Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YERGA OID SUD ISHLARIDA ISBOTLASH VA DALILLARNI QO‘LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI
PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI · Qarshiboyev Jasurbek Komiljon o‘g‘li · COURT CASES
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This thesis is aimed at the use and proof of evidence related to the trial of cases arising from legal relations related to land in the legislation of the Republic of Uzbekistan, and the specific features of evidence and proof in the trial of this type of cases and other different aspects of the types of work are explained in detail. Also, this thesis highlighted the prospects of using electronic evidence, artificial intelligence and other modern technologies in the process of proof in court cases related to land. Key words: land disputes, use of evidence, subject of proof, consideration of disputes, land plots, electronic evidence, written evidence. ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ДОКАЗАНИЯ И ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ДОКАЗАТЕЛЬСТВ В ЗЕМЕЛЬНЫХ СУДЕБНЫХ ДЕЛАХ Аннотация. Данная дипломная работа направлена на использование и доказывание доказательств, связанных с рассмотрением дел, возникающих из правоотношений, связанных с землей, в законодательстве Республики Узбекистан, а также особенности доказательств и доказывания при рассмотрении данного вида. Подробно разъясняются дела в суде и ее отличия от других видов работы. Также в данной дипломной работе освещены перспективы использования электронных доказательств, искусственного 420 Noyabr, 2024-Yil интеллекта и других современных технологий в процессе доказывания в судебных делах, связанных с землей. Ключевые слова: земельные споры, использование доказательств, предмет доказывания, рассмотрение споров, земельные участки, электронные доказательства, письменные доказательства. Hozirgi vaqtda jamiyatdagi tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar munosabati bilan yer fuqarolik muomalasining ekvivalent obyekti sifatida harakat qila boshladi. U asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, katta iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanmoqda. Buning isboti sifatida yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 68-moddasi “Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin” kabi norma bilan to‘ldirilganligini aytishimiz mumkin. Qolaversa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kundagi masala juda murakkab. Yer — xalqni boqayotgan mulk. Yerimizga bo‘lgan munosabatni mutlaqo o‘zgartirishimiz kerak. Qonunni qabul qilganimiz bilan ham buni bajaruvchi odam kerak. Bu oson emas. Joylarga yetkazuvchi odam kerak”[1]. Qolaversa, so‘nggi yillarda respublikada yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022 yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6243-son Farmonlari qabul qilinishi buning amaldagi isboti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish, qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish maqsadida qo‘shimcha yer islohotlarini o‘tkazish gʻoyasi aks ettirildi[2]. Qolaversa, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, yerga oid nizolar yer munosabatlarini tartibga solishning muhim majmuasini, shuningdek, yer uchastkasining alohida huquqiy tabiati va 421 Noyabr, 2024-Yil qiymatini hisobga olgan holda sud ishlarining eng murakkab toifalaridan biridir. Yer bilan bog‘liq nizolar moddiy dunyo obyekti sifatida ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan yer: ba’zi jihatlarda u tabiiy resurs, tabiatning ajralmas qismi, boshqa tarafdan fuqarolik huquqidagi ba’zi istisnolardan tashqari fuqarolik muomalasining, mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlarning obyekti sifatida sifatida ko‘zga tashlanadi. Yer-huquqiy munosabatlarning murakkablashishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasida mustahkamlangan yerning alohida ijtimoiy ahamiyatining ortishi, yer bilan bog‘liq nizolar sonining keskin ko‘payishi natijasida fuqarolarning yer bilan bog‘liq huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning alohida protsessual xususiyatlariga ega sud shaklini o‘rnatish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bularning barchasi yurtimizda yer nizolarini hal qilish muammolariga yuridik fanning muayyan e’tiborini keltirib chiqaradi. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan yer nizolarini ko‘rib chiqishning protsessual xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish, qonunchilikni, birinchi navbatda, sudlarning qonuniyligi va adolatliligini oshirish
Доказательный фрагмент
«This thesis is aimed at the use and proof of evidence related to the trial of cases arising from legal relations related to land in the legislation of the Republic of Uzbekistan, and the specific features of evidence…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis is aimed at the use and proof of evidence related to the trial of cases arising from legal relations related to land in the legislation of the Republic of Uzbekistan, and the specific features of evidence… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- land disputes, use of evidence, subject of proof, consideration of disputes, land, dalillarni qo‘llash, yer uchastkalari, nizolarni ko‘rib chiqish, yer nizolari, isbotlash predmeti, elektron dalillar, yozma dalillar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024