in LibraryПРЕПАРАТОВ ДЛЯ ПРОВЕДЕНИЯ ПРОТИВОБРУЦЕЛЛЁЗНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ2019
Этиопатогенез субинволюции матки у коров
SIGIRLARDA BACHADON SUBINVOLYUTSIYASINING · Eshburiyev B.M. · Urazov Sh.A.
Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности · 2026
Аннотация
В стате представлено анализ научных источников и резултаты и по изучению причины, клиники и особенностей развития субинволюции матки у коров в условиях фермерских хозяйств Республики. Ключевые слова: матка, субинволюция, гиповитаминозы, скрытый эндометрит, ликвор, плод, глюкоза, общий белок, лейкоциты, эритроциты Аннотация: Maqolada respublika xo‘jaliklari sharoitida sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasining rivojlanish sababi, klinikasi va xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy manbalar va natijalar tahlili keltirilgan. Kalit so‘zlar: bachadon, subinvolyutsiya, gipovitaminozlar, yashirin endometrit, loxiy suyuqligi, homila, glyukoza, umumiy oqsil, leykosit, eritrosit Mavzuning dolzarbligi: Davlatimiz rahbariyati tomonidan chorvadorlarga berilayotgan imtiyozlar va ko‘rsatilayotgan amaliy yordam tufayli chorva hayvonlari son jihatidan jadal ko‘paytirilayotgan bo‘lsada, ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari pastligicha qolmoqda. Kasalliklarning sabablarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish orqali sog‘lom va mahsuldor qoramollar podasini xo‘jalikning o‘zida yaratish zooveterinariya xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada veterinariya fani va amaliyoti oldiga shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga qarashli chorva mollarining kasalliklariga qarshi kurashish va davolashning hamda hayvonlar mahsuldorligi va reproduktiv xususiyatlarini yaxshilashning samarali va kamchiqim usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali mahsulotlar tannarxini kamaytirishga erishishdek dolzarb vazifalar qo‘yilmoqda. Qoramollar zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish muammolarini samarali hal etishga katta to‘sqinlik qilayotgan kasalliklar orasida hayvonlar jinsiy a’zolarining kasalliklari, jumladan sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi kasalligi asosiy o‘rinni egallaydi. 310 Adabiyot ma’lumotlarining tahlili va shaxsiy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Respublikamizning chorvachilik fermer xo‘jaliklariga chetdan keltirilgan mahsuldor sigirlarda bachadon subinvolyutsiyasi kasalligi va uning oqibatida bepushtlikning keng tarqalganligiga qaramasdan, ushbu kasallikning sabablari, rivojlanish xususiyatlari, erta aniqlash, davolash va oldini olishning samarali usullari to‘liq ishlab chiqilmagan. Bachadon subinvolyutsiyasi kasalligi oqibatida hayvonlar mahsuldorligining keskin pasayishi, reproduktiv xususiyatlarining yomonlashishi va ularning qisir qolishi hisobiga fermer xo‘jaliklari katta iqtisodiy zarar ko‘rmoqda. Bachadon subinvolyutsiyasining sabablari homila oldi suyuqligining haddan tashqari ko‘p va homilaning juda katta bo‘lishi, gipofiz bezi orqa bo‘lagi va homila yo‘ldoshining funksional yetishmovchiliklari bo‘lishi mumkin. Kasallikning ikkilamchi sabablari bo‘g‘oz hayvonlar uchun matsionning yetarli bo‘lmasligi, sigirlarda sog‘indan chiqarilishining kechikishi, bir tomonlama oziqlantirish, ratsionda sut haydovchi ozuqalarning ko‘pligi, vitaminlar va mineral moddalarning yetishmasligi kabi organizm rezistentligining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillar hisoblanadi [2]. Mualliflar [3] sigirlar tuqqandan keyin bachadonning tiklanish jarayonlari o‘rtacha 50-60 kun davom etadi, shuning uchun sut mahsuldorligi 4000 kg bo‘lgan sigirlarni tuqqandan keyingi 40- kunlarda urug‘lantirish eng optimal muddat deb hisoblashadi. Tadqiqotlar maqsadi yangi tuqqan mahsuldor sigirlar orasida bachadon subinvolyusiyasi kasalligining tarqalishi, sabablari va klinik belgilari va qondagi morfobiokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat. Tadqiqotlar ob’yekti va uslubiyatlar. Fermer xo‘jaliklari sharoitida mahsuldor sigirlar bachadon subinvolyutsiyasi kasalligining tarqalishi, sabablari va rivojlanish xususiyatlari, klinik belgilari va qondagi morfobiokimyoviy o‘zgarishlarni hamda oqibatlarini o‘rganish maqsadida “o‘xshash juftliklar” tamoyili asosida “etalon” hayvonlar sifatida ajratib olingan 8 bosh sigirlar tug‘ishdan keyingi 20- kunidan boshlab, 42- kunigacha yani ularning urug‘lantirilishigacha bo‘lgan davrda har haftada bir marta tekshirishlardan o‘tkazilib, ularda klinik-fiziologik status va qonning ayrim morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlandi. Xo‘jalikdagi sigirlarning umumiy holati, ishtaha, semizlik darajasi, tashqi ta’sirotlarga javob reaksiyasiga e’tibor berildi. Umumiy qabul qilingan klinik tekshirish usullari bilan shilliq pardalar, teri va teri qoplamasi, harakat a’zolarining holati, oshqozon oldi bo‘limlarining 5 daqiqadagi qisqarishlari soni, tana harorati, 1 daqiqadagi yurak urishi va nafas soni aniqlandi. Sigirlarda jinsiy a’zolarni tashqi tekshirishlar orqali jinsiy lablar holati, undan shilimshiq suyuqlik oqishi, uning rangi, hidi va konsistensiyasi, shilliq pardalarning rangi aniqlandi. To‘g‘ri ichak orqali tekshirish yordamida bachadonning holati va uning involyutsiyasi (o‘z holiga kelishi) aniqlanib borildi hamda tuxumdonlar holati, ularda follikulalar yoki sariq tana borligi aniqlandi. Qin oynasi yordamida tekshirish bilan qin shilliq pardasining, bachadon bo‘
Доказательный фрагмент
«В стате представлено анализ научных источников и резултаты и по изучению причины, клиники и особенностей развития субинволюции матки у коров в условиях фермерских хозяйств Республики.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ стате представлено анализ научных источников и резултаты и по изучению причины, клиники и особенностей развития субинволюции матки у коров в условиях фермерских хозяйств Республики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- матка, субинволюция, гиповитаминозы, скрытый, loxiy suyuqligi, скрытый эндометрит, eritrosit, плод, глюкоза, cerebrospinal fluid, umumiy oqsil, homila, subinvolution, fetus, лейкоциты, эритроциты, erythrocytes, ликвор, yashirin endometrit, leukocytes, общий белок, total protein, latent endometritis, uterus, gipovitaminozlar, hypovitaminosis, leykosit, subinvolyutsiya, glyukoza, bachadon, glucose
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025