К содержанию
РецензированоUZ2026

SO‘Z-GAPLAR HAQIDA MULOHAZA

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SO‘Z-GAPLAR HAQIDA MULOHAZA (in-academy.uz/index.php/yo) · Sulaymonova Farida (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

O‘zbek tilida shunday muloqot madaniyati mavjudki, so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi kommunikativ jarayonda bir-birining nutqi tugallanmasdan tushunishga yoki gapning to‘liq mazmunini bir so‘z bilan ifodalashga undaydi. Kishilar nutqini yengillashtirish, nutqiy ixchamlikni ta’minlash kabi xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan mana shunday gap turi – bu so‘z-gap. Kalit so‘zlar: so‘z-gap, sintaksis, bir bosh bo‘lakli gap, tasdiq so‘z gap, inkor so‘z gap, so‘roq so‘z-gap. So‘z-gap bir so‘zdan iborat bo‘lgan, hech qanday tarkibiy qismlarga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar va vositalar bilan kengayish imkoniyatiga ega bo‘lmagan gaplar sanaladi. Masalan, - Mayli, qizim, - dedi kulimsirab. - Yoshing o‘n yettiga ketyapti. (“Ikki eshik orasi”, 73-bet). So‘z-gaplar, asosan, modal, his-hayajon ifodalaganligi uchun, ko‘p hollarda, dialogik, ba’zan esa monologik matnlarda ko‘p uchraydi: - Labbay, oyijon! - O‘tir, mundoq, senam o‘tir. (“Ikki eshik orasi”, 76-bet). So‘z-gaplar kontekstda turli xil ma’nolarni ifodalab keladi: Tasdiq ifodalovchi so‘z-gap: mayli, xo‘p, bo‘pti. Masalan, - Boyvachcha bo‘lsang, ber bitta fonusingni! - Xo‘p! - Oqsoqol lavlagini og‘ziga tiqdi. Inkor ifodalovchi so‘z-gap: yo‘q, also. Masalan, Yo‘q, - dedi soqoli titrab. - Toshkanning vokzaliga borib keldik. (“Ikki eshik orasi”, 203- bet). So‘roq, taajjub ifodalovchi so‘z-gap: labbay, xo‘sh, xo‘pmi kabi. Masalan, Xo‘sh, malim bo‘lsa nima qipti! Shoxi bormi? Qizingni oldidan o‘tdingmi? (“Ikki eshik orasi”, 136-bet). His-hayajon ifodalovchi so‘z-gap: - Rahmat, qizim! Yuzimni yorug‘ qilding, - dedi ovozi titrab. (“Ikki eshik orasi”126-bet). Kundalik hayotimizda kishilar orasida oddiy muomala qilishlarida tez-tez ishlatadigan juda ko‘p so‘zlarimiz so‘z-gaplar sanaladi. Kishilarga iltifot, hurmat nuqtayi nazaridan qiladigan muomala vositalarimiz, jumladan, assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat bo‘ling, qulluq, osh bo‘lsin, yaxshi boring, xush ko‘rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil, hormang, xush kelibsiz kabi birliklar ham shular jumlasidandir. Ushbu so‘z- gaplarning deyarli barchasi iltifot mazmunini ifodalab keladi. Bizningcha, barcha tillarda so‘z-gaplardan samarali foydalaniladi. O.Prussovaning “Слова-предложения в современном немецком языке” nomli ishida namis tilidagi so‘z- gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari va turlariga to‘xtalib o‘tilgan. Unda zamonaviy nemis tilining nazariy va sistem grammatikasida so‘z-gaplarning ahamiyatiga to‘xtalish barobarida ularning quyidagi xususiyatlari alohida ko‘rsatiladi: 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1. So‘z-gap – bu nutqning o‘ziga xos, shu jumladan, modal so‘zlar va kesimlar bilan paradigmatik darajada ifodalangan tarkibiy qismidir. Ular nutqning boshqa qismlaridan quyidagi mezonlar bilan farq qiladi: a) o‘zgarmaslik; b) kommunikativ ma’no; d) modal munosabatlarning ifodasi; e) nominativ vazifaning yo‘qligi; f) almashtirish vazifasi; g) alohida so‘zga emas, balki butun jumlaga munosabat; h) faqat umumiy gapga savol bilan murojaat qilish; i) so‘z-gaplardan keyin inkorni shakllantirish. 