К содержанию
РецензированоUZ2026

Til o’rganish jarayonida axborot texnologiyalarining o’rni

TIL O’RGANISH JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING · G’ofurjonova N.Y.

Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика · 537-540 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada til o’rgatish shuningdek, til o’rganish jarayonida innovatsion texnologiyalar (AKT)dan foydalanish imkoniyatlari, ularning ahamiyati, foydalanishdan maqsad va ularni samarali qo’llash usullarini haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: innovatsion texnologiya, AKT, onlayn o’qitish, multimedia vositalari, til muhitini yaratish, texnologiyalarda xabardorlik Bugungi kunda O’zbekiston jahon bozoriga kirib borayotgani va deyarli barcha sohada xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilayotgani sayin xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan talab avvalgi davrga nisbatan bir necha barobar o’sdi. Aholini, ayniqsa, yoshlarni chet tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun turli xildagi imtiyozlarni joriy etilmoqda. Hozirda 25 ta oliy ta’lim dargohida chet tili qo’shimcha sifatida o’quv dasturiga kiritilgan. Shu jumladan, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev chet tillarini ahamiyati va ularni o’qitish tizimini takomillashtirish bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda: “Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim”, deb alohida ta’kidlab o’tdi. Bu esa chet tiliga bo’lgan e’tibor va zarurat oshganini bildiradi. Til o’rganish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni tilni o’rganishi uchun muhit yaratib beradi. Hozirda multimediadan foydalangan holda darslarni olib borish o’z samarasini bermoqda. Multimedia vositalaridan foydalangan holda o’qituvchi til muhitini yaratish uchun real hayotdagi materiallar ya’ni turli xildagi chet el filmlari, qo’shiq yoki kundalik hayotdagi dialoglarni namoyish etishi mumkin va sinfni real hayot bilan bog’laydi. Til o’rganuvchilar ushbu materiallar orqali kundalik hayotda o’sha til egalari tomonidan ishlatiladigan so’zlar yoki iboralarga e’tibor qaratishi va ularni o’z nutqida qanday qo’llashni o’rganishi, ya’ni matn ichidagi ma’nosini to’g’ri tushunishi talab etiladi. Bu nafaqat eshitish kompetensiyasini balki, boshqa qobiliyatlarni ham rivojlantiradi. Masalan, o’rganilayotgan tilda video ko’rish yoki audio eshitish orqali talaffuzni o’rganadi va ularni o’z nutqida ishlatish orqali gapirish kompetensiyasini oshiradi yoki barcha kompetensiyalar bir-birga chambarchas bog’liqliigi tufayli brini o’rgansa, ikkinchisini o’zlashtirishda qiynalmaydi. Bundan tashqari, o’qituvchi internetdan foydalangan holda websaytlarda turli ko’rinishdagi mavzuga bog’liq bo’lgan o’yinlar tayyorlashi yoki o’rgatgan mavzularini takrorlash uchun savollar yaratishi va ularni dars davomida o’quvchilarga taqdim etishi darsni interaktiv bo’lishini ta’minlaydi. Ushbu metod orqali ko’rgazmali qurol orqali o’rganuvchilarga, ya’ni “ko’z xotirasi” yaxshi bo’lganlarga to’g’ri yondashilgan bo’ladi. Agar ulardan to’g’ri foydalanilsa, o’quvchining o’qishga oid kompetensiyalarini rivojlantiradi va yana psixologik holati, ya’ni uning motivatsiyasi va diqqatini oshiradi. Arifahni aytishiga qaraganda, internetdan foydalanish yoki filmlar ko’rish o’rganuvchilarni motivatsiyasini oshirar ekan. Filmlar tomosha qilish mavzuni o’quvchilar emotsiya bilan bog’lagan holda qabul qilishiga yo’l ochadi va bu esda saqlab qolishini ta’minlaydi. Global muammolar yoritilgan turli eshittirish va videolarni ko’rsatib, ulardan bu mavzudagi fikrini ifodalashini so’rash va ularni yechim topishga undash o’z navbatida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Asrimiz texnologiyalar asri bo’lgani uchun o’quvchilar faqatgina dars bilan cheklanib qolmasdan, darsdan tashqari ham axborot texnologiyalaridan qanday foydalanishni bilishlari zarur hisoblanadi. Dars jarayonida metodlar yordamida texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni nafaqat tilga bo’lgan qiziqishini, balki, texnologiyalarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini shakllantiradi. Deyarli barcha kasb egalaridan texnologiyalarni qaysidir ma’noda bilish talab etilayotgan bu zamonda texnologiyalardan xabardorlik ularning kelajagi uchun poydevor yaratadi. Dars mashg’ulotlaridan tashqari, o’quvchilarni mustaqil o’rganishga bo’lgan ehtiyoji zamonaviy qurilmalar va internetdan foydalanishni keng yoyilishiga olib kelmoqda. Tilni mustaqil o’rganish jarayonini tashkil etishda internetdagi turli xil saytlar, telegram kanallari va ayniqsa, tillar bilan bog’liq ilovalarni ulushi katta. Tilni mustaqil o’rganishni tashkil etishda ijtimoiy tarmoqlar orqali o’tiladigan onlayn darslar ham o’z o’rniga ega. Ularni afzaliklari birinchidan, yo’lda vaqtini o’tkazib, kurslariga borishini xojati bo’lmaydi. Bu ayniqsa, shahardan chetroq hududda yashovchilar uchun qulay. Ikkinchidan, ularga xohlagan vaqtida kirish imkoniyati mavjud bo’ladi va hattoki imtihon topshirayotgan o’quvchilar ham darsni yetkazib ol

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada til o’rgatish shuningdek, til o’rganish jarayonida innovatsion texnologiyalar (AKT)dan foydalanish imkoniyatlari, ularning ahamiyati, foydalanishdan maqsad va ularni samarali qo’llash usullarini haqida…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada til o’rgatish shuningdek, til o’rganish jarayonida innovatsion texnologiyalar (AKT)dan foydalanish imkoniyatlari, ularning ahamiyati, foydalanishdan maqsad va ularni samarali qo’llash usullarini haqida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion texnologiya, создание языковой среды, мультимедийные инструменты, онлайн-образование, onlayn o’qitish, multimedia tools, инновационные технологии, multimedia vositalari, til muhitini yaratish, technology awareness, AKT, creating a language environment, innovative technology, ИКТ, online learning, ICT, осведомленность в технологиях, texnologiyalarda xabardorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники