К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI FANINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIVLIKNING AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tojidinova Nazokat Shuhratbek qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

O’quvchining kommunikativligini, so’z boyligini va tasavvurini boyitishda yangi darsliklarda qo’llangan usullar foydalidir. Bu usullarni grammatikaga qorishganini ochib berish esa yuz foiz o’qituvchi zimmasiga yuklanyapti. O’qituvchi endi yanayam o’z ustida ishlashi zarurartga aylanmoqda. Oldin ona tili darslari o’quvchilar uchun bir muncha qiziq bo’lmagan. Negaki o’quvchi uyiga borsa ham shu darslikdagi narsani o’qirdi. Maktabda ham shu darslikdagini o’qiydi. Lekin endi o’quvchi darslikka o’qituvchi bergan yo’nalish bilan boqmasa uni to’laqonli tushunishi qiyin. O’qituvchi endi o’quvchi uchun “yo’lchi yulduz”ga aylandi. Kalit so’zlar: kommunikativlik, darslik, “yo’lchi yulduz”, “O’qituvchi kitobi”, yangi darsliklar, Davlat ta’lim standartlari, pog’ona. Bugungi kunda ta’limning muhim yangiliklaridan biri Davlat ta’lim standartlarini o’quv jarayoniga tatbiq etishdan iborat. Bu ishni amalga oshirish natijasida biz ta’lim-tarbiya sohasida sifat va samaradorlikni oshishi, o’quv jarayonini barkamollashishiga erishamiz. Umumta’lim fanlarini o’qitishning asosiy maqsadi shundan iboratki, o’quvchilarda fanlar bo’yicha egallangan bilim, ko‘nikmalarni muloqot va hayotiy faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratiladi. Chunki bugungi rivojlanayotgan davr o’quvchisi kundalik hayotda uchraydigan turli holatlarda o’zini erkin tuta olishi, fikrini tushuntira olishi, ommaviy axborot vositalaridan, ijtimoiy tarmoqlarda ko’rsatilayotgan lavhalarni o‘rganib, o‘zi uchun muhim bo’lgan manbalarni olishi, baxs-munozaralarda erkin ishtirok etishi, shaxsiy dunyoqarashi hamda fikrlarini ifoda qila olishi lozim. Umumta’lim maktablarida yangi ta’lim texnologiyalarini o’quvchilarga taqdim etish, avvalo, o‘quvchilarning o’ylash, tasavvur qilish, fikrlash bilan birga zehn qobiliyatlarini, ularning psixologiyasini chuqur o’rganishni talab qilmoqda. Bugungi kunda o’quvchilarning bilimlarini chuqur o’zlashtirish usullari bo’yicha tadqiqot olib borish, ularni mustahkamlash yo’llarini izlab topmoqda. Yangi darsliklar ham ayni shu yo’llardan biri bo’lib hizmat qiladi. Darsliklarni faqat yaxshi tomonlarini sanab o’tdik. Lekin guruch kurmaksiz bo’lmaganidek, endi masalaning boshqa tomoni ham mavjud. Yaniki darsliklar zamonaviy, o’quvchini teran fikrlashiga hizmat qiladigan qilib shakllantirildi. Darsliklar o’quvchilar uchun yangilik bo’lgani bilan bir qatorda o’qituvchilar uchun ham birdek yangilik bo’ldi. Endi o’qituvchini ham fikrlashini, metodlarini o’zgartirishimiz kerak. Buning uchun o’qituvchilarni yangi darsliklar bo’yicha “O’qituvchilar kitobi” dan foydalanishlarini va haftalik yoki oylik darslik bilan bog’liq tushunmoqvchilik, qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun mo’ljallangan malaka oshirish kurslariga qatnashishlarini tavsiya qilgan bo’lar edik. To’g’ri, hammaning ham qaysidie manzilga borib, to’planib muhokama olib borishga imkoni yo’q. lekin hozir texnika- texnologiya asri. Bemalol ijtimoiy tarmoqlarda ham shunday kurslarga qatnashishlari mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’quvchining kommunikativligini, so’z boyligini va tasavvurini boyitishda yangi darsliklarda qo’llangan usullar foydalidir. Bu usullarni grammatikaga qorishganini ochib berish esa yuz foiz o’qituvchi zimmasiga yuklanyapti. O’qituvchi endi yanayam o’z ustida ishlashi zarurartga aylanmoqda. Oldin ona tili darslari 57 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo o’quvchilar uchun bir muncha qiziq bo’lmagan. Negaki o’quvchi uyiga borsa ham shu darslikdagi narsani o’qirdi. Maktabda ham shu darslikdagini o’qiydi. Lekin endi o’quvchi darslikka o’qituvchi bergan yo’nalish bilan boqmasa uni to’laqonli tushunishi qiyin. O’qituvchi endi o’quvchi uchun “yo’lchi yulduz”ga aylandi. Bu esa o’quvchini oldida o’qituvchi shaxsining yana bir pog’onaga ko’tarilganini sezishimiz mumkin.

Доказательный фрагмент

«O’quvchining kommunikativligini, so’z boyligini va tasavvurini boyitishda yangi darsliklarda qo’llangan usullar foydalidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

O’quvchining kommunikativligini, so’z boyligini va tasavvurini boyitishda yangi darsliklarda qo’llangan usullar foydalidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yangi darsliklar, “yo’lchi yulduz”, kommunikativlik, Davlat ta’lim standartlari, pog’ona., darslik, “O’qituvchi kitobi”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники