Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SPIRINLIK DAVRIDA STRESS (RUHIY ZO’RIQISH) HOLATI VA UNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Murxashev Axmadxon Olimjon oʻgʻli (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article describes the mental characteristics of adolescence, mental and psychological stress during this period, and personality characteristics in the manifestation of emotional stress. Issues such as the formation of their consciousness and worldview, working with adolescents taking into account their age and psychological characteristics, disruption of daily routines, and changes in the organism in adolescence are discussed. Key words: Adolescence, psychological stress, behavior, stress, affective, facial expressions, feeling (emotions), hard work, patience, conscious attitude (psychological immunity) Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga bo’layotgan axborot xurujining ko’pligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning taranglashishi juda ko’p insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. O’z navatiga ko’ra o’spirinlik davri ham undan mustasno emas. Bu kabi muammolar insonlarning yosh davrlar psixologiyasiga ko’ra har xil namoyon bo’ladi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarsa, bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig’ida o’sish davri o’smir oldi yoshidan iborat bo’lib, toki 12-13 yoshga qadar davom etadi. Bu davr olimlar tili bilan aytganda yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho’qqisiga hamohangdir. O’spirinlik esa jinsiy yetilishidan (12-13) boshlanib, to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib boradi. 142 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Psixologik zo’riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o’zgarishlarda namoyon bo’lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqozon yarasi yoki yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. Hissiy zo’riqishlarning namoyon bo’lishi har bir shaxs uchun turlicha bo’ladi. Kimdadir kayfiyat yoki hayajon bo’lsa, kimdadir stres va tushkunlik ko’rinishida o’tadi. Kun tartibining buzilishi, uyquning qisqarishi, ish vaqtining tungi davrga o’tib qolishi, foydali odatlardan voz kechish, hissiy zo’riqishlarni bartaraf etishning mos keluvchi usullarini topa olmaslikda ko’rinadi. Ijtimoiy rollarga xos vazifalardagi buzilishlar, yaqinlar va do’stlar bilan munosabatga yetarlicha vaqt yetishmasligi, nizolarning kuchayishi, muloqot davomida sezgirlikning pasayishi, ijtimoiy qoidalarga zid xulq-atvor belgilarining ko’rinishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, uzoq muddat hissiy zo’riqishda bo’lgan o’spirin ijtimoiy me‘yor va standartlarga e‘tiborsiz bo’lib qoladi. Hatto o’zining tashqi ko’rinishiga ham e‘tibor bermasligi mumkin. Bunda muhim ob‘ektlar ustida diqqatning to’planishi qiyinlashadi, tez chalg’ish kuzatiladi. Ongning doimo hissiy zo’riqishni vujudga keltirgan sabablarini tahlil qilish bilan bandligi, undan chiqish yo’llarini axtarish xotira ko’lamini toraytiradi, zarur materialni qayta esga tushirishni qiyinlashtiradi. Aqliy faoliyatning susayishi stressni vujudga kelishiga ta‘sir ko’rsatgan vaziyatdan chiqish yo’llarini topishni cheklaydi. Bu salbiy ko’rsatkichlarni bartaraf etish eng katta vazifalardan biridir. Psixologiya fanining markaziy kategoriyasi hisoblanmish shaxs ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muayyan funksiyalarni bajarish orqali jamiyatning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. O‘spirinlik davrida psixologik muammolarni bartaraf etish hamda tarbiyalash masalalari hozirgi davrning eng dolzarb muammosiga aylangan. Bugungi kunda kelajak avlodga ta‘sir qilayotgan hamda uning kechinmalarini o‘zgartiradigan ichki va tashqi omillarni ko‘z oldimizga keltirish juda qiyin. Shunday qilib stress o’zi nima? Stress – inglizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik, keskinlik degan ma‘nolarni anglatadi. Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar xaddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Stressning psixologik ta‘rifiga kora affektiv holatga yaqin turadi. Stress kishining o’ta faol yoki o’ta sust harakatida ifodalanadi. Hissiy zo’riqish holatida individning hatti-harakati kishi nerv tizimining tipiga, nerv jarayonlarining kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy ravishda bog’liqdir. (Masalan, imtihon oldidagi holat). His-tuyg’ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog’ida ma‘lum darajada seziladigan tashqi belgilariga ham ega bo’ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo’l va gavdaningma‘noli harakatlari, kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o’zining qahr-g’azabini tevarak atrofdagilarga qo’llarini musht qilishi, ko’zlarini chimirib qarash, do’q – po’pisali ohang bilan namoyish qiladi. Stressning sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar sabab bo’ladi: Ish faoliyatidan qoniqmaslik stressga sabab bo’luvchi eng muhim omillardan hisoblanadi. O’spirin undan nima kutilayotganligini, bu ishni qanday q
Доказательный фрагмент
«This article describes the mental characteristics of adolescence, mental and psychological stress during this period, and personality characteristics in the manifestation of emotional stress.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the mental characteristics of adolescence, mental and psychological stress during this period, and personality characteristics in the manifestation of emotional stress. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Adolescence, psychological stress, behavior, stress, affective, facial, hissiyot (emotsiyalar), sabr-qanoat, O’spirinlik, ongli munosabat (psixologik immunitet)., xulq-atvor, affektiv, mashakqatli mehnat, mimika, psixologik zo’riqishlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026