К содержанию
РецензированоRU2024

ILK O'RTA ASRLARDA ANGLIYANING IJTIMOIY IQTISODIY HAYOTI

Parvez Qudratillayev Kamol o'g'li

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article discusses and analyzes the social and economic life of England in the early Middle Ages. The stages of development in England are considered. Key words: Early Middle Ages, England, social economic life, development. СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ АНГЛИИ В РАННЕМ СРЕДНЕВЕКОВЬЕ Аннотация. В статье рассматривается и анализируется социально-экономическая жизнь Англии в эпоху раннего средневековья. Рассмотрены этапы развития Англии. Ключевые слова: раннее средневековье, Англия, общественно-экономическая жизнь, развитие. XIII asrda Angliyada qishloq xo’jaligi intensiv rivojlanadi, uch dalali almashlab ekish keng tarqaladi. Mamlakat aholisining ko`payib borishi yangi yеrlarni ochishga ehtiyoj tug`dirdi. O’rmonlarni tozalash va botqoqliklarni quritib, haydaladigan yerlarni ko’paytiradilar. Flandriya va Italiyada Angliya yungiga ehtiyoj kuchayishi tufayli chorvachilik rivojlanib bordi (ayniqsa qo’ychilik.) XIII asrda shaharlar aholisining ko’payishi tufayli qishloq xo’galik mahsulotlariga, ayniqsa g’allaga talab oshadi. Natijada feodal va dehqon xo’jaliklari bozor munosabatlariga keng kirib boradi. XII asr oxiri-XIII asrda muntazam ichki iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi. XIII asrda ichki milliy bozor yaratilib, London uning markaziga aylanadi. Qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi hududlarning erta ma’lum bir mahsulotga ixtisoslashuvi mamlakat ichida savdo munosabatlarining erta rivojlanishiga yordam beradi. Janubiy, Markaziy, Sharqiy Angliya – g’alla, Shimol va G’arbiy hududlarda chorva mahsulotlari va yung etishtirgan. Tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi xo’jalikning barshchina-krepostnoylik tizimini yemirib, ko’plab xo’jaliklarda pul rentasiga o’tiladi. Bazi pomest`elarda yerga ishlash uchun kotterlar va batraklarning yollanma mehnatidan foydalanilgan. Yirik pomest`elarda, ayniqsa cherkov votchinalarida bozor munosabatlari ta`siridka domenlar kengaytirilgan, barshchina– krepostnoylik tartiblari mustahkamlangan. Ko’proq qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun jamoa yerlari, o’rmonlarni tozalash evaziga domen yеrlarni kengaytirganlar. XIII asrda pul rentasi tarqalishiga qaramasdan xo’jalikning barshchina krepostnoylik tartiblari muhim o’rin tutgan. Tovar-pul munosabatlari ta`siri ostida yirik va mayda feodallar o’rtasidagi farq XIII asrda yana ham keskinlashadi. Endi farq fеodalning daromadi yoki yer miqdori bilan emas, balki xo’jalik faoliyati va siyosiy pozitsiyasi bilan belgilanadi. 5 15 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ XIII asrda tovar - pul munosabatlariga ritsarlar qizg’in kirib boradilar. Ularning xo’jaligida pul rentasiga o’tilib, yollanma mehnatdan foydalanilgan. Ritsarlar harbiy ishlardan xo’jalik ishlariga o’tadilar. Ichki bozorni rivojlanishidan, qirol to’lovlarini qisqartirishdan va yirik feodallarning huquqini cheklashdan, davlatning markazlashuvidan manfaatdorlik ularni shaharliklar va erkin dehqonlarning yuqori tabaqasi bilan yaqinlashtiradi. Shunga ko’ra Angliyada feodallar sinfi Frantsiyadagi va Germaniyadagi kabi yopiq toifaga aylanmaydi. Har bir erkin yer egasi 20 – 40 funt yillik daromadi bo’lsa, ritsar unvonini qabul qilib dvoryanlar qatoriga qo’shilish mumkin bo`lgan. Baronlar barshchina usulini va toifaviy imtiyozlarni saqlab qolishga harakat qilganlar. Angliyada hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shaharlar X– XI asrlarda paydo bo’ladi. Ammo eng qadimgi shaharlar Rim impеriyasi hukmronligi yillarida harbiy istеhkom va lagеrlar ko`rinishida paydo bo`lgan edi. Masalan: Kolchеstеr, Manchеstеr, Vinchеstеr, Rotchеstеr. So`nggi Rim impеriyasi yillarida Gеorg Vеbеr ma'lumotiga ko`ra, Britaniyada 28 ta shahar bo`lgan. Biroq bu shaharlarning ko`pchiligi anglo- saksonlar istilosi davrida vayron qilingan edi. “Dahshatli sud kitobi” ma'lumotlariga ko`ra Angliyaning 1,5 mln. aholisining 5% ning shaharlarda yashaganligi Angliyaning qishloq xo`jalik mamlakati bo`lib qolavеrganligini ko`rsatadi. Mavjud 80 dan ortiq shahar aholisi dеhqonchilik bilan shug`ullanib, qishloqlardan istеhkomlari va hokimlari bilan farq qilar edilar. Hunarmandchilik asosan, London, Boston va York shaharlarida rivojlangan edi. XIII asr mobaynida shahar oligarxiyasi (savdogarlar, sudxo’rlar) va shahar kambag’allari o’rtasida shahar boshqaruvida qatnashish uchun kurash davom etadi. Harmandchilikning dastlabki va kеng tarqalgan turi bu yеrda jundan buyumlar tayyorlash va movutchilik hisoblangan. Jun ishlab chiqarish, jun buyumlari tayyorlash va movut tayyorlash kasbi Angliyada qadim vaqtlardan bеri mavjud edi. Jundan tayyorlanadigan matolarni ishlab chiqarish tashqaridan xom ashyo kеltirishga bog`liq emasligi bu sohaning rivojlanishiga asosiy sabab edi. Qo`ychilikning erta rivojlanishi Angliyada normandlar kеlishdan ancha oldin, qishloq movutchiligining kеng tarqalishiga olib kеldi. O`sha vaqtda movutchilik uy sanoati ko`rinishida mavjud bo`lib, yirik yеr egaligidagi “Qo`shimcha ishlab chiqarish” ed

Доказательный фрагмент

«This article discusses and analyzes the social and economic life of England in the early Middle Ages.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses and analyzes the social and economic life of England in the early Middle Ages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Early Middle Ages, England, social economic life, development, Angliya, ijtimoiy iqtisodiy hayot, Ilk o'rta asrlar, rivojlanish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники