К содержанию
РецензированоUZ1949

JANUBIY TURKMANISTON ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATINING PAYDO BO‘LISHI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (Oltintepa yodgorligi misolida)

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Narzulloyev Farrux (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 14–39 · 1949

Аннотация

Ushbu maqola Janubiy Turkmanistonning ilk shaharsozlik manzilgohlaridan biri hisoblangan Oltintepa manzilgohining tarkibiy tuzilishi, shaharsozligi va moddiy madaniyati haqida fikr yuritilgan. Qadimgi Oltintepa shahri arxeologiyasi bilan bog’liq ma’lumotlar ilmiy tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: Oltintepa, oltinboshli buqa, V.M.Masson, A.Semyonov, dohiylar uyi, ibodatxona, Namozgoh, Meana. Kirish. Bundan 4-5 ming yil oldin dastlabki metallning kashf etilishi natijasida insoniyat uchun qulay bo'lgan mehnat qurollari dastlab Mesopatamiya va Old Osiyo mintaqalarida kashf etilib, bronza davriga kelib yangi yerlarni o'zlashtirish natijasıda ilk qishloq va shaharlar vujudga keladi. O'rta Osiyoda dastlabki shaharsozlikning rivojlanishi Janubiy Turkmaniston bog'liq bo'lib, XX asrning dastlabki choragidagi Pampelining tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Asosiy qism. Janubiy Turkmanistonning arxeologik topilmalarning stratigrafik ustuni Pampelining Anovtepada olib borilgan tadqiqotlar paytida tuzib chiqilgan edi. 1949-1950- yillarda B.A.Litvinskiyning Namozgohtepa qazishmalari tufayli ushbu yodgorliklar xronologiyasi ko'lami yanada kengayadi. 1952 yilda B.A. Kuftin Kopetdog' tog'oldi hududlaridagi xronologik tartibini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo'lgan Namozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida ketma-ket keluvchi oltita majmuani-Nomozgoh I-VI aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Namozgox I ilk eneolit, Namozgohtepa ll o'rta eneolit, Nomozgox III so'nggi eneolitga, Namozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so'nggi bronza davrlariga oiddir.Namozgoh V davridagi manzilgohlarning hududiy tuzilishini o'rganish maqsadida maydoni jihatidan 3 guruhga bo’linadi. 1. Maydoni 46-70 ga.(Namozgohtepa, Oltintepa) 2. Maydoni 10 ga.(Ulug'tepa, Xomuztepa) 3. Maydoni 2-3 ga.( Toychanoqtepa, Qo'shtepa, Sho'rtepa) Oltintepa manzilgohi bronza davriga oid bo'lib mill.avv 3-2 ming yillikka tegishli.Yodgorlik Turkmanistonning janubidagi Meana qishlog'ida joylashgan bo'lib dastlabki o'rganish ishlarini 1929-yilda Semyonov, 1930-yilda Murashenko, 1949-yil Masson tomonidan o'rganilgan. Massonning fikricha Oltintepaning madaniy qatlami Namozgoh V davriga oid bo'lib, ya'ni bronzaning rivojlangan davriga kelib shaharsozlikning rivojlanish jarayonlari kuzatiladi. Oltintepaning markaziy maydoni 25-30 gektar boʻlib, umumiy maydoni 60 gektarni tashkil etgan. Yodgorlikda koʻp xonali uylar topib tekshirilgan bo'lib, Arxeologlar fikricha, bunday uylarda katta patriarxal oila jamoalari yashagan. Uylarning maydonlari 50—70—100 m2 keladi. Ular toʻgʻri burchakli uy-joy va roʻzgʻor-xoʻjalik xonalaridan iborat.Turar joylarning 102 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo markaziy yoki burchak qismida paxsadan oʻchoq qurilgan. Masson bu uylarga “dohiylar uyi” deb ta'rif beradi.[Массон, 1984. Б. 9-21]Bundan tashqari Arxeologlar Oltintepa yodgorligini qazish natijasida paxsadan va xom gʻishtdan ishlangan zinapoyali minora — ibodatxonani ochishga muvafaqq bo'lganlar (uning nomi — zikkurat). Zikkuratlar Ikki daryo oraligʻida Uruk davrida paydo boʻlgan. Oltintepa inshooti katta toʻrt zinapoyali binoga oʻxshaydi (poydevori 55 metr, balandligi 12 metr). Zikkuratning yonida bir nechta xona qazib ochildi va ularning birida muqaddas oʻchoq boʻlib, unda muqaddas olov yongan. Yana bir xonaning ichidan qabrlar topilgan.[Ibragimov, 2020. B. 284]Arxeologlar fikricha, qabrlarga zikkurat — ibodatxonaning xizmatchilari koʻmilgan. Muhim arxeologik topilmalar ichida oltindan yasalgan buqa va boʻri boshchalari haykalchalariga e'tibor berish kerak. Oltin, kumush va bronzadan ishlangan buqa boshchasi haykalchalari Ikki daryo oraligʻidagi Ur shahrida keng tarqalgan va miloddan avvalgi 2600— 2500 yillar bilan sanalanadi. Oltintepa topilmalari Qadimgi Shumer san'ati va haykaltaroshligining madaniy ta'sirini koʻrsatadi. Bronza davrida Turkmaniston janubi Oʻrta Osiyoning eng muhim madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Kopetdogʻ etaklaridagi Quyi Tajan va Murgʻob vohasidagi qulay geografik sharoitda rivojlangan dehqonchilik sugʻorish-irrigatsiyaga asoslangan.Namozgoh va Oltintepa atroflarida qadimgi sugʻorish erlari keng maydonlarga ega boʻlgan. Daryolardan kanal chiqarish texnikasi ancha rivojlangan. Bronza davrida irrigatsiya xoʻjaligi dastlabki oddiy sugʻorish dehqonchiligidan ancha farq qilgan va u oʻtroq qabilalar yerni haydab, dehqonchilik qilishga oʻtgan vaqt boʻlgan.Bronza davri tasviriy san'ati alohida ehtiromga loyiq bo'lib, asosan bu davrda antropov va zoomorf bezakli haykalchalar va idishlar sirtiga bitilgan naqshlar keng tarqalgan.[Sagdullayev, 1993. B. 116] Xususan, Oltintepa manzilgohida tuyaboshi biriktirilgan 4 g'ildirakli arava haykalchasi topilgan bo'lib, bundan xulosaga kelamizki mahalliy aholi buqa bilan birgalikda tuyadan ham xo'jalik ishlarida foydalanganlar.Biz Oltintepadagi qazishmalarda Markaziy Osiyo me'morchiligidagi yangi jiha

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Janubiy Turkmanistonning ilk shaharsozlik manzilgohlaridan biri hisoblangan Oltintepa manzilgohining tarkibiy tuzilishi, shaharsozligi va moddiy madaniyati haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Janubiy Turkmanistonning ilk shaharsozlik manzilgohlaridan biri hisoblangan Oltintepa manzilgohining tarkibiy tuzilishi, shaharsozligi va moddiy madaniyati haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dohiylar uyi, Oltintepa, oltinboshli buqa, V.M.Masson, Namozgoh, A.Semyonov, ibodatxona, Meana.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники