Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALOHIDA E’TIBOR TALAB ETILADIGAN BOLALARNING TA'LIM HUQUQLARINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
HUQUQLARINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI · Jurakulov Navro’zbek Shuhrat o’g’li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article analyzes the normative legal documents on ensuring the educational rights of children who require special attention in the Republic of Uzbekistan. Theoretical and practical experiences on the development of the educational rights of children who require special attention have been studied. Also, the development of the educational rights of children who require special attention has been studied on the basis of foreign experience. Key words: Person with disabilities, human rights, right to education, inclusive education, medical and social expertise, pedagogue-defectologist. ОБРАЗОВАНИЕ ДЕТЕЙ, ТРЕБУЮЩИХ ОСОБОГО ВНИМАНИЯ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПРАВ Аннотация. В данной статье анализируются нормативные правовые документы по обеспечению образовательных прав детей, требующих особого внимания в Республике Узбекистан. Изучены теоретический и практический опыт развития образовательных прав детей, требующих особого внимания. Также на основе зарубежного опыта изучено развитие образовательных прав детей, требующих особого внимания. Ключевые слова: Инвалид, права человека, право на образование, инклюзивное образование, медико-социальная экспертиза, педагог-дефектолог. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ularga hayotda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo’yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ham alohida ehtiyojga ega bo’lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilishini ta'kidladi. “Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratiladi. «Yaqinda Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi. O‘zbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishi kutilmoqda. Biz imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy kengash tuzishni taklif etamiz», dedi davlat rahbari.’’ 4 16 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va ko'pgina omillarga bog'liq masala hisoblanadi. Shu bois, jamiyatimizning bir bo'lagi bo’lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, ularning sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati, imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy kamol topishiga sharoit yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Avvalo O'zbekiston Respublikasida inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonunida nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashning huquqiy asoslari mustahkamlangan. 1 Mazkur qonunga ko'ra nogironligi bo'lgan bolalar — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sensor yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko'rsatilishiga hamda o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar hisoblanadi. Qonunga ko'ra Nogironligi bo'lgan shaxslar barcha darajalardagi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish va o'z qobiliyatini yanada to'liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega2 ya’ni alohida e’tibor talab etiladigan bolalarning eshitish tizimi inobatga olingan. Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirishni, ularning ta'lim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o'tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlashi, ta'lim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda nogironligi bo'lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o'rta ta'lim olishini, shuningdek o'rta maxsus, professional, oliy va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limi olishini ta'minlashi qonunda mustahkamlab qo'yilgan. Inklyuziv ta’limni oiladan maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv muassasalarida joriy etish natijasida alohida ehtiyoji bor insonlarga nisbatan umumiy munosabat o’zgarayotgani ma’lum bo’ldi. Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun omil bo’lib xizmat qilish mumkin. Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga umumta’lim jarayonidagi barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish imkonini beradi. Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi olinib, ko’rsatiladigan individual yordam
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the normative legal documents on ensuring the educational rights of children who require special attention in the Republic of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the normative legal documents on ensuring the educational rights of children who require special attention in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Person with disabilities, human rights, right to education, inclusive education, Nogironligi bo’lgan shaxs, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, ta'lim huquqi, pedagog-defektolog., inklyuziv ta'lim, inson huquqlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024