К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA MIKSODIATONIKANING O‘RNI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mulladjanova Hilolaxon Jamoliddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

В статье подробно рассматриваются миксодиатонические звукоряды, сформированные на основе натуральных ладов, а также способы их использования в произведениях композиторов Узбекистана. Ключевые слова: лад, тетрахорд, миксодиатоника, звукоряд, композитор, техника, тардиционная музыка. Annotation: The article examines in detail mixodiatonic scales formed on the basis of natural modes, as well as ways of using them in the works of composers of Uzbekistan. Key words: mode, tetrachord, mixodiatonic, scale, composer, technique, traditional music. Jaxon kompozitorlik amaliyotida XIX asrning ikkinchi yarmidan lad tizimining jadallik bilan kengayish jarayoni tahminan XX asrning yarmidan turli sintez tendentsiyalari bilan ajralib turadigan yangi bosqichga qadam qo‘ya boshladi. XX-XXI asr musiqasida tabiiy ladlarning ulushi nafaqat ortibgina qolmay, balki ularning turlari va foydalanish usullari ham sezilarli darajada boyidi. Asosiy tuzilmalar bilan bir qatorda murakkab, kombinatsiyalashgan, xilma-xil shakllar keng tarqaldi. Murakkablik lad shakllarining turli xil birikishlari, modal aralashmalar, bog‘lanishlar va qoplanishlar (nalojeniye) asosida yuzaga keladi. Natijada, miksodiatonika (bir nechta tabiiy lad belgilarining kombinatsiyasi) paydo bo‘ladi. Modal qorishuv shakllari, ya'ni o‘ziga hos “mikst”lardan foydalanish XX asrning ikkinchi yarmidan B.Bartok, P.Xindemit, I.Stravinskiy, S.Prokofьev ijodlarida keng tarqaladi. Musiqa istilohida 7ta tabiiy ladlar mavjud bo‘lib (doriy frigiy lidiy miksolidiy eoliy lokriy), ular sof ko‘rinishda an'anaviy musiqa va kompozitorlik ijodiyotda keng tarqalgan. Modal qorishuv (sintez, mikst) tabiiy ladlarning tetraxordlarini ketma-ket ulanishi(1) yoki bir vaqtning o‘zida(2) mujassamlanishi tamoyiliga ko‘ra birlashtirish asosida bo‘ladi. “Birinchi holda o‘ziga hos modal “gibrid”lar yuzaga keladi va ladlarning nomlanishida ham aks etadi: lidiy-miksolidiy, lidiy-eoliy, frigiy-ioniy. Ikkinchi holda esa murakkablashuv umumiy tayanch tonga ega tetraxord yoki pentaxordlarning qo‘llanilishi asosida yuzaga keladi” [1. 47b]. 76 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Bunda turli tabiiy lad pentaxord (tetraxord)larining qoplanishi (наложение) yuzaga keladi. B.Bartok bu usulni “xromatikaga zichlangan diatonika” deb ataydi. Pog‘onalarning variantli o‘zgartirishdan foydalanib, kompozitorlar turli hil tovushqatorlarga, shu jumladan, xromatik yarim tonlarni o‘z ichiga olgan tovushqatorlarga murojaat qilishadi. Ladning har qanday bosqichini variantli o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelgan xromatik komplekslar, turli lad tovushqatorlari modal tonlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Jumladan, Sh.Sobirovning torli cholg‘ular uchun “Kvartet”ining II qism mavzusi eoliy va frigiy ladi elementlarining o‘zaro birikishi asosida yozilgan. Turli lad tovushqatorlarining bir-biriga birikishi, birining elementlari boshqasining elementlari ichiga singishi asosidagi aloqani modal sintez deb atashimiz mumkin Ladlarning sintezi, ya'ni bitta umumiy tayanch asosida turli tovushqatorlarni umumlashishi natijasida barcha 12 tovushdan foydalanishga imkon beradigan mobil tuzilmalarning turli qatlami paydo bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash hodisa “polimodal xromatika” yoki “diaxromatika” deb nomlangan” 77 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo [1. 49-51b]. Yu.Xolopov esa “miksodiatonik modal xromatika” [2. 222-224b] tushunchasini qo‘llaydi va asosiy sharti sifatida faqatgina tabiiy lad tovushqatori elementlarini aralashtirish natijasida hosil bo‘lishini belgilaydi. M.Bafoyevning “Tagorga bag‘ishlov” turkumining №5 Fasli ioniy va frigiy lad tovushqatorlari elementlarining o‘zaro birikishiga asoslangan. №5 Fasl M.Bafoyev Aynan bir nechta pog‘onalarning variantli o‘zgarishi rang-barang melodik ifodaviylik bilan birgalikda sharqona kolorit timsoliga aylangan. Bu yerda re frigiy-ioniy tovushqatorlari elementlarining o‘zaro taqqoslanishi va mohirona birikishi kuzatiladi. Miksodiatonik tovushqatorlar xromatik intervallarni o‘z ichiga olishi mumkinligiga guvox bo‘ldik. Biroq, ko‘p hollarda xromatik tovushlar tug‘ridan to‘g‘ri bo‘rttirib yangragan holda taqdim etilmaydi (garchi ba'zan bu sodir bo‘lsa ham). Bu ularda diatonik ildiz ustunlik qiladi degan xulosaga kelishga to‘laqonli asos bo‘la oladi. Umumiy xulosalarga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotining rivojlanishi jarayonida modal ladlar va ayniqsa, tabiiy ladlar milliylikni tashkil qiladigan asosiy tayanch vosita sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va salmoqli o‘rinni egallab kelmoqda. Dastlabki jarayonlarda ular sof ko‘rinishda qo‘llanilgan bo‘lsa, tajriba va malakaning oshishi hamda ijodiy izlanishlar natijasida lad borasida yangiliklar (turli xil tuzilmalar, mikstlar) va 78 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo murakkabliklar yuzaga kelgan. Xususan, asarlarda turli lad tovushqatorlarining aralashishi turli yo‘llar bilan sodir bo‘ladi: miksodiatonikada turli ladlarning (tovushqa

Доказательный фрагмент

«В статье подробно рассматриваются миксодиатонические звукоряды, сформированные на основе натуральных ладов, а также способы их использования в произведениях композиторов Узбекистана.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье подробно рассматриваются миксодиатонические звукоряды, сформированные на основе натуральных ладов, а также способы их использования в произведениях композиторов Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mode, tetrachord, mixodiatonic, scale, composer, technique, traditional, an'anaviy musiqa., тетрахорд, miksodiatonika, tetraxord, traditional music., texnika, композитор, техника, миксодиатоника, лад, kompozitor, lad, тардиционная музыка., tovushqator, звукоряд
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники