К содержанию
РецензированоUZ2015

TIJORATDA PORA EVAZIGA OG‘DIRIB OLISHNING OBYEKTIV BELGILARINING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BELGILARINING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI (in-academy.uz/index.php/yo) · Xolmatova Sadoqat Salimjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2015

Аннотация

Ushbu tezisda Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyati tushunchasi va ushbu jinoyatning obyektiv belgilari belgilari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: nodavlat tijorat tashkiloti, mansabdor shaxs, mansab vakolati, mansab vakolatini suiste’mol qilish, obyekt, obyektiv tomon, moddiy haq yoki mulkiy manfaatdor etish, Qonunga xilof ekanligini bila turib haq berish, vakolati bilan bog‘liq harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik. 2015 yil 15 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida 2015 yil 20 avgustda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yana-da kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish, biznes muhitni yaxshilash, pirovardida, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qaratildi. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi Sakkizinchi bo‘limi Atamalarning huquqiy maʼnosidan “masʼul mansabdor shaxs” atamasi batamom chiqarib tashlandi. Shu bilan birga, tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarida maʼmuriy- taqsimot va maʼmuriy-xo‘jalik vakolatlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar javobgarligini yumshatish va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar uchun javobgarlik belgilandi. Jumladan, Jinoyat kodeksiga xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, litsenziyalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirish, tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish va boshqa qilmishlar uchun javobgarlik belgilandi. Shu munosabat bilan Jinoyat kodeksi 205-214-moddalari yangi tahrirda bayon etildi. Jinoyat kodeksining XIII1 bobining 1929-moddasida tijoratda pora evaziga og‘dirib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z 170 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etishi tijoratda pora evaziga og‘dirib olish hisoblanadi. Shu bilan birga, nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi uchun mazkur moddaning ikkinchi qismida jinoiy javobgarlik belgilangan. Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyatini, umuman barcha jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda jinoyatlarning tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyatning maxsus obyekti mamlakatning iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy munosabatlari hisoblanadi. Mazkur jinoyatning turdosh obyekti tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini Jinoyat kodeksi 1929-moddasidan javobgarlik belgilangan jinoyatning bevosita obyekti nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkilotining obro‘yi va uning normal faoliyatini taʼminlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Pul, valyuta, qimmatliklari qimmatbaho buyumlar, avtomobillar va boshqa har qanday mol-mulk, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ic

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyati tushunchasi va ushbu jinoyatning obyektiv belgilari belgilari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyati tushunchasi va ushbu jinoyatning obyektiv belgilari belgilari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qonunga xilof ekanligini bila turib haq berish, mansab vakolatini suiste’mol qilish, mansabdor shaxs, vakolati bilan bog‘liq harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik., mansab vakolati, obyektiv tomon, obyekt, nodavlat tijorat tashkiloti, moddiy haq yoki mulkiy manfaatdor etish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники