Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARGA MA’NAVIY VA RUHIY TAYYORLASHDA TARG’IBOT TASHVIQOTNING ROLI
Karimov Hamraqul Sattarovich
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article discusses and analyzes the role of propaganda in the moral and spiritual preparation of the population for emergency situations. Key words: emergency situations, moral and spiritual preparedness, population, behavior. РОЛЬ ПРОПАГАНДЫ В ДУХОВНОЙ И ДУХОВНОЙ ПОДГОТОВКЕ НАСЕЛЕНИЯ К ЧС Аннотация. В статье рассматривается и анализируется роль пропаганды в духовно-психической подготовке населения к действиям в чрезвычайных ситуациях. Ключевые слова: чрезвычайные ситуации, морально-духовная готовность, население, поведение. Favqulodda vaziyatlar sharoitida ma’naviy-ruxiy tayyorgarlikning mohiyati. Ma’naviy so’zi «Kishining ichki dunyosiga oid» degan ma’noni bildiradi. Bu ijtimoiy ongning bir shakli bo’lib, odamlar yurish turishda, muomalada amal qiladigan tamoyillar, me’yorlarning majmuidir. Bu me’yorlar odamlarning bir-biriga va insoniy birlikning turli shakllari (oila, mexnat jamoasi, millat, umuman jamiyat)ga muayyan munosabatlarning ifodasidir. Hatti-harakatlarga va ularning sabablariga ma’naviy (axloqiy) baxo berish ma’naviyatning o’ziga xos bir jixatini tashkil etadi. Jamiyatda, aholining muayyan bir qatlami orasida yaxshilik va yomonlik xaqida, burch, vijdon, vijdonsizlik to‘g‘risida tashkil topgan tasavvur bunday baxo berishga asos bo’lib jamiyatning muayyan aholi qatlamining shaxsga bo’lgan talablari mana shu tushunchalarda ifoda topadi. Buning huquq tushunchasidan farqi shundaki, ma’naviyat tamoyil va me’yorlari davlat qonunchiligida qayd etib qo’yilmay, ularga rioya qilish qonunga emas, balki vijdonga va jamoatchilik fikiriga asoslangan bo’ladi. Mana bunday bir misolni olaylik. Maxalladagi bir oilaning uyi yonib ketdi. Nima qilishadi? Hashar qilib, pul yig’ib, jabrlangan oilaga yordam qilib, o’sha uyni tiklab berishadi. Xush, qaysi qonunda albatta hashar qilinsin, deb yozib qo’yilgan? Bunday qonun yo’q, bo’lishi ham mumkin ham emas. Bu odamlarning ko’nglida, ularning qalbida yozilgan. Ma’naviyat xulq-avtor va urf-odatlarda namoyon bo’ladi. Avloddan avlodga o’tib boraveradigan axloqiy xulq-atvorning barqaror, mustaxkamlanib qolgan me’yorlari ma’naviy an’analarni tashkil etadi. 2 61 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Jamlanib, shaxsning axloqiy ongini hosil qiladigan ma’naviy ishonch, his va odatlar ham ma’naviyatning tarkibiga kiradi. Ma’naviyat odamlarning xatti-xarakatlarida namoyon bo’ladi. Odamlarning ma’naviyxulq-avtori ong bilan faoliyat birligida tavsif topadi. Bularning hammasi jamlanib, ma’naviyat omilini tashkil etadi. Ma’naviy omil-bu mamlakat aholisining ruhiy imkoniyatlari bo’lib, bunday imkoniyatlar shu aholining ma’naviy yetuklik darajasi bilan, onglilik darajasi bilan belgilanadi hamda ijtimoiy, iqtisodiy va mudofaa maqsadlariga erishish omiliga aylanishi mumkin bo’ladi. Fuqaro muhofazasidagi ma’naviy tayyorgarlik-bilim oluvchilarda fuqaro muhofazasiga oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekaniga ishonchni tarbiyalash, bu tinchlik va harbiy haraktlar vaqtlaridagi o’z vazifalarini vijdonan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’zini tayyorlash zarurligini tushunish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir. Murakkab sharoitda istalgan kishining hayot uchun xavfli vazifani bajarishga tayyor ekaniga ishonib ish tutib bo’lmaydi. «Hech nimadan qo’rqmaydigan» odam bo’lmaydi. Hamma gap sarosima hissini yengib o’tish uchun, to’g’ri qarorga kelib, harakat qila boshlash uchun kerak bo’ladiganvaqtda. Shoshilinch vaziyatga tayyorgarlik ko’rgan odamda bu anchagina tez bo’ladi. Tayyorgarligi yo’q kishida esa harakatsizlik, xovliqish uzoq vaqt saqlanib turadida psixika buzilishini kuchaytirib yuboradi. Favqulodda vaziyat xavfli va o’zgaruvchan bo’ladi, odatdagi uyqu, dam olish va ishlash navbatlanishi bo’lmaydi. Vazifalarni kecha-kunduzning turli vaqtlari, yomon ob-havo, axborot yetarli bo’lmagan sharoitda bajarishga to’gri Xavf-xatar, ortiqcha ishlash, odam qurbi darajasidan chiqib ketish, yetishmovchilik, yechiladigan vazifalarning murakkabligi, bor kuchni nixoyatda zo’r berib ishlatish odam faoliyatini qiyinlashtirib, undan ko’zda tutilgan maqsadga erishishga to’sqinlik qilishni turli ruhiy xolatlarga sabab bo’lishi mumkin. Kuchli tovush va shovqinlar uzoq vaqt ta’sir etib turishi asab tizimi charchashi va xatto buzilishining sabablaridan bir hisoblanadi. Surunkali shovqin boshni aylantiradi, og’ritadi, qurish quvvatini kamaytiradi, xotirani susaytiradi, tushkunlikka soladi, xarakatni sekinlashtirib qo’yadi. Muskulga qattiq zo’r berish ham stress (qattiq hayajon) xolatini keltirib chiqarishi mumkin. Charchash odatda odamning faoligini kamaytiradi, jumladan e’tiborni susaytiradi, salbiy xis-tuyg’ularni kuchaytiradi. Favqulodda vaziyatlardagi xatti-xarakatlarga tayyorlash soxasida bir necha misollar keltiramiz. «O‘tdan qo‘rqish»ni yengish. Odam sakrab o’tadigan kenglikda uzun zovur qaziladi. Unga ishlatib bo’lingan solyarka yoki boshq
Доказательный фрагмент
«This article discusses and analyzes the role of propaganda in the moral and spiritual preparation of the population for emergency situations.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses and analyzes the role of propaganda in the moral and spiritual preparation of the population for emergency situations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emergency situations, moral and spiritual preparedness, population, behavior
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024