2. So‘z-gap so‘z o‘rnini bosuvchi vazifasini bajaradi [1]. Demak, oddiy gaplar orasida bitta so‘z yoki birikmalarning ajralmas qismi bilan ifodalangan gaplar guruhi ajralib turadi. So‘z- gaplari (yoki bo‘linmas gaplar) – bu bitta so‘z yoki barqaror birikmadan iborat bo‘lgan va so‘zlovchining vaziyatga hissiy yoki ixtiyoriy munosabatini bildiradigan gaplar (tasdiqlash yoki rad etish, rozilik yoki kelishmovchilik, harakatga undash), lekin ular munosabatning mohiyatini yoki tegishli vaziyatning tarkibiy qismlarini nomlamaydi. So‘z-gaplar maxsus tarkibiy tur bo‘lib, ularni ikki qismli gaplarga ham, bir qismli gaplarga ham kiritish mumkin emas. Ular gapning alohida a’zolariga ega emas va nominativ vazifani bajarmaydi, chunki ular hech narsa demaydi. Bunday gapdan foydalanishning asosiy sohasi dialogik nutqdir. Ular faqat so‘zlashuv tiliga xosdir. Masalan: Yaxshi, rais odamgarchilik qipti! (“Ikki eshik orasi”, 149-bet). So‘z-gaplarni, bevosita, nutqdagi bajaradigan vazifasiga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin: 1. Tasdiq so‘z-gaplar. Masalan: U achinib Muzaffar tomonga qaradi. - Tabib ko‘rdimi? - Ha, Komil tabib taxtakachlab qo‘yibdi. - Joni og‘rigandir. - Bolmasa-chi! (“Ikki eshik orasi”, 44-bet). Ushbu gapda bo‘lmasa-chi so‘zi ham bo‘lishsizlik shakliga ega bo‘lsa ham tasdiq ma’nosini ifodalab kelgan. - Shunaqami, ha, mayli, - dedi-da, qiyiqchani sal bo‘shatdi. («Ikki eshik orasi»124-bet) 2. Inkor so‘z-gaplar. - «Alvasti ko‘prik»ka boramizmi?- dedim hiqillab. - Yo‘q, sakkizinchi brigadaga! («Ikki eshik orasi»42-bet). Ba’zi holatlarda yo‘q so‘zi so‘z-gap ma’nosida kelmasligi ham mumkin. Buni matn mazmunidan anglab olish kerak: Qaysi kuni Robiya Ko‘tarmaga borsa yo‘q ekansiz («Ikki eshik orasi»171-bet). So‘z-gap matn tarkibida noaniq bo‘lgan javobni ifodalashi mumkin, uning ma’nosi bayonot va inkor o‘rtasidagi oraliqdir: Masalan: Xumning bo‘ynidan changallab ichiga mo‘raladim. Hec

Доказательный фрагмент

«O‘zbek tilida shunday muloqot madaniyati mavjudki, so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi kommunikativ jarayonda bir-birining nutqi tugallanmasdan tushunishga yoki gapning to‘liq mazmunini bir so‘z bilan ifodalashga undaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek tilida shunday muloqot madaniyati mavjudki, so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi kommunikativ jarayonda bir-birining nutqi tugallanmasdan tushunishga yoki gapning to‘liq mazmunini bir so‘z bilan ifodalashga undaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sintaksis, so‘z-gap, tasdiq so‘z gap, bir bosh bo‘lakli gap, so‘roq so‘z-gap., inkor so‘z gap
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники