К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA GENDER TENGLIK

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yo‘ldashova Sevara Nuraddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article highlights the content of the Law on the Protection of Women's Rights and the Elimination of Discrimination against Women, as well as the Protection of Women from Harassment and Violence Key words: Women,equality, rights, discriminaton, opportunity, socialsupport, convention, society, constitution, justice Аннотация: В данной статье освещено содержание Закона о защите прав женщин и ликвидации дискриминации в отношении женщин, а также о защите женщин от притеснений и насилия. Ключевые слова: Женщины, равенство, права, дискриминация, возможности, социальная поддержка, конвенция, общество, конституция, справедливость. Bugungi kunda xotin-qizlarimizni turmushini o‘tgan kunlarning o‘tmish sahifalariga yozilgan va bitilgan kechmishlariga aslo solishtirib bo‘lmaydi. Momolarimizni cheklangan huquqlari, siyosiy tugul oddiy o‘rta maktab ta’limini olish borasidagi cheklovlar va ularni yengish uchun qanchalik darajadagi chekkan mashaqqatlari ayollarning hozirgi huquq va manfaatlariga yetishishi yo‘lida debocha bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat bizni mamlakatimizda balki, butun dunyoda ayollar huquqlarini himoya qilish har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Ayollar huquqlarining global muammolari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida eng muhim muammolardir. Bu sohadagi muammolar va muammolarni aks ettiruvchi bir necha asosiy jihatlarni sanab o‘tsak: 1. 1. Gender tengsizlik: Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tengsizlik asosiy muammo bo'lib qolmoqda. Bu ish haqi, ta'lim olish imkoniyati, biznes va siyosiy faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatlariga taalluqlidir. 2. Zo‘ravonlik: Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik millionlab ayollar hayotiga ta'sir qiluvchi global muammodir. Bu oiladagi zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, odam savdosi va huquqlarning buzilishining boshqa shakllarini o‘z ichiga olishi mumkin. 3. Ta'lim olish imkoniyati: Dunyoning ayrim hududlarida ayollar hali ham sifatli ta'lim olishda qiynalmoqda. Bu ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga to‘siqlar yaratadi. 4. Sog'liqni saqlash: Bir qator mamlakatlarda ayollar sifatli tibbiy xizmatdan, jumladan, reproduktiv salomatlik xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan. Bu ularning farovonligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 5. Siyosat va yetakchilikdagi ishtiroki: Taraqqiyotga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda ayollarning siyosat va yuqori rahbarlik lavozimlarida ishtirok etish darajasi hali ham yetarli emas. 124 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 6. Bolalar nikohi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik: Ko‘pgina qizlar majburiy turmushga chiqish va zo‘ravonlikka duch kelishadi, bu ularning huquqlarining buzilishi va jiddiy ijtimoiy va psixologik oqibatlarga olib keladi. 7. Texnologiyadan foydalanish imkoniyati: Ayrim jamiyatlarda ayollarning axborot texnologiyalari va raqamli resurslardan foydalanish imkoniyati cheklangan, bu esa ularning ta’lim olishi va rivojlanishi uchun qo‘shimcha to‘siqlar yaratishi mumkin. Dunyo bo‘ylab ko‘plab guruhlar va tashkilotlar ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va hayotning turli sohalarida xotin-qizlarning mavqeini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda. Mamlakat ayollar huquqlarini qay darajada ta'minlayotganini baholash turli jihatlarga, jumladan, qonunlar, siyosatlar, ijtimoiy-madaniy omillar va haqiqiy turmush sharoitlariga bog'liq bo‘lishi mumkin. Biroq, ayrim davlatlar tenglik va ayollar huquqlarini ilgari surish borasidagi sa'y-harakatlari bilan taniqlidir. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday mamlakatlarda ham muammolar mavjud bo‘lishi mumkin va hech bir davlat bu sohada to‘liq mukammallikka erishmagan. Jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. O‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligi jamoada, guruhda, norasmiy birlashmada muloqot qilish va harakat qilish, boshqalar bilan samarali munosabatda bo‘lish, tengdoshlari, oilaning katta va kichik a’zolari, mahallalar oldidagi muayyan majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarishlari, o‘zini va o‘zgalarini rivojlantirish va faollashtirishga qaratilgan ongli hamda tizimli faoliyatidir. Jamoat arbobi S.L.Rubinshteynning fikricha “ijtimoiy faollik faqat insonning ongli faoliyatida namoyon bo‘ladi”. Shu sababli ham jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida mamalakatimizda ham juda ko‘plab islohotlar amalga oshirilgan va yanada amalga oshririb borilmoqda. Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass” reytingida 2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 37 ball to‘plagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-o‘rinni, Markaziy Osiyo mintaqasida 3-o‘rinni egalladi. “Gender Data Compass” mamlakatning gender ma’lumotlari tizimini yaxlit baholashni ta’minlaydi. U 53 ta gender ko‘rsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi. Mamlakatimizda ham gender statistikasini yuritish bo‘yicha Statistika agentligi vakolatli organ

Доказательный фрагмент

«This article highlights the content of the Law on the Protection of Women's Rights and the Elimination of Discrimination against Women, as well as the Protection of Women from Harassment and Violence Key words: Women,…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the content of the Law on the Protection of Women's Rights and the Elimination of Discrimination against Women, as well as the Protection of Women from Harassment and Violence Key words: Women,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Women, equality, rights, discriminaton, opportunity, socialsupport, huquq, tenglik, Ayol, konstitutsiya, kamsitish, adolat., jamiyat, gender tenglik, imkoniyat, konvensiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники