Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTONDA JINOYATLAR VA ULARGA QARSHI TURISH MEXANIZMLARI: QONUNLAR MOHIYATIGA BIR NAZAR
Yaxyoyeva Umida · LAWS NEEDED?
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this scientific article, we tried to provide possible solutions to the existing problems by analyzing the concept of the crime and punishment system, what crimes are increasing in Uzbekistan, why they are increasing, and related statistics. We used a wide range of legal documents and doctrinal sources. Key words: crime, cry of distress, Shan Yan, St. Thomas Aquinas, Cessara Beccaria, penalty system, international organizations, Fyodor Dostoyevsky. ПРЕСТУПЛЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И МЕХАНИЗМЫ БОРЬБЫ С НИМИ: ЗАЧЕМ НУЖНЫ ЗАКОНЫ? Аннотация. В данной научной статье мы попытались предоставить возможные решения существующих проблем, проанализировав понятие системы преступлений и наказаний, какие преступления растут в Узбекистане, почему они растут, и соответствующую статистику. Мы использовали широкий спектр юридических документов и доктринальных источников. Ключевые слова: преступление, крик бедствия, Шань Янь, Св. Фома Аквинский, Чессара Беккариа, пенитенциарная система, международные организации, Федор Достоевский. I. Kirish Avvalambor jinoyat tushunchasining mazmuniga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 14-moddasiga muvofiq, ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qoʻllash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ushbu normadan shuni tushunish mumkinki, muayyan qilmish yaʼni harakat yoki harakatsizklik jinoyat deb topilishi uchun u Jinoyat kodeksining bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi, ayblilik xususiyatiga (ayblilik bu oʻz xatti-harakatlarini tushunadigan va ularni boshqara oladigan aqli raso shaxsning huquqqa zid qilmishidan kelib chiquvchi aybidir) ega boʻlishi, ijtimoiy xavfli yaʼni jamiyat aʼzolariga moddiy yoki maʼnaviy zarar keltirishi va unga qarshi chora sifatida davlat tomonidan oʻrnatilgan jazolarga tortilishi 4 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ muqarrarligiga oid faktlar mavjud boʻlishi kerak. Jinoyat boshqa qonunbuzarliklardan oʻzining ijtimoiy xavflilik xususiyati bilan ajralib turadi, yani jinoyat boshqa qonunbuzarliklarga nisbatan ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori hisoblanib, u tufayli kelib chiqaadigan oqibatlar ham jamiyatga jiddiy moddiy va maʼnaviy zararlar yetkazadi. Insoniyat azal-azaldan ushbu taʼsiri keng jamoatchilikni qamrab oluvchi illatga qarshi kurashib kelmoqda. 1Tadqiqotlarga binoan ilk qotillik bundan 430 000 yillar oldin Shimoliy Ispaniyada qayd etilgan boʻlib, bunda homo antecessor odam turi tomonidan sodir etilgan. Ammo biz buni yer yuzida sodir etilgan ilk qotillik deb atay olmaymiz, chunki tarixdan bizga maʼlumki, azaldan insoniyat oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun qon toʻkishdan ham tab tortmagan. Ibtidoiy davrlarda bu hattoki odatiy hol boʻlib, bunday jinoyatlar uchun hatto jazolar ham joriy etilmaganligi ehtimoldan holi emas. Jinoyatlar uchun ilk jazolar qachondan qoʻllanila boshlanganligi balki nomaʼlumdir, ammo “crime” - jinoyat soʻzi ilk marotaba 1250-yillar atrofida eski fransuzcha “crimne”, oʻz navbatida lotin tilidagi “crimen” soʻzidan olingan boʻlib, “Men qaror qilaman” yoki “Men hukm qilaman” maʼnolarini anglatgan. Ammo usbu masala boʻyicha olimlar oʻrtasida bahs mavjud xususan, Rabbi Ernest Kleinnig taʼkidlashicha, “crimen” lotin soʻzi aslida qadimgi yunon soʻzi “Krima” dan kelib chiqqan boʻlib, “qoralash” yoki “sud hukmi” maʼnolarini anglatgan, shuningdek, “crimen” soʻzi “cry of distress” – qaygʻu yigʻisi iborasidan kelib chiqqan boʻlib bu Oʻrta Asrlar oxiriga yaʼni 15- asrlar oxiriga toʻgʻri keladi. II. Metodologiya Jinoyat va jazo tarixi. Jinoyat ijtimoiy hodisa hisoblanib, jamiyat rivojlangan sari, jinoyat turlari va amalga oshirish usullari ham oʻzgarib boradi. Bunga yaqqol misol sifatida axborot resusrlari rivojlanishi natijasida vujudga kelgan kiberjinoyatlarni keltirish mumkin. Ushbu jinoyat turlari endigina paydo boʻlayotgan jinoyat turi hisoblanib, barcha davlatlar ham unga qarshi turish mexanizmini oʻrnatgani yokida toʻliq oʻrnatgani yoʻq. Endi jinoyat va jazo tarixiga nazar tashlasak, jinoyatlar avvaldan faqatgina qasos olish maqsadida sodir etilgan, yaʼni agar biron kishi boshqa shaxsni oʻldirsa buning evaziga ham jon bilan toʻlashi talab etilgan va bunda “qonga qon, jonga jon” iborasi asosida amalga oshirilgan. Odamlar qanday jinoyat sodir etsalar xuddi shunday jinoyatlar bilan jazolangan, ammo bunda jinoyat sodir etgan shaxsning subyektiv holati yaʼni qasd yoki ehtiyotsizlik, motiv va maqsadlarni inobatga olmagan holda belgilangan. Oʻz navbatida bunday jazo cholari tarbiyalashdan koʻra koʻproq qasos olish maqsadida qoʻllanilgan va koʻpchilik hollarda jazo choralari jinoyatlarning xavflilik darajasiga umuman mos kelmagan. Keyinchalik qonunlar takomillashtirilib, jazo choralari jinoyatlarga mutanosib ravishda belgilanishiga alohida eʼtibor berildi. 2Eng dastlabki qonunlarga misol sifatida “Hammurapi qonunlari” keltirish mumkin, aynan ma
Доказательный фрагмент
«In this scientific article, we tried to provide possible solutions to the existing problems by analyzing the concept of the crime and punishment system, what crimes are increasing in Uzbekistan, why they are increasin…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this scientific article, we tried to provide possible solutions to the existing problems by analyzing the concept of the crime and punishment system, what crimes are increasing in Uzbekistan, why they are increasin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- crime, cry of distress, Shan Yan, St. Thomas Aquinas, Cessara Beccaria, jazo tizimi, Fyodor Dostoyevskiy., xalqaro tashkilotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025