К содержанию
РецензированоRU2026

BO`LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY SHAXSIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/yo) · Xabilova Sitora Tursunmurod qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Сегодня глубоко анализируются реформы системы высшего образования и роль педагогов в обществе, развитие профессиональных личностных качеств будущих педагогов в процессе воспитания современных педагогов. Особое внимание уделяется решению проблем, связанных с формированием педагогических кадров. практические навыки. Поэтапный переход к реализации этих задач планируется в образовательном процессе высших учебных заведений. Ключевые слова: педагог, молодое поколение, студент, человек, общество, индивидуальное образование, образовательный процесс, качество, развитие, мастерство, творческий, профессиональный. Maktabgacha ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlashning eng muhim yo‘nalishlaridan biri maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bevosita ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik sifatlarini oshirishdir. Tarbiyachi-pedagogning kasbiy faoliyati uning ko‘nikma va kasbiy ahamiyatli fazilatlari to‘plamiga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglari kasbiy tayyorlash masalasi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsada, bugungi globallashuv sharoitida ham dolzarb masala sifatida ko‘plab tadqiqotlarning ob’ekti va peredmetiga aylanmoqda. Bo‘lajak tarbiyachi va pedagoglarni kasbiy tayyorlash, tarbiyachilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish muammolari respublikamiz olimlaridan N.SH.Abdullaeva, N.N.Azizxodjaeva, H.Abdukarimov, G.N.Ibragimova N.A.Muslimov, N.Mo‘minova,U.Nishonaliev, M.Ochilov, B.X.Raximov, J.Tolipova, S.T.Turg‘unov, I.Tursunov, N.Sh.SHodiev,D.I.Yunusova, O.Q.Haydarova va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘rganilgan. X.Abdukarimov ilmiy tadqiqot ishida bo‘lajak tarbiyachilarda quyidagi ahlokiysifatlarmujassam bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan: • Bolalarni sevishi kerak; • O‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishi kerak; • Nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olishi kerak. 28 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo B.Raximov ilmiy tadqiqotida kasbiy madaniy munosabatlar tizimini yaratib, uni pedagogik amaliyotda qo‘llash mazmun mohiyatini asoslab bergan va bo‘lajak pedagogda har ikkala munosabatning, ya’ni kasbiy-madaniy munosabatlarning uyg‘un va izchil bo‘lishi ijtimoiy hayotning ehtiyoji hisoblanishini ta’kidlagan. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada taʼsir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulqatvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy eʼtiqodliligi oʼz kasbini sevishi va bu kasbga boʼlgan cheksiz sadoqati boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Tarbiyachi shaxsiga qoʼyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur Tarbiyachi pedagoglarning kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Tarbiyachi pedagog mashg‘uloti uchun kerakli bo’lgan didaktik ashyoni maqsadga ko’ra o’zi tayyorlaydi, tarbiyalanuvchilarni yasash, ijod qilish jarayoniga jalb qilib, ularning aqliy, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga turtki beradi. O’z faoliyati mobaynida tarbiyachi kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Boʻlajak pedagog tarbiyachilarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Shuningdek, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg‘or bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi. Odatda boʻlajak pedagog tarbiyachilarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u asta- sekin takomillashib, rivojlanib boradi.

Доказательный фрагмент

«Сегодня глубоко анализируются реформы системы высшего образования и роль педагогов в обществе, развитие профессиональных личностных качеств будущих педагогов в процессе воспитания современных педагогов.»

Образец извлечения

Демо-превью

Сегодня глубоко анализируются реформы системы высшего образования и роль педагогов в обществе, развитие профессиональных личностных качеств будущих педагогов в процессе воспитания современных педагогов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
педагог, молодое поколение, студент, человек, общество, мастерство, talaba, jamiyat, индивидуальное образование, sifat, oʻquv jarayoni, качество, shaxs, rivojlantirish, развитие, individual ta’lim, yosh avlod, творческий, tarbiyachi, kreativ, профессиональный., образовательный процесс, kasbiy, koʻnikma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники