К содержанию
РецензированоEN2024

MIF POETIKASIGA NAZAR

MIF POETIKASIGA NAZAR · Sadiyeva Nodirabonu Xikmatillo qizi · Zulfiya nomidagi Davlat Mukofoti sovrindori.

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

A myth is a set of ancient people's primitive ideas about existence, the creation of the universe, the emergence of man, plants and animals, the appearance of heavenly bodies, the causes and essence of natural phenomena, mythical heroes, gods and goddesses. contains religious views about ``. In this article, the scientific views and imaginations related to the poetics of myth are considered. Key words: Myth, poetics, method, history, legend, poetry. ВЗГЛЯД НА ПОЭТИКУ МИФА Аннотация. Миф – это совокупность первобытных представлений древних людей о существовании, в том числе о сотворении Вселенной, создании человека, растений и животных, появлении небесных светил, причинах и сущности явлений природы, легендарных героях, богах и т. д. богинь содержит религиозные представления о богинях. В данной статье рассматриваются научные взгляды и представления, связанные с поэтикой мифа. Ключевые слова: Миф, поэтика, метод, история, легенда, поэзия. Hali o‘zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan. Mif qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa- da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo‘lib o‘tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Ma‘lumki, qadimgi odamning tabiatni tushunishi va voqelikni idrok etishi g`oyat murakkab tafakkur hodisasi hisoblanadi. Ajdodlarimiz o‘zini o‘rab olgan moddiy olamning sir- asrorlarini tushunishga, tabiiy hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qilar ekan, butun borliqni borlig`icha qabul qilgan. 4 87 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Moddiy olamdagi voqelikni idrok etishda obrazlilik va poetik ramzlardan foydalanish esa badiiy ijodga xos belgi bo‘lib, voqelikka ongli hissiy munosabat bildirishga asoslanadi. Dunyodagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lishi, muayyan tabiiy hodisalarning ro‘y berish sabablari, tabiat va inson munosabati masalalari qadimgi odam ongida asotiriy tarzda talqin qilingan. Olam haqidagi ana shu eng qadimgi e‘tiqodiy qarashlar asosida dastlabki mifologik tasavvurlar tizimi kelib chiqqan. Mif – qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir. Miflar, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Eng qadimgi davr folklorida ibtidoiy tasavvurlar asosida yaratilgan miflar xalq og`zaki poetik ijodining ilk mahsulidir. Aniqrog`i, xalq epik ijodining ilk namunalari bo‘lgan miflar ta‘sirida keyinchalik afsona, ertak, qo‘shiq, topishmoq, doston singari boshqa janrlar shakllangan. Miflar folklordagi dastlabki ijod namunalari bo‘lgani uchun juda sodda shaklda, qisqa hajmda yaratilgan. Ularda ibtidoiy insonlarning borliq, olam jumboqlari, tabiat va koinot sirlarini bilishga intilishi, bu boradagi ilk tasavvurlari va xulosalari, xudolar, pahlavonlar, o‘simliklar va hayvonlar olami, ayrim narsalarning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. Miflarda olam va uning yaralishi, boshqarilishi haqidagi ilk tushunchalar xayoliy uydirma orqali bayon etilgan. Real voqea-hodisalarning qanday yuz berishini hali tushunib etmagan, ongi juda past bo‘lgan ibtidoiy inson ularni tangri-ma‘budlar haqidagi qarashlari, tasavvur- tushunchalari asosida talqin qilgan. Shu tariqa miflar og`zaki ijod mahsuliga aylangan. Ular tarkibidagi epik motivlar og`izdan-og`izga ko‘chib, yangi-yangi miflar yuzaga kelishiga zamin yaratgan. Bora-bora ular afsona, ertak, doston singari janrlar syujetidan ham o‘rin olgan. Mavzu doirasi, asosan, olamning, osmon jismlarining, odamning yaralishi, tabiat hodisalarining qanday yuz berishi, ularning tangrilar tomonidan boshqarilishi izohidan iborat bo‘lgan miflarda turli ma‘budlar obrazining keltirilishi, samo yoritgichlari hamda tabiatdagi stixiyali kuchlarning jonlantirilishi tufayli muayyan darajada badiiylik borligidan nishona beradi. Shu ma‘noda ular xalq og`zaki poetik ijodi janrlaridan biri hisoblanishiga asos bo‘ladi. Miflarda talqin va tasvir fantastika, xayoliy uydirma, badiiy to‘qimaga asoslanadi. Lekin ularda badiiy to‘qima ongsiz kechgan. Mumtoz miflar tarkibiga ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o‘zida aks ettirgan dualistik miflar, kult miflari (suv, olov, osmon jismlari, o‘simliklar, jonivorlar, hosildorlik kultlari bilan aloqador tasavvurlar asosida shakllangan), o‘lib-qayta tiriluvchi qahramonlar (Siyovush bilan bog`liq) haqidagi miflar; samoviy (oy, quyosh, yulduzlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalar haqidagi) miflar; taqvimiy miflar, ya‘ni yilboshi Navro‘z bilan bog`liq udumlar, vaqt hisobi omillari haqidagi asotiriy ishonchlar; antropogenik miflar yoki odamzotning y

Доказательный фрагмент

«A myth is a set of ancient people's primitive ideas about existence, the creation of the universe, the emergence of man, plants and animals, the appearance of heavenly bodies, the causes and essence of natural phenome…»

Образец извлечения

Демо-превью

A myth is a set of ancient people's primitive ideas about existence, the creation of the universe, the emergence of man, plants and animals, the appearance of heavenly bodies, the causes and essence of natural phenome… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Myth, poetics, method, history, legend, poetry
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники