Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VELOSPORTCHILARNING MUSOBAQAGA OLDI PSIXOLOGIK TAYORGALIGIN O‘SHIRISH ASOSLARI
TAYORGALIGIN O‘SHIRISH ASOSLARI · Toylibaev S.M. · Akmanova D.A.
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article discusses the psychological training of cyclists and psychological training in sports competitions. Information on the specifics of modern means of training cyclists in psychological training in winter is presented. Keywords: Psychological training, cyclist, competition, start, coach, training, speed, endurance. ОСНОВЫ ПОВЫШЕНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ВЕЛОСИПЕДИСТОВ ПЕРЕД СОРЕВНОВАНИЯМИ. Анатация. В этой статье рассматривается психологическая подготовка велосипедистов и психологическая подготовка на спортивных соревнованиях. Приведены сведения о специфике современных средств обучения психологической подготовке велосипедистов зимой. Ключевые слова: Психологическая подготовка, велосипедист, соревнование, старт, тренер, тренировки, скорость, выносливость. Kirish. Psixologik tayyorgarlik muammosi sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Sport natijalariga erishishda psixologik va jismoniy sifatlarning og‘irligini aniq aytish juda qiyin, ammo sport musobaqalarida psixologik tayyorgarlik katta o‘rin tutadi. Velosipedchining psixologik tayyorgarligi deganda musobaqalardagi yuqori natijalarga erishish uchun barcha kuchni to‘play olish holati tushuniladi. Shunday ekan, psixologik tayyorgarlik sportchini butun faoliyati davomida tayyorlashdagi uzluksiz tarbiyaviy jarayon sifatida gavdalanishi kerak va sportchining ichki his-tuyg‘ularini tahlil qila olishi, o‘z raqiblarini ijobiy va salbiy usulda obyektiv baholay olishi, taktik vaziyatlarni yaxshi anglay olishi, har qanday qiyinchiliklarni yenga olishi, chidamli va o‘zini tuta bilishi bilan xarakterlanadi. 2 94 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Asosiy qisim. Bir yillik tayyorgarlikdagi velosipedchilarning psixologik tayyorgarligi to‘rt bosqichda olib boriladi: kelajakka yo‘naltirilgan - mashq (trnerovka), startdan oldin, start, startdan keyin (musobaqalar o‘rtasidagi). Kelajakka yo‘naltirilgan - mashq (trenerovka) bosqichidagi tayyorgarlikda murabbiyning o‘rni katta. U nafaqat mashg‘ulotlarning tashkilotchisi, balki chinakam tarbiyachisi hamdir. O‘z o‘quvchilarining muhabbati va hurmatiga sazovor bo‘lgan murabbiyga ulardan maslahatlari va ko‘rsatmalarini bajarishiga erishish oson bo‘ladi. Sportchilarning murabbiylariga ishonchi ba’zan muvaffaqiyatga erishishdagi muhim omilga aylanadi. Yetakchi velosipedchilarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyati yuqori darajadagi musobaqalarda 7-8 yildan ortiq qatnashmaydi. Velosportchilarning sportdan erta ketishlari, ularning natijalarining pasayishiga, eng avvalo, psixologik zo‘riqish va markaziy asab tizimining o‘ta charchaganligi sabab bo‘ladi. Velosportchilarning musobaqa faoliyatini uzaytirish maqsadida mashg‘ulotlar qiziqarli va xilma-xil o‘tkazilishi kerak. Har bir mashg‘ulotda (trenerovkada) texnik va taktik harakatlarni o‘zlashtirishda yangilik kiritish kerak. Bitta mashg‘ulotda ikkita masalani hal qilish: funksional va texnik yoki funksional yoki taktik bir turdagi og‘ir va uzoq ishni bajarishdan chalg‘itadi. Mashqlar (trenerovka) jarayonida faqat umumiy charchash (charchoq) sharoitida tezlikka yoki masofadan chidamlilikka maxsus qiyin ish bajarilganda yuqori natijaga erishish mumkin. Bunday ishning bajarilishi bo‘yicha murabbiylar sportchini kelgusi musobaqalarda ishtirok etishi haqida xulosa chiqaradi. Shu sababli murabbiylar mashg‘ulotlardagi rejani to‘liq oshkor qilmasligi kerak, aks holda uni bilgan sportchilar mashg‘ulotlarning birinchi qismida ikkinchi yarmidagi muhim yakunlovchi vazifani yaxshiroq bajarish uchun kuchlarini ayamay qolishga harakat qiladilar. Uzluksiz ravishda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga, yangi sport natijalariga sportchilarning qiziqishini uyg‘otish uchun turli uran, so‘z zanjirlaridan foydalaniladi. Psixologik usul sifatida bu, sportchiga aniq darajada ta’sir qiladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlarda (trenerovkada) tomoshabinlarning bo‘lishi, ularning ruhlantirishi (yosharishi), uranlarni aytib turishi sport natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlardan, musobaqalardan so‘ng charchoqni kamaytirish va kuchni qayta tiklash maqsadida autogen va psixologik sozlovchi mashqlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, uni yuqori emotsional qahr-g‘azabda, shu bilan birga yuqori maksimal sport bezovtaliklarga tayyorlash uchun qo‘llaydi. Jasorat, intizom, maqsadga intilish, matonat va shijoat, qat’iyat, olg‘a intilish, mustaqillik, o‘zini tuta bilish va sabr-toqat sportchilarda har kuni, velosport bilan shug‘ullanishning birinchi yilidan boshlab tarbiyalanishi kerak. Yosh velosipedchilarning etikasi va aqliy sifatlarini tarbiyalashning asosiy usuli - ishontirish usulidir. Nafaqat so‘z bilan, balki shaxsiy namuna bilan ham ishontirish mumkin. Trener barcha shug‘ullanuvchilarga nisbatan istalgan masala bo‘yicha bir maromda talabchan bo‘lishi kerak: kech qolish, harakat qoidalarini bajarish, kiyim ozodaligi, velosipedni ushlash va h
Доказательный фрагмент
«This article discusses the psychological training of cyclists and psychological training in sports competitions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the psychological training of cyclists and psychological training in sports competitions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Psychological training, cyclist, competition, start, coach, training, speed
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024