Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СТРУКТУРА РАСТИТЕЛЬНОЙ КЛЕТКИ
OʻSIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI · Xabibullayev Najmiddin · Botirova Amina
Журнал универсальных научных исследований · 2023
Аннотация
The article provides a detailed overview of the structure and biological functions of plant cells. It describes the main components of the cell, including the cell wall, cytoplasm, nucleus, vacuole, chloroplasts, mitochondria, endoplasmic reticulum, and Golgi apparatus, along with their structure and functions. The significant role of each organelle in plant growth and development is emphasized. Additionally, the article analyzes the interconnections among the cell’s internal structures and their importance in plant life. Kalit So'zlar: Mitoxondriya, ATF ishlab chiqarish, Oqsil sintezi, Endoplazmatik to‘r, Ribosomalar, Nafas olish, Oksidlanish va fosforlanish, Kalsiy ionlari, Ribonuklein 344 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9 kislota (RNK), Apoptoz, Fotosintez, Modda almashinuvi, Golji apparati, Xloroplastlar, Vakuola, Xromatin, Xlorofill, Granulalar. Ключевые слова: Митохондрия, Производство АТФ, Синтез белка, Эндоплазматическая сеть (ЭПС), Рибосомы, Дыхание, Окислительно- фосфорилирование, Кальциевые ионы, Рибонуклеиновая кислота (РНК), Апоптоз, Фотосинтез, Обмен веществ, Аппарат Гольджи, Хлоропласты, Вакуоль, Хроматин, Хлорофилл, Гранулярная ЭПС, Агранулярная ЭПС. Keywords: Mitochondria, ATP production, Protein synthesis, Endoplasmic reticulum (ER), Ribosomes, Respiration, Oxidative phosphorylation, Calcium ions, Ribonucleic acid (RNA), Apoptosis, Photosynthesis, Metabolism, Golgi apparatus, Chloroplasts, Vacuole, Chromatin, Chlorophyll, Granular ER, Agranular ER. Hujayra devorining tuzilishi va xususiyatlari. Hujayra devori o‘simlik hujayrasining tashqi qobig‘i bo‘lib, u sellyuloza, gemisellyuloza, pektin va lignin kabi moddalar bilan boyitilgan. Bu struktura hujayraga mexanik mustahkamlik beradi, uni tashqi taʼsirlardan himoya qiladi va hujayra shaklini saqlab turadi. Hujayra devori hujayraning hayot sikli davomida doimiy o‘zgarishlar qilishi mumkin. Hujayra devori o‘simlik hujayrasiga xos asosiy struktura bo‘lib, o‘simlik organizmlarining rivojlanishi, o‘sishi va ekologik barqarorligini taʼminlashda katta rol o‘ynaydi. Hujayra devorining elastikligi o‘simliklarga o‘sish davomida shaklini o‘zgartirish imkonini beradi, lignin esa o‘simliklarning tik turishiga yordam beradi. Hujayra devori o‘simliklarning mustahkamligi va ekologik chidamliligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va sanoatda muhim ahamiyatga ega. Hujayra devorining asosiy funksiyalari Himoya: Mexanik zararlar va mikroorganizmlarning hujayraga kirishini oldini oladi. Shakl berish: Hujayraning doimiy shaklini taʼminlaydi. O‘tkazuvchanlik: Ionlar va kichik molekulalarning hujayraga kirishi va chiqishini nazorat qiladi. Mexanik mustahkamlik: O‘simlikni tik tutadi va turli muhit sharoitlariga moslashishiga yordam beradi. Plazmatik membrana — hujayraning ichki qismidagi muhim struktura bo‘lib, u hujayra devorining ichki tomonida joylashadi. Ushbu membrana yarim o‘tkazuvchan tuzilishga ega va asosan lipidlar (fosfolipidlar), oqsillar hamda uglevodlardan tashkil 345 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9 topgan. Plazmatik membrana suyuq mozaika modeli asosida ishlaydi, yaʼni uning komponentlari harakatlanish imkoniyatiga ega. Asosiy qismlari: 1. Fosfolipid ikki qavati: Membrananing asosiy qismi bo‘lib, uning gidrofil (suvni yaxshi qabul qiluvchi) va gidrofob (suvni qaytaruvchi) qismi mavjud. 2. Oqsillar: Integral oqsillar: Membranani to‘liq yoki qisman kesib o‘tib, turli vazifalarni bajaradi (masalan, ion kanallari sifatida ishlaydi). Periferik oqsillar: Membrananing tashqi yoki ichki tomonida joylashadi va hujayraning boshqa komponentlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 3. Uglevodlar: Membrananing tashqi qismida glikolipid yoki glikoprotein sifatida uchraydi va hujayrani tashqi muhit bilan tanishtiradi. Plazmatik membrananing asosiy vazifalari: Modda almashinuvi: Hujayra ichiga oziq moddalar, ionlar va suvning kirishi hamda chiqishini boshqaradi. Himoya: Hujayrani tashqi zararlardan himoya qilib, unga ekologik barqarorlikni taʼminlaydi. Signal uzatish: Membranadagi retseptorlar tashqi muhitdan keladigan signallarni qabul qilib, hujayra ichiga uzatadi. Tanib olish: Membranadagi uglevodlar va oqsillar hujayraning boshqa hujayralar bilan aloqa qilishi va tashqi muhitni tanib olishini taʼminlaydi. Mexanik struktura: Hujayraga shakl berishda va ichki organoidlarning joylashishini saqlashda ishtirok etadi. Biologik ahamiyati. Plazmatik membrana o‘simlik hujayrasining ichki muhiti va tashqi muhit o‘rtasidagi muvozanatni taʼminlovchi asosiy struktura hisoblanadi. U biomolekulalar va ionlarning transportini nazorat qilib, hujayra faoliyati uchun zarur bo‘lgan energetik va kimyoviy jarayonlarni amalga oshiradi. Membrananing o‘tkazuvchanligi fotosintez, nafas olish, moddalar almashinuvi kabi asosiy jarayonlar uchun muhimdir. Shuningdek, membrana o‘simliklarning tashqi stresslarga, masalan, qurg‘oqchilik yoki sho‘rlanishga bardosh ber
Доказательный фрагмент
«The article provides a detailed overview of the structure and biological functions of plant cells.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides a detailed overview of the structure and biological functions of plant cells. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mitochondria, ATP production, Protein synthesis, Endoplasmic reticulum, Митохондрия, Mitoxondriya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024