Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: MUAMMO VA YECHIMLAR.
Xaydarova M.O.
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This article discusses the general understanding of artificial intelligence, the existing regulatory legal documents related to its regulation, as well as problems and solutions in the field. Keywords: artificial intelligence, cognitive function, neural networks, Big Data. ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Аннотация. В данной статье рассматриваются общая концепция искусственного интеллекта, существующие нормативно-правовые документы, связанные с его регулированием, а также проблемы и пути решения в этой области. Ключевые слова: искусственный интеллект, когнитивная функция, нейронные сети, большие данные. So‘nggi yillarda insonga xos harakatlarni turli xil dasturlar asosida bajarish, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega ilm-fan texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Shunday texnologiyalardan biri hisoblanmish sun’iy intellekt yutuqlari bugungi kunga kelib har bir inson kundalik hayotiga kirib ulgurdi. Sun’iy intellekt – bu insonning kognitiv funksiyalarini taqlid qilish (shu jumladan, o‘z- o‘zini o‘rganish va oldindan belgilangan algoritmsiz yechimlarni topish) va hech bo‘lmaganda inson intellektual faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan aniq vazifalarni bajarishda natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologik yechimlar to‘plami [1]. Sun’iy intellekt o‘ta murakkab hodisa bo‘lib, jahon miqyosida ilmiy-texnika taraqqiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan yo‘nalishidir. 55 Noyabr, 2024-Yil Davlatlar bu sohada raqobatlashadilar va ularning yaqin kelajak dunyosidagi o‘rni erishilgan natijalar tezligi va sifatiga bog‘liq [2]. Uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari yetarli darajada rivojlanmagan va qo‘llanilmagan taqdirda, mamlakatning ilmiy-texnikaviy rivojlanishi sekinlashadi, bu esa keyinchalik uning iqtisodiy va texnologik jihatdan boshqa mamlakatlardan orqada qolishiga olib keladi. Ayni chog‘da O‘zbekistonda sun’iy intellekt yutuqlaridan samarali foydalanish bilan bir qatorda, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida undan foydalanish chegaralarini belgilash uchun sohaning huquqiy asoslarini yaratish zarurati mavjud. Hozirga qadar mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasidagi munosabatlar 5 ta tarqoq holdagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmoqda [3]. Ushbu hujjatlar bilan sun’iy intellekt texnologiyalari sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot, ijtimoiy va davlat boshqaruvi kabi sohalarga tatbiq etilishi belgilangan. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining alohida qarori qabul qilinishi ushbu sohadagi ishlarni bir tizimga solish va tashkillashtirish imkonini berdi. Jumladan, “Sun’iy intellektga tayyorlik indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha chora- tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Unda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash, elektron hukumat sohalariga mazkur texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan. Neyrotarmoqlar, ulkan ma’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt imkoniyatlari davlat tizimlarida ham bosqichma-bosqich joriy qilina boshlandi. Ular orasida ko‘lami jihatidan butun mamlakatni qamrab olgan MyID tizimini aytib o‘tish mumkin. MyID birinchi navbatda shaxsni biometrik identifikatsiyalash imkonini beradi va natijada jarayonga ketadigan vaqtni 1 soniyaga tushiradi, hujjatlarni tekshirish butkul avtomatlashadi [4]. Biroq, O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini tartibga solishda qator kamchiliklar mavjud. Jumladan, sun’iy intellektga oid qonunchilik bazasi sust holatda bo‘lib, ular sun’iy intellekt bilan bog‘liq alohida munosabatlarni tartibga solmoqda va sohadagi munosabatlarni to‘liq qamrab olish imkoniyatini bermayapti. Shuningdek, Mamlakatimizda sun’iy intellekt shiddat bilan rivojlanib borib, unga talab ortayotganiga qaramasdan, sohadagi yagona davlat siyosati, maxsus vakolatli davlat organ faoliyati, sun’iy intellekt texnologiyalariga nisbatan davlat standartlari va ularni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalar yagona qonun hujjati doirasida tartibga solinmagan. 56 Noyabr, 2024-Yil Qonunchilikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash natijasida yuzaga kelgan huquqbuzarlik holatlari uchun javobgarlik belgilanmagan. Bu esa, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda qanday holatlar huquqbuzarlik hisoblanishi va mazkur huquqbuzarlik holatlari sodir etilganda, asl huquqbuzarni aniqlash va uni javobgarlikka tortish imkonini bermaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, milliy qonunchiligimizdagi ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida sohani tartibga soluvchi maxsus qonun ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda quyidagi qator masalalarga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi: - “sun’iy intellekt” o‘zi nimaligini aniq ta’rifini berish va undan kelib chiqib sun’iy intellekt tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoiy harakatlar uchun tegishli javobgar
Доказательный фрагмент
«This article discusses the general understanding of artificial intelligence, the existing regulatory legal documents related to its regulation, as well as problems and solutions in the field.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the general understanding of artificial intelligence, the existing regulatory legal documents related to its regulation, as well as problems and solutions in the field. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- artificial intelligence, cognitive function, neural networks, Big Data
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026