Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO AMIRLIGIDA TARIXNAVISLIK
BUXORO AMIRLIGIDA TARIXNAVISLIK · Sattorov Sarvar
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
It is everyone's duty to study, analyze and disseminate sources about the history of the Buokhoro Emirate. In this article, the sources of the Bukhara Emirate were analyzed, and the important aspects of the sources and their differences from other sources were mentioned. Key words: "Risola or a short history of Manghitlar Khanado", Persian-Tajik, "unofficial", "Jome al-gulzor", "Tawarikhi muttakadimin wa muttaakhirin", Ahmad Donish, tradition, "Tarihi Nofeiy", Guftalar, Shefer, Shajarawi, UzR FA. ИСТОРИОГРАФИЯ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ. Аннотация. Изучать, анализировать и распространять источники по истории эмирата Буохоро долг каждого. В данной статье были проанализированы источники Бухарского эмирата, а также упомянуты важные аспекты источников и их отличия от других источников. Ключевые слова: «Рисола или краткая история Мангитлар Ханадо», персидско- таджикский, «неофициальный», «Джоме ал-гулзор», «Таварихи муттакадимин ва муттаахирин», Ахмад Дониш, традиция, «Тарихи Нофей»», Гуфтарлар, Шефер, Шаджарави, УзР ФА. Mustaqillik yillaridan keyin mamlakatimiz tarixini o‘rganishga, uni anglashga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixda muhim o‘rin egallagan Buxoro amirligi ham bulardan biri hisoblanadi. Bu davtlat o‘zining qoldirgan merosi bilan yutimiz tarixiga o‘chmas iz qoldirgan. Buxoro amirligida barcha fanlar qatorida tarix ilmi fan yaxshi rivojlangan. Bu olimlar qatorida Ahmad Donish(1827-1897), Sadr Ziyo(1867-1931), Mirzo Salimbek(1850-1930), Mirzo Abduazim Somiy Bo’stoniy, Nasriddin To‘ra, Muhammad Ali Boljuvoniy, Mirza Siddiq Hashmat, Abu Bakr Muhammad Hayyot, Foziljon Xo‘ja bin Odiljon Xo‘ja, Mirzo Rajab To‘rayi Samarqandiy, Mirzo Mulla Abdurahmon, Hoji Abdurahmonqori Samarqandiy kabi tarixchilarning manbalaridan o‘sha davrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida batafsil o‘rganamiz. Bazi manbalarda muallif tomonidan bo‘rtirish yoki haqiqatni yashirish kabi holatlarni ham uchratishimiz mumkin. Bu tarixchilar ichida Ahmad Donishning o‘rni bo‘lakcha. Ahmad Donish (1827-1897) diniy va dunyoviy ilmlarni puxta egallagan. Dastlabki faolliyatini Buxoro amirligida Amir Nasrullo davrida xattotlikdan boshlaydi. 3 24 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ahmad Donishning ilmiy meroslaridan biri “Novodir ul vaqoe”, “Risola yoxud Mang‘itlar xonadoning qisqacha tarixi”, “Risola dar nazmi tamaddun va taovun” kabi asarni yozib qoldirgan. Olimning astronomiya ilmiga bag‘ishlan “Manozir ul kavokib” asarlari ham mavjud. Bu asar muqaddima va 3 fasldan iborat bo‘lib, 22 bobdan tashkil topgan. Asar 1875-1882 yillarda yozilgan. Asar Shokirov va Hamroyevlar tomonida birinchilardan bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilishgan. Asarning asl nusxasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv N4266) va shu nusxa tarjima qilishgan. 1 Tuhfai shohiy asarining mantiqiy davomi sifatida “Tarixi Salotini Mang‘itiya” asari hisoblanadi . Mazkur asar 1906-1906 yillar oralig‘ida yozgan. Bu asar Tojikiston Respublikasi FA ShIda saqlanayotgan 927III-raqamli qo‘lyozma bilan O‘zbekiston FA ShIda saqlanayotgan 1458- raqamli qo‘lyozma qiyosiy solishtirilib, L.M. Yepifanova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan hamda so‘zboshi va zarur izohlari bilan 1962 yili Moskvada chop etilgan.2 “Tuxfa-i shohi” va “Tarixi Salotini Mang‘itiya” bir davrga bag‘ishlangan, lekin ayni paytda bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. “Tuhfayi shahiy” saroy tarixshunosligi ruhida yozilgan bo‘lib, u hukmronlik qilgan shaxslarni, ularning ajdodlarini ulug‘lagan, ularning ishlarini ulug‘lagan. Bu esa “Tuhfayi shohiy”ni “norasmiy” varianti deb hisoblashga asos bo‘ldi. Aniq ifodalangan muxolifat mazmuni. Shu munosabat bilan u sharqshunos tarixchilar orasida birinchi asarning “noqonuniy” versiyasi sifatida tanilgan3 Buxoro amirligi davrida yaratilgan muhum manbalardan yana biri bu Muhammad Ali Boljuvoniyning “Tarixi nofеiy” asari hisoblanadi. Bu rajab oyining 18-kuni hijriy 1341 (milodiy - 1923 yili, 12 fevral) sana Samarqand shahrining Tillakori madrasasida “Tarixi Nofeiy” asarini yozishga kirishib, hijriy 1346 yili muharram oyining 22-kuni (milodiy - 1927 yil 22 iyun) uni Baljuvonning Beshtang qishlog‘ida nihoyasiga yetkazgan. Asarni o‘qir ekanmiz u qisqa muqaddima, 15 bob va xotiradan iborat. Asar qo‘l yozmasining tavsifi, kamchiliklari, xususiyatlari haqida A.Muxtorov keng ma’lumot bergan. Bu asarning kitob shaklida ilk bor o‘zbek tilida 2001 yilda “Akademiya” nashridan chiqqan. Bu asarni biz faqat tarixiy manba sifatida qaramasdan, shu bilan birgalikda falsafiy va o‘git beruvchi kitob sifatida qarasak ham bo‘ladi. Asarni boshqa asarlardan farqli jihatlari ko‘p. Bu asarning birinchi bobidagi Buxoro tavsifida Buxorodagi o‘sha davrdagi madrasalari, masjid, qabriston, mahallalari va Buxoroning 11 ta darvozasini bayon qilib o‘tadi. Asarning ikkinchi maqsadida Samarqandning go‘zalligi, atrof-muhiti haqida bayon qiladi. Uchinchi maqsadi yetti fasldan iborat bo‘l
Доказательный фрагмент
«It is everyone's duty to study, analyze and disseminate sources about the history of the Buokhoro Emirate.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is everyone's duty to study, analyze and disseminate sources about the history of the Buokhoro Emirate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Risola or a short history of Manghitlar Khanado", Persian-Tajik, "unofficial"
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026