К содержанию
РецензированоRU2023

AKADEMIK LITSEYLARDA TURKISTON MUXTORIYATI MAVZUSINING O‘RGANILISHI

Mamatxolov Aziz Baxtiyorovich

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article describes the establishment of the Turkestan Autonomy in the history of the statehood of the peoples of the Central Asian region. Also, various opinions about his state structure are stated and analyzed. Satler College: Turkestan, Autonomy, Congress, council, council, congress, state formation, history. ИЗУЧЕНИЕ ТУРЕЦКОЙ АВТОНОМИИ В АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЯХ Аннотация. В данной статье описывается становление Туркестанской автономии в истории государственности народов Среднеазиатского региона. Также излагаются и анализируются различные мнения о его государственном устройстве. Ключевые слова: Туркестан, автономия, Курултай, совет, совет, собрание, государственное устройство, история. O‘zbek xalqi milliy davlatchiligi tarixida Turkiston Muxtoriyati alohida ajralib turadi. Turkiston Muxtoriyati qisqa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, u tarihimizga chuqur iz qoldirdi. Tarixdan ma’lumki, Qo‘qon shaxrida 1917-yil 26-28 noyabrda bo‘lib o‘tgan Butunturkiston musulmonlarining favqulodda to‘rtinchi qrultoyida Turkiston Muxtoriyati tashkil qilindi. Qurultoy Turkiston o‘lkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qildi. Shuningdek, qurultoyda Ta’sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimyatni Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qo‘lida bo‘lishi kerak deb hisoblandi. [1.] 28-noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. [2.] 397 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Hokimyatni esa Ta’sis syezdi chaqirilganga qadar Turkiston muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi ta’kidlandi. Shuningdek syezdda muvaqqat kengash tarkibida 12 kishidan iborat a’zolar saylash taklif etildi. Xalq majlisi tarkibida saylanadigan 54 o‘rindan 18 o‘rin o‘llkadagi turli yevropalik ahli tashkilotlarining vakillari uchun axjratildi. Bu esa uchdan bir o‘rin yevropalik aholi vakillariga tegishini bildirar edi. Natijada syezdda Muvaqqat hukumat tashkil qilinib uning a’zolarini saylashga muvaffaq bo‘linadi. Muvaqqat hukumat tarkibiga quyidagi a’zolar saylanadi. 1.M.Tinishpayev-bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, muhandis. 2.Islom Sulton Shoahhmedov (Shagiahmedov)- bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya musulmonlari kengashi Markvziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos. 3.Mustafo Cho‘qayev- tashqi ishlar vaziri, Turkiston Musulmonlar Sho‘rosi Markaziy qo‘mitasining raisi, huquqshunos. 4.Ubaydulla Xo‘jayev- harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi MQ a’zosi 5.Yurali Agayev- yer va suv boyliklari vaziri, agronom. 6.Obidjon Mahmudov- oziq ovqat vaziri, Qo‘qon shahar dumasining rais o‘rinbosari, tog‘-kon sanoati muhandisi. 7.Abdurahmon O‘razayev – chki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos. 8.Salomon Abramovich Gersfel’d- moliya vaziri, huquqshunos. [3.] Umummusulmon syezdining 27-noyabrida Turkiston Muxtoriyati tashkil qilinganligi haqidagi qarori o‘lka xaqlarini ruhlantirib yubordi. Turkiston halqlari muxtoriyatni qo‘llab- quvvatlab mitinglar, yig‘inlar uyushtirdilar. 1917-yilning 6-dekabrida Toshkentdagi Jome’ masjidida o‘tkazilgan mitingda jami 60 ming kishi qatnashgan edi. Mitngda so‘zga chiqqanlar sovet hokimyatiga munosabatlarini ham bildirishdi. Miting yakunida bir ovozdan ushbu qaror qabul qilindi: “Biz musulmonlar sinf va daraja ayirmalariga qaramasdan, Turkiston Muxtoriyatini olqishlagan holda, Qo‘qondagi favqulodda syezd tarafidan e’lon etilgan Turkistonda xalq hukumatini vujudga keltiruv haqidagi qarorga butun vujudimiz birla qo‘shilib, ishonamizki, buyuk Rusiya revalutsiyasini tarafidan e’lon etilgan hokimyati...Turkiston xalqining tarafidan bir og‘izdan bayon etilgan tilagiga qo‘shilur, ham birga istiqlol yo‘lida qadam bosishda va o‘z kunimizni o‘zimiz ko‘ra boshlashda yordam etar. Shunga iymon etgan holda biz o‘lkadagi hamma musulmonlarni muxtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o‘lka idorasi boshida bo‘lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday bo‘lmasin dushmanlarcha muomala qiluvidan saqlanishga da’vat qilamiz. Turkiston Muxtoriyati amaliy suratda tezroq vujudga kelishi uchun tinch va totuvlikni saqlashimiz kerak. Toinki, shuning orqasinda o‘zaro urush va bugundan e’tiboran hur bo‘lgan Turkistonning bir to‘g‘on kabi halqlarimiz orasida gunohsiz qon to‘kilmasin. Yashasun muxtoriyatli Turkiston!”[4.]. 398 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Shuni ham ta’kidlash kerakki, siyosiy guruhlar, partiyalarning muxtoriyatga bo‘lgan munosabati bir xil emas edi. Agar Turkiston eserlari 1918-yil 8-10 yanvarda bo‘lib o‘tgan ikkinchi syezdida Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumatini qo‘llab quvatlab, Xalq majlisiga o‘z vakili Skomoroxovni yuborishga qaror qilgan bo‘lsalar, Toshkentdagi Jome’ masjidida bo‘lib o‘tgan mitingda esa Toshkentlik ulamochilar Muvaqqat Muxtor hukumatni tanqid

Доказательный фрагмент

«This article describes the establishment of the Turkestan Autonomy in the history of the statehood of the peoples of the Central Asian region.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the establishment of the Turkestan Autonomy in the history of the statehood of the peoples of the Central Asian region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Туркестан, автономия, Курултай, совет, совет, собрание, Muxtoriyat, Turkiston, kengash, syezd, Qurultoy, sho‘ro, tarix., davlat tuzilishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники