К содержанию
РецензированоRU2026

QONUN IJODKORLIGI YOSHLAR NIGOHIDA

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qodirova Go‘zal Qodir qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Law, proposal. (National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences) · ПРАВОТВОРЧЕСТВО ГЛАЗАМИ МОЛОДЕЖИ (National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences) · Кадирова Гузал Кадир кизи (National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

В данной статье показаны законотворческие процессы на примере США и Узбекистана, в которых изложены предложения по расширению участия молодежи и проводимой в этом направлении работе, а также по ее дальнейшему ускорению. Ключевые слова: законотворчество, право, Олий Мажлис, США, Узбекистан, вето, Сенат, Молодежный парламент, закон, предложение. Huquqiy demokratik davlat barpo etishda qonun ijodkorligining ahamiyati beqiyos. Sababi qonunlar vujudga kelishi bilan birgalikda ma’lum bir vaqtdan so‘ng o‘zgartirish yoki bekor qilish zaruriyatiga ega bo‘ladi. Chunki qonunlar ixtiro qilinmaydi, balki sharoitlardan kelib chiqadi. Har qachon zamon bir tekisda turmaydi, u hamisha rivojlanib, yangilanib boradi. Jamiyat va davlat uchun manfaatli qonunni ishlab chiqish va qabul qilish har bir mamlakat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Ho‘sh, mamlakatlarda qonun loyihalari qanday qilib qonunga aylanadi? Qisqacha dunyo tajribasi va O‘zbekistonda mavjud qonun ijodkorligiga ko‘z tashlaymiz. Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kongress ikki palatali hisoblanib, Vakillar palatasi va Senatdan iborat. Aynan mana shu Kongress qonunlarni qabul qilishi, o‘zgartirishi bekor qilishi mumkin. 65 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Ya’ni u yangi qonunlar qabul qilinishi yoki mavjud qonunlarni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mexanizmdir. Qonun loyihasi - bu yangi qonun yoki mavjud qonunga o‘zgartirish kiritish taklifi. Qonun loyihasi g‘oyasi AQSH Senati yoki Vakillar palatasining o‘tirgan a’zosidan kelib chiqishi yoki ularning saylov kampaniyasi paytida taklif qilinishi mumkin. Qonun loyihalari, shuningdek, ularni vakili bo‘lgan Kongress a’zosiga yangi yoki o‘zgartirilgan qonunni tavsiya qiladigan odamlar yoki fuqarolar guruhlari tomonidan murojaat qilinishi mumkin. Qonun loyihasi kiritilgandan so‘ng, u a’zolari tadqiqot olib boradigan, muhokama qiladigan va qonun loyihasiga o‘zgartirishlar kiritadigan qo‘mitaga yuboriladi. Keyin loyiha ovoz berish uchun ushbu palataning oldiga qo‘yiladi. Agar qonun loyihasi Kongressning bitta organidan o‘tsa, u boshqa organga xuddi shunday tadqiqot, muhokama, o‘zgartirish va ovoz berish jarayonidan o‘tish uchun boradi. Ikkala organ ham qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz bergandan so‘ng, ular ikkita versiya o‘rtasidagi farqlarni ishlab chiqishlari kerak. Keyin ikkala palata ham qonun loyihasining bir xil versiyasiga ovoz berishadi. Agar u o‘tib ketsa, uni Prezidentga taqdim etadilar. So‘ng, Prezident qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Prezident uni ma’qullashi va imzolashi yoki qonun loyihasini tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin. Qonun loyihasini tasdiqlamasligiga veto deyiladi. Agar Prezident qonun loyihasiga veto qo‘yishni tanlasa, aksariyat hollarda Kongress ushbu vetoni bekor qilish uchun ovoz berishi mumkin va qonun loyihasi qonunga aylanadi1. O‘zbekiston ham o‘z qonunchilik tizimini yaratishda dunyo mamlakatlari tajribasiga tayangan. Bugungi kunda mamlakatimizda parlament ikki palata – Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat. Qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va o‘zgartirish Oliy Majlisning eng asosiy vazifalaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biror masala yuzasidan qonun qabul qilinishida avvalo qonunchilik tashabbusi muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda qonunchilik tashabbusiga ega subektlar Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yilgan. Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi uni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni amalga oshiradigan mas’ul qo‘mitani belgilaydi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha o‘qishda ko‘rib chiqadi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Senatga yuboriladi. Agar Senat qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilish uchun yuboriladi. Ko‘rib turganimizdek qonun qabul qilish jarayoni har ikki holatda ham bir necha bosqichlardan iborat jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonlarda har bir shaxs ishtiroki muhim sanaladi. Mubolag‘a bilan aytadigan bo‘lsak, biz o‘zimiz qonun chiqaruvchimiz. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda norma ijodkorligi sohasiga bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Misol sifatida 8-avgust 2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5505-sonli “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini 1 AQSHnin Oq Uy web-sayti https://www.whitehouse.gov/ 66 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY

Доказательный фрагмент

«В данной статье показаны законотворческие процессы на примере США и Узбекистана, в которых изложены предложения по расширению участия молодежи и проводимой в этом направлении работе, а также по ее дальнейшему ускорению.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье показаны законотворческие процессы на примере США и Узбекистана, в которых изложены предложения по расширению участия молодежи и проводимой в этом направлении работе, а также по ее дальнейшему ускорению. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lawmaking, law, House of Commons, USA, Uzbekistan, veto, Senate, Youth, huquq, AQSH, qonun ijodkorligi, taklif., Oliy Majlis, qonun, O‘zbekiston, Senat, Yoshlar parlamenti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники