Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
NEW RENAISSANCE · Qo‘chqarova Laylo Bahrom qizi · Umirzoqova Gulbahor Dostonbek qizi · OF UZBEKISTAN
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
This article describes the procedure for dividing the territory of the country into parts, organizing, annexing, and terminating regions, districts, and cities. Key words: Territory, region, district, city, village, council, border, administrative structure. АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОЕ И ГОСУДАРСТВЕННОЕ УСТРОЙСТВО РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН Аннотация. В данной статье описан порядок разделения территории страны на части, организации, присоединения и прекращения областей, районов и городов. Ключевые слова: Край, область, район, город, село, совет, граница, административная структура. O‘zbekiston ma'lum geografik joyda belgilangan chegaralar doirasida joylashgan bo‘lib, bu mamlakatning hududi hisoblanadi. Hududga ega bo‘lish biror bir davlatning davlat sifatida ko‘rsatuvchi asosiy belgilaridan biridir. Ma'lum hududsiz davlat bo‘lishi mumkin emas. Davlat aniq bir hududda faoliyat ko‘rsatadi va davlat faoliyati shu hududda amal qiladi. Hudud – davlatga tegishli muayyan maydon. Hudud yer, suv, osmon chegaralaridan iborat bo‘ladi. Har bir mamlakatning hududi katta-kichikligiga, aholisini soniga qarab, tegishli bo‘lakchalarga bo‘lib idora etiladi. Mamlakat hududi bo‘lakchalarga bo‘linishi, davlat boshqaruvini mukammal tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun u juda muhim davlat – huquqiy instituti bo‘lib, konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanadi. 126 NEW RENAISSANCE 2024 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 9 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida to‘rtinchi bo‘limi va uning ikki bobi (XVI, XVII-boblar) ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalariga bag‘ishlangan. Uning alohida-alohida moddalarida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalari huquqiy tartibga solingan. Har bir mamlakat ma'muriy-hududiy tuzilishini belgilashida, butun hududni boshqarishga oson bo‘lishi, markaz ta'sirini joylarda samarali bo‘lishi, xalqni davlat organlariga yaqin bo‘lishi, ishlab chiqarishni tashkil etishini unumli, arzon samarali bo‘lishi, sanoatni hom ashyo bilan ta'minlash darajasini, aholini urf odatlari, qadriyatlari, tarixiy tajribasini hisobga oladi va o‘ziga ma'qul ma'muriy-huddudiy qismlar o‘rnatadi. Ma'muriy-hududiy tuzilish konstitutsiyaviy huquqiy normalar asosida hal qilinadigan ijtimoiy munosobatlar qatoriga kiradi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 83-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat” – deb belgilangan. Bu birinchidan O‘zbekiston hududi nimalardan iborat bo‘lishini, ikkinchidan O‘zbekiston hududini qanday ma'muriy birliklardan tashkil topganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston ma'muriy-hududiy birliklarining huquqiy maqomi darajasiga qarab quyidagicha bo‘lish mumkin. Konstitutsiyaning 84-moddasida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrinig chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi” – degan qoida nazarda tutilgan. Viloyatlar, tumanlar, shaharlarni tashkil qilish, qo‘shib yuborish, tugatish, mamlakat iqtisodi, boshqaruv samarasi, fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga murojaat qilishning qulay-noqulayligi hisobga olinib, umummanfaatlar ko‘zlangan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu masalani asosi Konstitutsiyada belgilangan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 12-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tatibga solish, chegaralarini o‘zgartirish, Oliy Majlis palatalaring birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. Ya'ni ma'muriy tuzilish va ularning chegarasini o‘zgartirish uchun Oliy Majlis tomonidan qaror chiqishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi qonuni viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, 127 NEW RENAISSANCE 2024 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 9 qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga o‘tkazish tartibini belgilaydi. Qishloqlar, ovullar tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Qishloq va ovullarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘istonda tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorgi Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asoson Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Viloyatlar va tumanlarining chegaras
Доказательный фрагмент
«This article describes the procedure for dividing the territory of the country into parts, organizing, annexing, and terminating regions, districts, and cities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the procedure for dividing the territory of the country into parts, organizing, annexing, and terminating regions, districts, and cities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Territory, region, district, city, village, council, border, administrative, tuman, kengash, ovul, chegara, Hudud, viloyat, shahar, ma’muriy tuzilish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014