birga yod olamiz. Sariq-limon- banan-sabzi va shu kabilar. Bu usulda biz avvaldan bilgan narsalar bilan yangi o’rganayotgan so’zimiz o’zaro bog’lanadi. Biz so’zlardan birini eslaganimizda o’z - o’zidan qolganlari ham xotirimizga keladi. Tasavvur qilish usuli ham ommabop usullardan biri bo’lib, ushbu usul mnemonikada ham keng qo’llaniladi. Masalan, rus tilidagi “солнце” (tarjimasi- quyosh) so’zini yodlash uchun xayolimizda nur sochayotgan quyoshni gavdalantiramiz va so’zni takrorlaymiz yoki ingliz tilidagi “sunset” (tarjimasi-quyosh botishi) so’zini yodlayotganda ko’pchilik sevib tomosha qiladigan quyoshning ufqqa botish paytini tasavvur qilishimiz mumkin. Bu usul tasavvurni boyitishga ham ko’maklashadi. Donishmandlar aytganidek, “Boshqa tilni o’rganish faqatgina boshqa so’zlarni o’rganish emas, balki narsalar haqida b

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada chet tillarini o’rganuvchilar uchun yangi so’zlarni yodlashning bir nechta samarali usullari haqida kerakli ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada chet tillarini o’rganuvchilar uchun yangi so’zlarni yodlashning bir nechta samarali usullari haqida kerakli ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
сопоставление, new words, воображение, формирование предложений, формирование текста, иностранный язык, karta usuli, drawing pictures, sentence formation, gap tuzish, matching, рисование картинок, networking, moslashtirish, qiyoslash, foreign language, yangi so’zlar, сравнение, создание сетей, tasavvur qilish, rasmlar chizish, новые слова, matn tuzish, card method, comparison, imagination, chet tili, карточный метод, tarmoqlash, text formation
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники