К содержанию
РецензированоUZ2024

XALQARO SHARTNOMALAR ASOSIDA HAVO TRANSPORTIDA YO’LOVCHI TASHISHDA YETKAZILGAN ZARARLARNI QOPLASH MASALALARI

Salimova Diyoraxon Baxtiyorjon qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This scientific article examines issues related to compensating for damages incurred during passenger transport by air based on international agreements. It analyzes the Montreal Convention and other international treaties concerning the protection of passenger rights and compensation procedures within the aviation sector. Key words: passenger, carrier, damages, Warsaw Convention, Hague protocol, Montreal Convention, air crash, liability. ВОПРОСЫ ВОЗМЕЩЕНИЯ УБЫТКА, ПРИЧИНЕННОГО ПРИ ПАССАЖИРСКИХ ПЕРЕВОЗКАХ НА ВОЗДУШНОМ ТРАНСПОРТЕ НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СОГЛАШЕНИЙ Аннотация. В данной научной статье рассматриваются вопросы, связанные с возмещением ущерба, причиненного при перевозке пассажиров воздушным транспортом, на основе международных соглашений. Анализируются Монреальская конвенция и другие международные договоры, касающиеся защиты прав пассажиров и процедур компенсации в авиационном секторе. Ключевые слова: пассажир, перевозчик, возмещение ущерба, Варшавская конвенция, Гаагский протокол, Монреальская конвенция, авиакатастрофа, ответственность. 557 Noyabr, 2024-Yil Havo transporti xalqaro aloqalarni rivojlantirishda va savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ammo bu transport turi bilan bog’liq xavfsizlik va huquqiy masalalar, xususan yo’lovchilarga yetkazilgan zararlarni qoplash bilan bog’liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Xalqaro shartnomalar va kelishuvlar ushbu sohada muhim huquqiy asoslarni yaratadi va zararlarni qoplash mexanizmlarini belgilaydi. 2022 yilgi ICAO1 statistikasiga ko’ra, dunyo miqyosida 2022 yilda jami 38 ta halokat sodir bo’lgan. Bu halokatlar natijasida 160 nafar yo’lovchi va ekipaj a’zolari halok bo’lgan. 2019 yildagi statistik ma’lumotlar yil davomida dunyoda 86 ta aviahalokat sodir bo’lgani, buning natijasida jami 257 kishi halok bo’lganini ko’rsatadi. 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasi transport statistikasi: O’zbekiston Respublikasi hududida 2020 yilda jami 3 ta aviahalokat sodir bo’lgan. Natijada 12 nafar yo’lovchi va ekipaj a’zolari jabrlangan. Shuningdek, kompensatsiya to’lovlari jami 1 million dollardan ortiq miqdorni tashkil etgan. Havo transportida yo’lovchi tashishda yetkazilgan zararlarni qoplash masalalari asosan bir nechta xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi. Ularning eng muhimlari Varshava konvensiyasi (1929 yil), Gaaga protokoli (1955 yil), Monreal konvensiyasi (1999 yil). Varshava konvensiyasi 1929 yilda qabul qilingan bo’lib, xalqaro havo tashuvlari sohasida muhim huquqiy asoslarni yaratdi. Ushbu konvensiya asosan tashuvchi kompaniyalar va yo’lovchilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, javobgarlik chegaralarini o’rnatish, ya’ni tashuvchi kompaniyalarning yo’lovchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik miqdorini belgilash, zararlarni qoplash bo’yicha sud jarayonlarini soddalashtirish va yo’lovchilar uchun huquqiy himoyani kuchaytirish maqsadlarini ko’zda tutadi. Ta’kidlash joizki, xalqaro havo qatnovi deganda birdan ortiq davlatning samoviy hududi orqali amalga oshiriladigan havoda qatnovi tushuniladi. Varshava konvensiyasiga asosan tashuvchining javobgarligi cheklandi, ya’ni faqatgina uning aybi bilan yetkazilgan zarar uchun va yo’lovchilar uchun zararlarni qoplashning chegaralangan miqdori belgilandi. Varshava konvensiyasining 21-moddasiga ko’ra, agar tashuvchi yetkazilgan zarar to’liq yoki qisman jabrlanuvchining aybi bilan yuzaga kelganligini isbotlasa, sud o’z qaroriga muvofiq; tashuvchini javobgarlikdan to’liq yoki qisman ozod qilishi mumkin. 1 IKAO–Xalqaro fuqarolik aviasiyasi tashkiloti (ICAO -International Civil Aviation Organization). IKAO 1944 yilda Xalqaro fuqaro aviasiyasi toʻgʻrisidagi Chikago konvensiyasi bilan fuqaro aviasiyasining xavfsizligi va samaradorligini oshirish, uning rivojlanishini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan. 558 Noyabr, 2024-Yil Aytib o’tish joizki, bu konvensiya xalqaro havo transportida tashuvlarni tartibga solish va yo’lovchilar, yuk va pochta tashish bilan bog’liq zararlarni qoplash qoidalarini belgilash maqsadida qabul qilingan. Konvensiyaning 22-moddaisga binoan zarar uchun tashuvchining javobgarligi chegaralangan miqdorlarda belgilangan. Garchi bu moddada va umuman Konvensiyada manaviy zarar haqida gap bormasada, amaliyotda manaviy zarar undirish masalasini ham ko’ndalang qo’yish mumkin. Masalan, B.Xamroqulovning fikricha, bordiyu Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga xalqaro havo yoʻlida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish natijasida ma'naviy ziyon etkazilgan boʻlsa, ma'naviy ziyon koʻrgan fuqaro etkazilgan ma'naviy ziyonni qoplashni sud tartibida iste'molchi sifatida talab qilishi mumkin. Gaaga protokoli 1955 yilda Varshava konvensiyasini yangilash va unga qo’shimchalar kiritish maqsadida qabul qilingan. Protokol yo’lovchi foydasiga quyidagi asosiy o’zgarishlarni kiritdi: 1.Tashuvchilarning yo’lovchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik miqdori oshirildi. 2.Havo transportida tashuvlarda foydalaniladigan hujjatlarni soddalashtirish va jarayonlarni takomillas

Доказательный фрагмент

«This scientific article examines issues related to compensating for damages incurred during passenger transport by air based on international agreements.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article examines issues related to compensating for damages incurred during passenger transport by air based on international agreements. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
passenger, carrier, damages, Warsaw Convention, Hague protocol, Montreal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники