ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari
QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI · Ubaydullayeva Parizod Azamat qizi
Наука, инновации и образование: ключевые векторы общественного прогресса · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini huquqiy asoslari xalqaro standartlar va milliy qonunchilik asosida yoritib berilgan. Ulardan tashqari maqolada O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, qonunosti hujjatlari dolzarbligi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: iste’molchilar huquqlari, fuqarolar, Kodeks, Qonun, mahsulot, nuqsonli tovar, xizmat, iste’molchilarni himoya qilish, tadbirkorlik. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish har qanday davlatning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir. O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari xalqaro standartlar va milliy qonunchilik asosida shakllantirilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash muhitini yaxshilash, fuqarolarning o‘z huquqlaridan xabardorligini oshirish borasida salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Barcha sohani tartibga soluvchi normalar mavjud bo‘lgani kabi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini ham tartibga soluvchi huquqiy asoslar mavjud. Fuqarolarning asosiy huquqlaridan biri - iste’molchi sifatidagi huquqidir. Aynan shuning uchun ham ushbu masala Konstitutsiya darajasida e’tirof etilib, Jamiyatning iqtisodiy negizlari sirasida (65-modda) alohida urg‘ulab o‘tilgan: “Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi”[1]. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga olgan. Kodeksda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda iste’molchilarning huquqlari, taraflarning majburiyatlari va ularni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi normalar mavjud bo‘lib, u iste’molchilar va sotuvchilar o‘rtasidagi bitimlarga ham tegishlidir. Fuqarolik kodeksida iste’molchilarning tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlarni, but bo‘lmagan tovarlar yetkazib berish oqibatlari, tovarlar to‘liq yetkazib berilmagan, tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni 53 «Наука, инновации и образование: ключевые векторы общественного прогресса» butlash to‘g‘risidagi talablar bajarilmagan hollarda iste’molchining huquqlari hamda tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari kabi fundamental huquqlari belgilab qo‘yilgan. Huquqning barcha yo‘nalishlari kabi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga soluvchi maxsus qonun ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatdir. Ushbu qonun bilan milliy qonunchilikda iste’molchilarning huquqlari belgilab qo‘yilgan: - tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish; - tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi; - tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi; - hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi; - buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish; - iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish. Qonunda halol raqobat tamoyillari, iste’molchilarni nohaq amaliyotlardan himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari hamda mahsulot va xizmatlar xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy- joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlarning vazifalari mustahkamlab qo‘yilgan. Iste’molchilarning huquqlarini bevosita tartibga soluvchi yana bir qonun “Reklama to‘g‘risida”gi qonun – bu qonun iste’molchilarni tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlardan himoya qiladi, bu esa iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muhim jihatdir. O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi profilaktika choralarini ham, nizolarni hal etish mexani
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini huquqiy asoslari xalqaro standartlar va milliy qonunchilik asosida yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini huquqiy asoslari xalqaro standartlar va milliy qonunchilik asosida yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- services, entrepreneurship, xizmat, consumer rights, товар, defective goods, предпринимательство, product, права потребителя, nuqsonli tovar, Qonun, tadbirkorlik, услуги, защита прав потребителей, дефектные товары, iste’molchilarni himoya qilish, Code, citizens, Закон, consumer protection, iste’molchilar huquqlari, граждане, mahsulot, Law, Кодекс, Kodeks, fuqarolar
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
The American Journal of Political Science Law and CriminologyPAGE NO. -, Atajanov Azizbek Abdimalikovich +12025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙХожаярова Нилуфар Немат кизи,2025