К содержанию
РецензированоUZ2026

Yozuv va uning shakllari ( Arab va o’zbek yozuvlari misolida )

Abduxoliqova Sh.Sh.

Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика · 1 · 2026

Аннотация

Maqolada yozuvning o’ziga xos turlari, uning tarixi, o’zbek va arab tilidagi yozuvning o’ziga xos xususiyatlari hamda ularning kelib chiqishi, jamiyatdagi o’rni, rivojlanish bosqichlari, bir-biridan farqi va o'xshashlik tomonlari bundan tashqari yozuvning taraqqiyoti haqida bir qancha ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: piktografik, ideografik, ieroglif, muxaqqaq, riqo , suls, nasx, rayxoniy, uyg‘ur, xorazm, O‘rxun - Enasoy. Kirish. Yozuv fikrning tashqi shakliy ifodasi. Yozuv orqali kishilar fikr almashadi, insonlar bilan muloqatda bo‘ladi. Yozuv tufayli minglab yillar avvalgi insonlar, urf- odatlar, voqealar va bundan tashqari ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Aslida esa bu yozuv o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmagan. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir o‘zgartirish kirita olmaydilar. Yozuv haqida esa bunday deb bodmaydi. Xalqlar fonetik yozuvning turli - lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvlari va ularning ayrim o‘zgargan turlari kabi shakllarini yaratganlar. Bu yozuvlar asosan fonografik- xarf- tovush yozuvlaridan iborat bo‘lgan. Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq narslarga yozilgan. Til ramziy sistema ,yozuv esa ramzlarni ifodalovchi shakldir. Yozuv so‘zlarni ifodalovchi har qanday an’anaviy belgilar tizimi sifatida ifodalanadi. Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, yozuv ham shunchalik bog‘liqdir. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Dastlabki yozuv piktografik yozuv bo‘lgan. Har bir narsa rasmlar orqali tasvirlangan. Har bir rasm o‘ziga xos manoni ifodalagan. Yozuvning keyingi davri ideografik yozuv bo‘lgan. Insonlar ongi rivojlangan sari ular mavhum bo’lgan tushunchalarni tushunarli tarzda ifodalash uchun bu yozuv o’ziga xos tarzda paydo bo‘ldi. Bu yozuv turida bir yoki bir guruh odamlar uchun tushunarli bo‘lgan ramziy simvolik shakl olingan. Piktografik va ideografik yozuvi ancha murakkab bo‘lib, minglab shakllarni chizish va ular haqida bilish va mazmunini tushunish ham talab etilgan. Piktogrammalar ko’pincha zamonaviy madaniyatlarning aksariyati oddiy, tasv iriy va tasviriy belgilar sifatida ishlatiladi. leroglif yozuvi - bu mayyalar, misrliklar va xetliklar kabi qadimgi sivilizatsiyalar tomonidan qo'llanilgan yozuv. Shunisi e'tiborga loyiqki, iyerogliflar chiziqlardan yoki ustunlardan, chapdan o'ngga yoki aksincha yozilishi mumkin, belgilarning joylashuvi o'qiladigan yo'nalishni belgilab beradi. Etimologik jihatdan, ieroglif atamasi tomonidan tashkil etilgan yunoncha "Hieros" "muqaddas" degan ma'noni anglatadi va "Glifeyn" bu "yozish" ni ifodalaydi. Arab tilining rivojlanishi,uning xalifalikka tobe bo‘lgan xududlarda keng tarqalishi arab yozuvi va uning orfografiyasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Nabatiy yozuvida 22 ta harf mavjud bo‘lgan. Bu harflar orasida 4 tasi shaklan o‘xshash bo‘lgan. Keyinchalik 28 ta harfdan iborat arab tili harflari shakllangan. Arablarning yozuv sistemasi VII asrga kelib to‘liq shakllangan. Xattotlar va qalam soxiblari orasi eng keng tarqalgan xatlar quyidagilar: 1. Suls, xatti suls — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublari dan biri. Go‘zalligi tufayli “xatlar imomi”, deb atalgan. Kufiy xatidan keyin ixtiro qilingan bo‘lib, ijodkori Ibn Muqla. Harflarning 4 qismi to‘g‘ri, ikki qismi egri chiziqlar dan iborat (nomi ham shundan: Suls so‘zi bir narsaning 1/3 qismi yoki 3-qismi degan ma’noni bildiradi). sulsda “alif”, “dol” va “lom” harflari gajakli bo‘ladi, “dol”, “re” va “vov” harflari nafis buralma (shamra) bilan tugaydi; so‘z oxirida “ho” harfi cho‘ziq yoziladi. Suls dastlab rasmiy hujjatlarni yozish, keyinroq Qur’on ko‘chirishda qo‘llanilgan; kitoblardagi shams naqshi ichidagi yozuv, asar nomlari, Yoqut Musta’simiy suls yozuvida maxsus (“Yoqut sulsi” yoki “Yoqut ta’riyqi” deb ataluvchi) uslub yaratgan. 2. Nasx (arabcha: bekor qilish) — Qur’on oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini o‘zgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi oyat — “mansux” (bekor qilinuvchi), uni bekor qiluvchi oyat — “nosix” deb ataladi. Islom tarixiga ko‘ra, Qur’on oyatlari yaxlit emas, balki vaqt- vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga ko‘ra, 23 yil mobaynida nozil qilingan. Shuning uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan bo‘lsa, o‘shanisi nosix, oldin nozil qilingani esa, mansuxdir. 3. Uyg‘ur yozuvi — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harftovush yozuvi; sug‘d yozuvi asosida paydo bo‘lgan (sug’d yozuvi, o‘z navbatida, qoz. Ilmiy taxminlarga kura, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib taqaladi). Uyg‘ur yozuvi da xarflar vertikal chiziq bo‘ylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapd

Доказательный фрагмент

«Maqolada yozuvning o’ziga xos turlari, uning tarixi, o’zbek va arab tilidagi yozuvning o’ziga xos xususiyatlari hamda ularning kelib chiqishi, jamiyatdagi o’rni, rivojlanish bosqichlari, bir-biridan farqi va o'xshashl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yozuvning o’ziga xos turlari, uning tarixi, o’zbek va arab tilidagi yozuvning o’ziga xos xususiyatlari hamda ularning kelib chiqishi, jamiyatdagi o’rni, rivojlanish bosqichlari, bir-biridan farqi va o'xshashl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rayxoniy, ideographic, naskh, Уйгурское, Рика, khorasm, piktografik, muxaqqaq, O‘rxun - Enasoy, Хорезмское, Мухакак, Орхун - Енасой, riqo, muhaqqaq, pictographic, ieroglif, raykhani, xorazm, hieroglyphic, uyg‘ur, suls, идеографическое, uyghur, Насх, иероглифическое, nasx, orkhun - enasoy, ideografik, пиктографическое, Сулс, Райхани
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники