К содержанию
РецензированоUZ2026

KONSTITUTSIYA– FAROVON HAYOTIMIZ POYDEVORI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Turg’unboyeva Sh. B. (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bosh qomusimiz–Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, bir necha Konstitutsiyaviy islohotlar, umume’tirof etilgan normalar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr va mulohazalar aks ettiriladi. Tayanch so’z va tushunchalar: Konstitutsiya, qomus,qonun, islohotlar,inson qadri, idoralar,qo’shimchalar kiritish, amaliyotga tatbiq etish. Ma’lumki, dunyoda minglab mustaqil davlatlar mavjud. Ularning har biri o’zining bayrog’i, gerbi va eng asosiysi, Konstitutsiyasiga ega. Aynan mana shu timsollar davlat mustaqilligini isbotlab turuvchi omillar hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, davlatning har taraflama rivojlanishida, har bir masala qonuniy jihatdan ko’rib chiqilishida, eng asosiysi, fuqarolarning tinch va osoyishta hayoti ta’minlanishida Konstitutsiyaning o’rni va ahamiyati nihoyatda katta. Har bir mezonning ishlab chiqilishida uning tarixiy ahamiyati, tajribada nechog’lik qo’llanganligi muhim ahamiyati kasb etadi. Bundan kelib chiqadiki, Konstitutsiya haqida so’z borganda, avvalo, uning tarixini ko’zdan kechirish asosiy masalalar qatorida turadi. Dunyodagi ilk yozma Konstitutsiya Amerika Qo’shma Shtatlarida 1787- yilda qabul qilingan bo’lib, bugungi kunga qadar eng kichik va o’zgarmas qomus hisoblanadi. Necha asr o’tibdiki, bu mashhur Konstitutsiyaga umumiy hisobda 27 marta o’zgartirish kiritilgan xolos. Bu o’sha davrdayoq uning yaratilishiga jiddiy ahamiyat qaratilgani va o’z kasbining mutaxassislari tomonidan yaratilganidan dalolat beradi. Bugun bu mamlakat ko’p jihatdan dunyoning yetakchi mamlakati ekanligi barchamizga ma’lum. AQShning bu darajagacha erishishida puxta ishlangan Konstitutsiyaning o’rni katta ekanligi hech kimga sir emas. Demak, davlat qanchalik to’g’ri tizimga qurilsa, qonun va qarorlar o’z vaqtida bajarilsa, fuqarolar ham o’z majburiyatlarini to’laqonli bajara olsa, davlat hech shubhasiz, istalgan boshqa mamlakatlar bilan tenglasha oladi.mamlakatlar asta-sekinlik bilan o’zlarning qonun-qoidalari aks ettirilgan qomuslarini qabul qila boshlashgan. Bu davlat boshqaruvini yanada osonlashtirgan, chunki qonunlarning barcha uchun barobar bo’lishi fuqarolarni boshqarishda, ularga erkin hayot tarzini yaratib berishda nihoyatda qo’l kelgan. Bugungi kunda ham mamlakat mustaqilligini belgilab beriladigan asosiy omillardan biri Konstitutsiya ekanligi ma’lum. O’zbekiston Respublikasi ham mustaqillikka erishgach, asta- sekinlik bilan o’z bayrog’i, gerbi va Konstitutsiyasiga ega bo’ldi. Mustaqillikning ilk yillarida har bir mezonni to’la-to’kis amalga oshirish ancha qiyin bo’lgan, biroq vaqt o’tgan sari har bir qonun o’z ifodasini topa boshlagan. Mustaqillikdan bir yil o’tib, 1992- yil 8-dekabrda XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida Konstitutsiyamiz qabul qilindi. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10- 152 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama modda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan. Bosh qomusimiz 6 bo’lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo’lib, unda huquqiy-demokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini qurish asosiy g’oya bo’lib xizmat qiladi. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega bo’lib, katta-yu kichik masalalarni qamrab oladi. Bundan kelib chiqadiki, Konstitutsiya sabab hayotimiz tinch va osuda, osmonimiz musaffo. Uning tarkibiy jihatiga keladigan bo’lsak, muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qo’yilgan vazifalar belgilangan. 1- bo’limda O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari ko’rsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi. 2- bo’limga keladigan bo’lsak, unda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari aks ettirilgan. Bu shuni anglatadiki, inson deganda, nafaqat O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, balki chet el fuqarolari, ikki fuqaroligi bo’lgan shaxslarning ham huquqlari inobatga olinadi, ularga ham har jihatdan imkoniyatlar yaratib beriladi. Bu esa tenglik tamoyilining yorqin namunasidir. Avvalambor, hamma uchun vijdon erkinligining kafolatlanishi Konstituts

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bosh qomusimiz–Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, bir necha Konstitutsiyaviy islohotlar, umume’tirof etilgan normalar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr va mulohazalar aks ettiril…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bosh qomusimiz–Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, bir necha Konstitutsiyaviy islohotlar, umume’tirof etilgan normalar hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr va mulohazalar aks ettiril… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amaliyotga tatbiq etish., Konstitutsiya, idoralar, islohotlar, qonun, qo’shimchalar kiritish, inson qadri, qomus
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники