Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPORTNING INSON PSIXOLOGIYASIGA SALBIY VA IJOBIY JIXATLARI (YAKKAKURASH SPORT TURI MISOLIDA)
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Pirnafasova Risolat Ramatillayevna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sportning inson hayotidagi o’rni,xususan uning inson psixologiyasiga salbiy va ojobiy jixatlari sportning yakkakurash turi misolida yoritib o’tilgan. Aннотация В данной статье на примере боевых искусств освещена роль спорта в жизни человека, в частности, его отрицательные и положительные стороны для психологии человека. Annotation In this article, the role of sport in human life, in particular, its negative and positive aspects to human psychology, is highlighted using the example of martial arts. Kalit so’zlar: sport, psixologiya, tajovuzkor holat, sport turlari, yakkakurash, agressiv holat, xulq-atvor. Ключевые слова: спорт, психология, агрессивное состояние, спорт, боевые искусства, агрессивное состояние, поведение. Key words: sport, psychology, aggressive state, sports, martial arts, aggressive state, behavior. Bugungi kunga kelib jamiyyatimizda va isonlar hayotida sportning o’rni tobora ortib bormoqda,xususan maktabgacha va maktab ta’limida,darsdan tashqari vaqtlarda sport to’garaklari faoliyatlarini takomillashtirishga oid bir necha qonun va qarorlar chiqarildi. Sportning inson hayotidagi o’rni uning soglom turmush tarzini shakllantira olishida namoyon bo’ladi,ayniqsa kichik yoshdan boshlab sportning ayrim turlarini sjhakllantirish,turli sport to’garaklariga jalb qilish bilan jaxon arenalarini zabt etuvchi sport ustalarini yaratish imkoniyati tug’iladi. Sportning –yakkakurash, qo’l to’pi, tennis,valeybol, basketbol,futbol kabi turlarini o’rganish uchun bugun mamlakatimizda juda kata imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa yakkakurash turi bular orasida alohida e’tirofga sazovor sport turlaridan sanalib,butun jahonda, yakkakurashchilar o‘zlarining muayyan jangovar mahoratini namoyon eta olishyapti. Ilmiy manbalarda boks sporti kabi tajovuzkor sport turi bilan shug‘ullanish va uni sportchi shaxsiyatiga bog‘liqlik tomonlari borligi tobora ko‘proq e’tiborga olinmoqda. Bir tomondan, sport adrenalin chiqarish va tajovuzni bostirishning bir usuli sifatida qaralsa, boshqa bir tomondan, sportdagi vaziyatlar, musobaqalar va mashg‘ulotlarda ko‘proq tajovuzkorlikni talab qilishi bilan ajralib turadi. Sportchining asosiy psixologik qobiliyatlaridan biri esa tajovuzkor holatlarni nazorat qilishdir. Shunga bog‘lik holda yakkakurash sport turlaridan biri, o‘rganishimiz dolzarb hisoblangan boks sportida agressiv holatlar kuzatilayotganligi sababli keng ilmiy jamoatchilik dikkat markazida bo‘lgan asosiy muammolardan biri bulib qolmoqda. Jahonda boks hamda dzyudo sporti sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda, ularning hissiy-emotsional holatlari, individual-psixologik xususiyatlari, irodaviy motivasion sohasini o‘rganish yuzasidan psixodiagnostik metodikalarni yaratish va g‘alabani ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan ijobiy shaxs 153 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo sifatlarni rivojlantirish, mag‘lubiyatga sabab bo‘ladigan salbiy sifatlarni xususan tajavvuzkorlikni meьyordan oshishi va uni sport faoliyati bilan birgalikda sportdan tashqari holatlarda nomoyon bo‘lishini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yakkakurashchilarning agressiyasini optimallashtirishning psixokorreksiyalash amaliyotini joriy etishga yo‘naltirilgan masalalarni ilmiy tadqiq etish zarurati kuzatilmoqda. “Inson tajovuzkorlikka moyilligi bo‘lgan agressiv xulq-atvor egasi sifatida dunyoga keladimi yoki aksincha agressiv tendensiyalardan ozod holda tug‘iladimi”, degan masala yuzasidan yarim asr mobaynida psixolog va sosiologlar bahs-munozara olib borishdi. Bu muammo keng qamrovli bo‘lib o‘rganish ob’yekti inson xulq-atvori hisoblanadi. Bevosita tabiat qonuniyatlari va tarbiya bilan chambarchas bog‘liq holda tadqiq etiladi. Birinchi yondashuvga ko‘ra: insonlar agressiv xulq-atvorga moyil bo‘lib, agressiya orqali ular o‘zlarini, oila a’zolari, yaqin kishilarini himoya qilishlari belgilanadi. Ikkinchi yondashuvga ko‘ra: insonlar jamiyatdagi agressiv modellar va xulq-atvor usullarini o‘zlashtirishlari orqali agressiv xulq-atvor egalariga aylanishadi. Biz yuqorida agressiv xulqqa talluqli bo‘lgan asosiy nazariyalar bilan tanishib, ularning mazmun mohiyati,ahamiyati xususida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ldik. Bu borada xorij olimlari, mutaxassis-psixologlarining agressiv xulq- atvorga oid qarashlarini ham tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, ular tomonidan ishlab chiqilgannazariy tadqiq etishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Chet ellik psixologlarining (Y.Ilin va b.q.)ta’kidlashicha, eng avvalo agressiv xulq-atvor bo‘lishi uchun birinchi navbatda nizoli yoki odamni xavotirga soluvchi vaziyat bo‘lishi lozimdir. Lekin, vaziyatning mavjudligi hali insonda janjanlashishga moyillik holati paydo bo‘ldi, degan ma’noni anglatmaydi. Birinchidan, insonlarning o‘zaro muomalasida fikr-istaklari, qiziqish- maqsadlarida tafovutlar bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, bu tafovutlar har bir kishi tomonidan, deyarli bir xil anglanishi lozim. Uchinchidan, bu holat hech
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sportning inson hayotidagi o’rni,xususan uning inson psixologiyasiga salbiy va ojobiy jixatlari sportning yakkakurash turi misolida yoritib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sportning inson hayotidagi o’rni,xususan uning inson psixologiyasiga salbiy va ojobiy jixatlari sportning yakkakurash turi misolida yoritib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sport, psychology, aggressive state, sports, martial arts, aggressive state, xulq-atvor., psixologiya, tajovuzkor holat, sport turlari, agressiv holat, yakkakurash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025