Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Преимущества использования цифровых образовательных технологий
RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH · Botirova Nigora Koyirovna
in Library · 2026
Аннотация
The use of digital technologies in education further improves the educational process and its effective implementation, and requires a careful look at modern trends and existing world experience, which determine the main tasks in the development of modern education. Organization of classes using digital technologies in teaching subjects in the educational system leads to an increase in the knowledge and quality of students. Key words: digital technology, education, artificial intelligence, software, computer, multimedia, digitization, process, graphics. Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim jarayoni va uning samarali tadbiq etilish amaliyotini yanada yuksaltirib, hozirgi zamon ta’limining rivojlanishida asosiy vazifalarni belgilab beruvchi zamonaviy tendensiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solishni talab etmoqda. Ta’lim tizimida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, mustaqil ta’lim olish o‘quvchilarning bilim va sifat samaradorligi oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi ishini samarali tashkil etish jarayonida ta’lim tizimida ham bir qancha raqamlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, e-maktab.uz.ning tashkil etilishi, ERP baza yaratilishi, ommalashtirish.uz da o’qituvchilar ishlarining respublika miqiyosida ommalashishi, bitiruvchi o‘quvchilarga shahodatnomalarni elektron tarzda tarqatilishi va bir necha turdagi sun’iy intellekt asosida ishlovchi platformalar orqali mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari mavjud. Ta’lim sohasida raqamli ta’lim texnologiyalar tushunchasi keng ma’noda qo‘llanilmoqda. Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta’lim tizimi vositalari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan ta’lim tizimining qurollantirilishi o'quvchilarga dars mashg’ulotlarini sifatli o‘tilishini ta’minlaydi. Bugungi ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi yaxshi samara berishini isbotlandi. Raqamli ta’limga o‘tishning afzalliklari to‘g’risida fikr yuritadigan bo‘lsak, ularga quyidagilarni kiritish o‘rinlidir: - darsliklar elektron holatda ekranlarga ko‘chadi; - o‘quvchilar istalgan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi; - o‘quvchilar mutaxassis yetishmaydigan uzoq qishloqlarda ham fanlarni tanlash va uydan turib ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi; - internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi; - ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi; - vaqt va mablag’ sarfini keskin kamaytiradi; - “raqamli dunyo”da yo‘qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlovchi bir necha platformalar qo‘llanilib kelinmoqda. Cognii virtual o‘quv yordamchisi o‘quvchilarni tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi suhbat texnologiyasidan foydalanadi. Yordamchi, shuningdek, real vaqt rejimida fikr-mulohazalarni taqdim etadi va o’quv jarayonini har bir talabaning ehtiyojlariga moslashtiradi. Querium maktab oʻquvchilariga STEAM bo‘yicha repetitorlik darslarini berishda SIdan foydalanadi. Mashgʻulotlarini tahlil qiladi va oʻqituvchilarga talabaning o‘rganish imkoniyati haqida ma’lumot beradi. Shuningdek mavzularni o‘quvchi darajasiga moslash bo‘yicha tavfsiyalarni doimiy ravishda rivojlantirib boradi. Duolingo sun’iy intellektga va u orqali ta'limni yaxshilashga e'tibor qaratgan. Ilova orqali o‘ndan ortiq chet tillarini bepul o‘rganish mumkin. Dastur har bir foydalanuvchining til o‘rganish darajasini tahlil qiladi va bu orqali ikkinchi tilni o‘rganish jarayonida mavzularni individuallashtiradi. Shuningdek, dasturda tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyasi juda yaxshi qo‘llanilgan. Bu chet tillarini tez va samarali o‘rganishga yordam beradi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi. Aynan zamonaviy raqamli ta’lim tizimining tashkil etilishi o‘z navbatida kelajak avlodning bugungi raqamli dunyoda o‘ziga xos o‘rin topishiga xizmat qiladi. Raqamli ta’limning to‘g’ri tashkil etilishi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun yetarli darajada asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga jahon hamjamiyatida davlatimizning yuqori o‘rinlar egallashini ta’minlaydi. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxati: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida. Toshкеnt, 2019-yil 26-noyabr. 2. Хамидов, Ё. Ё. Ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron ta‘lim resurslarining o‗rni / Ё. Ё. Хамидов. — Текст: непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С. 611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 04.05.2022).
Доказательный фрагмент
«The use of digital technologies in education further improves the educational process and its effective implementation, and requires a careful look at modern trends and existing world experience, which determine the m…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe use of digital technologies in education further improves the educational process and its effective implementation, and requires a careful look at modern trends and existing world experience, which determine the m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital technology, education, artificial intelligence, software, kompyuter, Kalit so‘zlar: raqamli texnologiya, multimediya, графика., multimedia, dasturiy vositalar, Ключевые слова: цифровые технологии, jarayon, Key words: digital technology, процесс, graphics., программное обеспечение, digitization, suni’iy intelekt, компьютер, образование, raqamlashtirish, grafika., искусственный интеллект, мультимедиа, цифровизация, process, computer, ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026