К содержанию
РецензированоEN2024

SUDLAR FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI

Qo‘chqarova Laylo Bahrom qizi · Umirzoqova Gulbahor Dostonbek qizi

Современная наука и исследования · 3 · 3-46 · 2024

Аннотация

This article describes the nature of the principles of justice, the rules defined in it, the positive experiences of other countries, as well as international law, in determining the constitutional principles of justice. Key words: Justice, legality, independence of judiciary, equality before law and court, presumption of innocence, transparency of court proceedings, language of court proceedings, right to defense. ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СУДА Аннотация. В данной статье описывается сущность принципов справедливости, определенные в ней правила, положительный опыт других стран, а также международного права в определении конституционных принципов справедливости. Ключевые слова: Правосудие, законность, независимость судебной власти, равенство перед законом и судом, презумпция невиновности, прозрачность судебного разбирательства, язык судебного разбирательства, право на защиту. Odil sudlov tamoyillarining xususiyati shundan iboratki, unda belgilangan qoidalar nafaqat fuqarolar, mansabdor shaxslar hamda davlat organlari uchun, balki qonun chiqaruvchi idoralar uchun ham taalluqlidir. Qonun chiqaruvchi va qonunga o‘zgartirish kirituvchi organlar o‘z faoliyatlari davomida demokratik talablar hamda an’analar qatori ushbu tamoyillarga ham amal qiladilar. O‘zbekiston Respublikasining odil sudlovga oid konstitutsiyaviy tamoyillarini belgilashda boshqa mamlakatlarning, shuningdek, xalqaro huquqning ijobiy tajribalari hisobga olingan. Odil sudlovni amalga oshirish va uning faoliyatini tashkil qilishda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt kabi xalqaro hujjatlarning ilg‘or g‘oyalarini o‘zida mujassam etganligi uchun ham g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatlar dunyoning ko‘pchilik davlatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ham e’tirof etilgan hamda undagi qoidalarga amal qilish majburiydir. Odil sudlovning konstitutsiyaviy tamoyillariga quyidagilar kiradi: Qonuniylik. Qonuniylik bu davlat organlari, fuqarolar, korxona, tashkilot va muassasalar hamda 2 89 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga so‘zsiz rioya qilgan holda faoliyat olib borishidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga binoan, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Shunga muvofiq, sudlov ishlarini ko‘rib chiqishda sudyalar Konstitutsiya va qonunlarga amal qilishlari shart. Konstitutsiyamizning 16-moddasida belgilanganidek, «birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalar talablaridan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq normalariga amal qilish nazarda tutilgan. Xalqaro shartnoma normalariga zid bo‘lgan qonunlar amalda sudyalar tomonidan qo‘llanilmaydi. Bu tamoyil odil sudlovni amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etib, jinoiy va fuqarolik ishlarini yuritishni qonun talablariga mos va belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Sud hokimiyatining mustaqilligi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga ko‘ra, Sudyalar mustaqildir, faqat qonunga bo‘ysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sud mustaqilligining mazmuni, sudlov ishlarini yuritishda shunday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadiki, bunda sud faoliyatiga tashqaridan tazyiq o‘tkazilmasligi, birovlarning aralashmasligi, qonunga muvofiq adolatli, asosli qarorga kelishi ta’minlanishi zarur. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 136-moddasiga ko‘ra, Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Odil sudlovni amalga oshirishda barchaning qonun va sud oldida tengligi tamoyili. Konstitutsiyamizning 19-moddasiga ko‘ra, « O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.». Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunining 11-moddasida: « Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun va sud ol

Доказательный фрагмент

«This article describes the nature of the principles of justice, the rules defined in it, the positive experiences of other countries, as well as international law, in determining the constitutional principles of justice.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the nature of the principles of justice, the rules defined in it, the positive experiences of other countries, as well as international law, in determining the constitutional principles of justice. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Justice, legality, independence of judiciary, equality before law and court
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники