Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTONDA ISHSIZLIK VA YALPI ICHKI MAHSULOTNING OʻSISHI, TOSHKENT SHAHRINI OPTIMALLASHTIRISH VA VAQT QADRI
Rixsiboev Abdumurod Abduolim oʻgʻli
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article discusses the issues of unemployment and GDP growth in Uzbekistan, optimization of Tashkent city and value of time. The article highlights the importance of social and natural resources in human life. Keywords: social and natural resources, value of time, unemployment, GDP growth. БЕЗРАБОТИЦА И РОСТ ВВП В УЗБЕКИСТАНЕ, ОПТИМИЗАЦИЯ ГОРОДА ТАШКЕНТА И ЦЕННОСТЬ ВРЕМЕНИ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы безработицы и роста ВВП в Узбекистане, оптимизации города Ташкента и ценности времени. В статье подчеркивается значение социальных и природных ресурсов в жизни человека. Ключевые слова: социальные и природные ресурсы, временная стоимость, безработица, рост ВВП. Inson hayoti uchun ijtimoiy va tabiiy resurslar juda muhim hisoblanadi, masalan oziq ovqatlar, kiyim kechaklar, tok va gaz manbalari kerak boʻladi. Albatta biz ibtidoiy jamiyatda emas ijtimoiy jamiyatda yashayapmiz. Shuning uchun insonlarga yuqoridagi inson hayoti omili bilan bogʻliq boʻlgan resurslar sotib olishimiz uchun moddiy boyliklar va sarmoya kerak boʻladi. Insonlarga moddiy boyliklar va sarmoya yigʻish uchun esa ish yoki biznes loyihalar kerak boʻladi, xalqning quyi qatlami uchun tabiiyki biznes loyihalar mos kelmaydi, shunday ekan har bir insonga roʻzgʻor tebratish uchun ish kerak. Oʻzbekistondag ishsizlik darajasi 2023-yil yakuniga koʻra 6,8%ni tashkil etib avvalgi yilga nisbatan 2,1%ga pastlagan. Endi bu koʻrsatkichni hududlar kesimida qarasak ishsizlik eng baland hududlar Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari, hududida yuqori choʻllanish va sanoat zonalari past boʻlganligi hisobiga Qoraqalpogʻiston va Navoiy viloyatlarini ishsizlik eng past hududga esa tabiiyki Toshkent shahri ekanligini koʻrishimiz mumkin. Toshkent shahrida nima uchun ishsizlik darajasi past? Chunki koʻplab sanoat zonalari, zavod fabrikalar, yirik katta bozorlar ishlab chiqaruvchi sexlar Toshkent shahrida joylashgan. Insonlar pul topish maqsadida Toshkentga kelishadi MCHJ yoki zavod fabrikalar boʻlsin yoki bozorlardagi oldi sotti, kunlik ish boʻlsa xam ish qidirib kelgan odam albatta topadi, lekin bu yerda vaqt omili katta rol oʻynaydi ishga(smenaga) yoki kunlik ishga 4 78 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kelayotgan odam yoʻl uzoqligi hisobini olib barvaqt yoʻlga otlanadi, qaytayotganda esa kech qaytadi. Uzoqdan markazga qatnab ishlovchilarning 4-5soat vaqtlari yoʻlga sarflanadi ijarada turay desa ijara puli qimmat. Toshkent shahri bir necha yildan buyon xavo ifloslanish darajasi yuqori boʻlgan shaharlar roʻyxatida yuqori oʻrinlarda turipti. Xavo ifloslanishi darajasini oshishi inson salomatligiga va poytaxt boʻlganligi uchun davlat imidjiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Xoʻsh unda nima qilsak muammoni ijobiy hal qilgan boʻlamiz? Birinchi navbatda viloyatlardagi unumsiz yerlarga oʻzidan zaxarli moddalar chiqaruvchi zavodlarni, viloyatlardagi chekka hududlarga ishlab chiqaruvchi seh fabrikalarni Toshkent shahri hududidan chiqarishimiz kerak. Shunda chekka hududlarda va ishsizlik yuqori boʻlgan viloyat odamlari ish bilan taʼminlanadi, yoʻlga ortiqcha vaqt sarfidan halos boʻlib unumli maishiy hayotga yondashishadi. Chet davlatlarda ishlayotgan migrantlarning oʻrtacha yoshi 18-45 yosh hisoblandi. Pul topish maqsadida kimdur oilasini, yana kimdir yosh goʻdak farzandlarini, kimdur yangi oila quriboq, kimdur oila qurish toʻy hasham deb ish izlab chet elga ketadilar. Natijada migrantlar oʻzlari ishlayotgan zavod fabrikalar sehlar orqali oʻsha davlat budjeti daromadi oshishiga xizmat qilishadi, agar ishlab chiqarish sanoat zonalari ishsizlik yuqori joylarga koʻchirib joylashtirilsa har bir migrant koʻp pul topmasa ham oilasi yonida erkin va xavfsiz hayot kechirishni hohlaydi oʻzimizda ishlaydi. Natijada ishlab chiqarish sanoati rivojlanadi va eksport hajmi oshadi bu esa davlat yalpi ichki mahsulot oshishiga sabab boʻladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib turadigan yoki oʻzimiz guvoh boʻladigan Toshkent shahar ichidagi va shaxarga kirish chiqishda yuzaga kelayotgan tirbandlik masalasi ham Toshkent shahrini optimallashtirish orqali hal boʻladi. Toshkent shahri zaxarli havo chiqaruvchi zavodlardan, yuzaga keladigan yuqori tirbandliklardan halos boʻlgan, istirohat bogʻlari yashil, tarixiy, madaniy zonalari boʻlgan davlat imidjini koʻrsatadigan poytaxt shaxar boʻlishi kerak. Xulosa: Insonlarning pul topish maqsadida oilasidan uzoqda chet davlatlardagi ketgan vaqti, yoki Toshkent shahriga kelib ketuvchilarning 4-5soatlik yoʻlga ketayotgan vaqti, shaxar ichida yuzaga kelayotgan tirbandlik masalasini yechish inson qadri vaqtni qadrlashga xizmat qiladi. Va mana shu sarflanayotgan ortiqcha vaqtlarni insonlar oila va yaqinlari davrasida oʻtqazishi odamlarda baht indeksini oshiradi. 4 79
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issues of unemployment and GDP growth in Uzbekistan, optimization of Tashkent city and value of time.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issues of unemployment and GDP growth in Uzbekistan, optimization of Tashkent city and value of time. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social and natural resources, value of time, unemployment, GDP growth
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025