Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOKKEYCHILAR FAOLIYATINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Buraimov Isroil Bo‘riboyevich · Katta o‘qituvchi. · Kazoqov Ruxilla turobovich · Katta o‘qituvchi.
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article discusses the physiological characteristics of hockey players. Key words: rules of the game, corner penalties, technical-tactical actions, preparation period, average movement distance, heart rate. ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ХОККЕИСТОВ. Аннотация. В данной статье рассматриваются физиологические особенности хоккеистов. Ключевые слова: правила игры, угловые штрафы, технико-тактические действия, период подготовки, средняя дистанция перемещения, частота пульса. Kirish - chim ustidagi xokkey – futbol bilan juda ko‘p taktik va tuzilmaviy - o‘xshashliklarga ega bo‘lgan sport turi bo‘lib, u dunyoning eng mashhur o‘yini bilan ba’zi bir taqqoslashlarni amalga oshirish imkonini beradi. Biroq, futbol bilan solishtirganda, xokkey o‘yinining turli jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar hajmi va sifati ancha past. O‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar, masalan, cheksiz miqdordagi almashtirishlar (2014) va “o‘yindan tashqari holat” qoidasining bekor qilinishi (1998) xokkeychilarning o‘yin faoliyati xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatdi. Butun o‘yin davomida bir jamoadan o‘n sakkizta o‘yinchi o‘yinga jalb qilinishi mumkin. Murabbiy o‘yin tempini oshirish uchun zarur deb hisoblasa, istalgan vaqtda almashtirishni amalga oshirishi mumkin. O‘yinni har biri 15 daqiqadan 4 taymda, "burchak jarimalari"ga tayyorgarlik ko‘rish uchun to‘xtash vaqti bilan o‘tkazish murabbiylarga o‘yinga tez- tez jamoaviy tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Chim ustida xokkey bo‘yicha asosiy tadqiqotlar mahalliy (V.N. Seluyanov, S.K. Sarsaniya 1991, V.M. Kostyukevich, 2011, E.V. Fedotova, 2007, I.Yu. Shishkov, 2011) va chet ellik mutaxassislar (Bole Mahoney, & Wallace, 1994; Gosh, Gosvamy, Маzmudare va Маture, 1991; Johnston, Sproule, McMorris & Maile, 2004; Paun, van der Ploeg & Stern, 2008; Spencer., 2004, Jon Lythe, 2008) tomonidan olib borilgan. Asosiy e’tibor o‘yinchilarning maydondagi harakatini tahlil qilishga, ularni portativ GPS qurilmalari yordamida o‘lchash (yurak urish tezligini kuzatish “Polar” tizimi yordamida amalga oshirilgan), shuningdek, erkak va ayol xokkeychilarning shaxsiy va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni qayd etishga qaratilgan. Chim ustidagi xokkey musobaqasi o‘yin davomida o‘yinchilar tomonidan bajariladigan texnik-taktik harakatlarning turli ketma-ketligi va xarakterini ifodalaydi. Bu raqib jamoalarning texnik mahoratiga va raqibning o‘yin davomida amal qiladigan taktik rejasiga bog‘liq. 4 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘rtacha bir o‘yin uchun jamoaning texnik-taktik harakatlarining umumiy hajmi (TTH) 835 ta harakatni tashkil etadi, ulardan 34% to‘p uzatish, 24% to‘pni qabul qilish, 7% dribling, 12% to‘pni raqibdan olib qo‘yish, 12% (uzatmada) to‘pni olib qo‘yish, 9% aldab o‘tishlar, 2% darvoza tomon zarbalar (uloqtirishlar)ga to‘g‘ri keladi (E.V. Fedotova, 2007). O‘yin davomida maydon o‘yinchisi tomonidan bajariladigan TTH hajmi va samaradorligi sezilarli darajada uning malakasi va maydonda bajaradigan funktsiyalariga bog‘liq. 2.1-jadvalda turli roldagi xokkeychilarning TTH ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan (A.M. Nevmyanov bo‘yicha, 1990). Xokkeychilarning texnik va taktik mahorat darajasini aks ettiruvchi musobaqa faoliyatining muhim xususiyati bu TTH-ning ko‘p qirraliligi, qo‘llaniladigan texnik va taktika usullar ko‘lami, ularning turlari va amalga oshirish usullaridir. Xokkeychilarning mahoratini o‘sishi bilan birga TTH hajmi, ayniqsa to‘pni harakatda to‘xtatishlar, va ularning samaradorligi 25 dan 80,6% gacha oshadi (V.M. Kostyukevich, 1991). Chim ustida xokkeyda jarima burchagi alohida o‘rin tutadi. Uzatma yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba amalga oshirilganidan so‘ng, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, to‘plar umumiy holatlarning 40% hollarda raqiblar darvozasiga kiritiladi. Eng kuchli erkaklar jamoalari uchun jarima zarbasining samaradorligi 30-40% gacha, ayollar jamoalarida bu ko‘rsatkich biroz pastroq - 25- 30%ni tashkil etadi (E.V. Fedotova, 2007). Zamonaviy xokkey o‘zining jismoniy faolligida 1990 yildagi xokkeydan sezilarli farqlarga ega. Bu o‘yin qoidalarini o‘zgarishi bilan bog‘liq. Oldingi tadqiqotlarda, o‘yin roliga qarab, xokkeychilar turli xil jismoniy faollik ko‘rsatishar edi. 1-jadval - Bir o‘yinda har xil ampuladagi xokkeychilarning TTHning o‘rtacha miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari. Hujumchi Yarim himoyachi Himoyachi TTH miqdor sam-lik % miqdor sam-lik % miqdor sam-lik % (Uzatmada) to‘pni olib 5,3 50,0 1,7 66,0 13,0 55,8 qo‘yish To‘pni raqibdan 5,3 18,8 11,7 22,6 13,5 29,6 olib qo‘yish Darvozaga hujum 2,7 12,5 8,6 20,0 - - Aldab o‘tish 10,0 70,0 7,3 76,9 5,0 75,0 Dribling 6,0 88,9 10,3 100 3,8 93,3 Uzatma 16,0 64,6 26,0 78,2 28,5 71,0 To‘pni to‘xtatish 21,3 76,6 41,3 88,5 14,8 94,9 Jami TTH: 66,7 65,0 107,0 71,0 78,5 70,4 Maksimal va maksimalga yaqin tezlikka ega bo‘lgan eng uzoq vaqt hujumchilar uchun qayd etilgan (tayyorgarlik davri va o‘yin darajasiga qarab 13 dan 83 sekundga
Доказательный фрагмент
«This article discusses the physiological characteristics of hockey players.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the physiological characteristics of hockey players. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rules of the game, corner penalties, technical-tactical actions, preparation, o‘yin qoidalari, burchak jarimalari, texnik-taktik harakatlar, o‘rtacha harakat masofa, tayyorgarlik davri, yurak urish tezligi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026