К содержанию
РецензированоUZ2026

5-SINF ADABIYOT DARSLIGI UCHUN TANLANGAN ASARLAR TAHLILI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Zulfira Musaboyeva Iqboljon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan xalqaro reytinglar natijasida tuzilgan, o‘quvchilarni nafaqat ma’lumot olishlari, balki ularni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undovchi dasturlar asosida yaratilgan yangi 5-sinf darsligi uchun tanlangan asarlar tahlili haqida fikr va mulohazalar berib borilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, dars jarayoni, pedagogik texnologiyalar, ko‘nikma, yangi darsliklar, kreativlik, kengaytirilgan texnologiyalar. Adabiyot fanida adabiy ta’limning uzviyligi va uzluksizligi muhim sifat hisoblanib uning natijasi o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida go‘zalikka bo‘lgan ijobiy va ijodiy munosabatni shakllantiradi, badiiy asarga – kitobga bo‘lgan mehr va muhabbatni o‘stiradi, bularning zamiri esa undagi badiiy–estetik didni takomillashtiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishdan bosh maqsad sog‘lom e’tiqodli, keng dunyoqarashli, nozik didli, o‘zga inson tuyg‘ularini his qiladigan, o‘z xatti-harakatlarini asoslay oladigan, mustaqil fikrga va keng dunyoqarashga ega shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirishdan iborat. Yurtimiz ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan turli xil farmon va qarorlar qabul qilindi va bunga asosan barcha dastur hamda darsliklar asosiga o‘zgartirishlar kiritildi. Buning eng katta omili bizning milliy o‘quv dasturimiz xalqaro talablarga hamda chet elning ko‘zga ko‘ringan ta’lim jarayonlari natijalariga tenglasha olmasligi edi. Biz mazkur tezisimizda zamonaviy 5-sinf adabiyoti darsligida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani va darslik uchun asarlar qaysi tamoyillar asosida tanlangani haqida quyida fikr yuritamiz. Bugungi kunda adabiyot fani bo‘yicha sinflar kesimida maktab darsliklarini ishlab chiqish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda: darslik tayyorlashda ta’limsohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga tayanish, o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, ruhiy xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlarini hisobga olish, o‘quv-metodik darsliklarlarda o‘quvchilarda adolat, milliy g‘urur va vatanparvarlik hissini shakllantirishda ustuvorlikni ta’minlash. Yaratilgan yangi darsliklar o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va mantiqiy fikrlash hamda kreativlik qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirildi, yangi zamonaviy darsliklar o‘quvchilarning ma’naviy va aqliy ehtiyojlaridan kelib chiqib tayyorlandi hamda ta’lim sifati samaradorligini oshirishda innovatsion ta’lim texnologiyalariga tizimli yondashuv asoslari ishlab chiqildi, an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish darsliklarni yaratishda inobatga olindi. 37 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 5-sinf adabiyot darsligi “Adabiyot-so‘z san’ati” deb nomlangan kirish qismi bilan boshlanadi. Ushbu qismda o‘quvchilarning boshlang‘ich darajadan endi chiqqani, adabiyot darsligi bilan ilk bor tanishayotgani hisobga olinib, adabiyot, obrazli fikrlash nima ekani, adabiyotning nasr, nazm, dramaturgiya kabi adabiy turlar haqida qisqa ma’lumotlar berilgan. Undan keyin kelgan maqol va topishmoqlar esa o‘quvchilarni adabiyot olamiga asta-sekin yetaklab kirishga xizmat qiladi. Zamonaviy 5-sinf adabiyot darsligidagi asosiy o‘zgarish savol vatopshiriqlar qismida aks etgan. Ya’ni ushbu qismda mualliflar eski darslikdan farqli ravishda o‘quvchini mustaqil fikrlashga, izlanishga, yodlash emas, o‘ylashga undovchi savollar berishni istagan. Darslikning “Ertaklar olamida” bo‘limiga nazar tashlasak, unda Aka-uka Grimmlarning “Botir tikuvchi”1 ertagi yangi kiritilganini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyot darsligining 2016- yilgi nashrida Hans Kristian Andersenning “Bulbul” ertagi keltirilgan edi. Fikrimizcha “Botir tikuvchi” ertagi o‘quvchilarga tanish bo‘lgan odamlar haqida ekani, ularning tasavvurini yanada kengaytirishga xizmat qila olishi uchun ham yangi darslikka kiritilgan. Bundan tashqari darslikka O‘zbekiston Xalq shoiri Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida ma’lumot, uning “Hayotning har lahzasi go‘zal”, “Vatanjon”, “Tinch kunlar”, “Yer” singari she’rlari ham kiritilgan. Darslikka kiritilgan ushbu yangilik ham o‘quvchilar uchun manfaatli bo‘lgan deb o‘ylaymiz. Chunki shoir Anvar Obidjonning asarlari o‘quvchining yoshiga mos, zehnni o‘tkirlovchi, bolani fikrlashga, idrok qilishga undovchi va ravon asarlardir. Shoir o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaydi. U o‘z she’rlari, hech shubhasiz, bolaning poshsho ko‘nglidan joy oladi va ayni vaqtda unga ta’lim, tarbiya ham beradi. Masalan, uning “Yer” she’riga e’tibor beraylik: Bo‘shliqda tirgaksiz g‘ildirab, Qanotsiz bo‘zlagan olam bu. Goh Oydan, goh Kundan nur tilab, Sarson gizgizlagan olam bu. Ochilgan bahrimi o‘rmonlar, To‘kkan ko‘z Yoshimi ummonlar? Ko‘ksida g‘ar o‘tli vulqonlar, Bosh-puti muzlagan olam bu. Badiiy asarlar orqali yoshlarni sharqona odob-axloq qoidalari, urf-odatlar, milliy ma’naviyat va qadriyatlar bilan samarali tanishtirish mumkin. Shunga ko‘ra ta’lim mazmunida yoshlarning badiiy-estetik tarbiyasini ro‘yobga chi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan xalqaro reytinglar natijasida tuzilgan, o‘quvchilarni nafaqat ma’lumot olishlari, balki ularni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undovchi dasturlar asosida y…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan xalqaro reytinglar natijasida tuzilgan, o‘quvchilarni nafaqat ma’lumot olishlari, balki ularni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga undovchi dasturlar asosida y… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dars jarayoni, ko‘nikma, ta’lim, yangi darsliklar, kreativlik, kengaytirilgan texnologiyalar., pedagogik texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники