Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMIY OʻRTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINING OʻRNI VA AHAMIYATI
Baymetov Botir Boltaboyevich · Xamraqulova Muqaddam Tojiqoʻzi qizi
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article gives a broad opinion about the role of teaching fine arts in secondary schools in the education of young people, presents the goals and objectives of science, world manifestations that contributed to the development of science, the role of fine arts in human development and gives methodological recommendations. Kalit soʻzlar: tasviriy san’at, oʻqituvchi, oʻquvchi, rassom, ijod, fikr, idrok, ta’lim-tarbiya, yosh avlod, borliq, tabiat, koʻnikma, rassom. Ключевые слова: изобразительное искусство, творчество, композиция, учитель, студент, художник, творчество, мысль, восприятие, образование, молодое поколение, сущность, природа, навыки, художник. Keywords: fine arts, creativity, composition, teacher, student, artist, creativity, thought, perception, education, young generation, essence, nature, skills, artist. “Yosh avlod bizni kelajagimiz poydevori va ertangi kunimiz asoschisidir!” Sh.M.Mirziyoyev Bugungi kunda yoshlarni ma’nan yetuk va barkamol qilib tarbiyalashda va tasavvur dunyosini kengaytirishda “Tasviriy san’at” fanining ahamiyati juda muhim hisoblanadi.Yosh avlodni barkamol, yetuk qilib tarbiyalash insoniyatning oldiga qoʻygan eng muhim maqsadlaridan biri demakdir. Hozirda milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimiz rivojini tasviriy san’at na’munalarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Adabiyot san’at va madaniyat yashasa,millat va xalq bezavol yashaydi!”. Darhaqiqat ijodkor insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Tasviriy san’at bilan shug’ullanish insonlarga estetik zavq bagʻishlaydi va ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Tasviriy san’at insonlarga atrofdagi mavjud ranglarni xilma-xilligini koʻra olish, dunyo goʻzalliklarini his qilish uchun yaqindan yordam beradi. Insoniyat yaratilibdiki, uning hayotida tasviriy san’atning ilk belgilari paydo boʻla boshlagan hamda yillar davomida rivojlanib, bugungi kunda necha-necha insonlarning sevimli kasbi va hayot mazmuniga aylanib ulgirgan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta'limini tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qoʻyildi. Shu maqsadda 1992-iyulda «Ta'lim toʻg'risida»gi qonun e'lon qilindi. Bu hujjatda koʻrsatilgan reja va tadbirlami amaliyotga 20 joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi deb qaraldi. Natijada umumiy oʻrta ta'lim maktablaridagi barcha oʻquv fanlari qatori «Umumta'lim maktablarida tasviriy san' at ta'limi konsepsiyasi» ham tayyorlandi va u Oʻzbekiston xalq ta'limi vazirligi kollegiyasining 1993-yil 5- maydagi 5-5-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsepsiyada qayd qilinganidek, uni tayyorlashda quyidagi omillar hisobga olingan edi: mustaqil Oʻzbekiston sharoitidagi oʻzbek bolasini shakllantirishga boʻlgan zamonaviy talablar, ta'lim-tarbiyani milliy madaniyat va san'at asosida amalga oshirishni kuchaytirish, ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda Oʻzbekiston Sharq mamlakati ekanligini hisobga olish va shu asosda badiiy ta'lim mazmuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish, maktabdagi badiiy ta'limni amalga oshirishda bolalarni fikrlashga, ishga ijodiy munosabatda boʻlishlikni kuchaytirish, ularni yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga qaratish; - maktabda bolalarni tasviriy san'atdan bilim va malakalarni puxta egallashlariga qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta'limni joriy etish,Oʻzbekiston maktablarida tasviriy san'at ta'limi mazmunini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish. Bu g'oyalar soʻzsiz barkamol komil insonni shakllantirishga zamin boʻlib, unda tasviriy san'atni oʻqitishning yaqin va uzoq yillarda rivojlantirishga moʻijallangan yoʻnalishlari bayon etildi. San’at atrof muhit, borliq va jamiyatdagi barcha narsalarni badiiy tasvirda ifodalanishidir. Tasviriy san’at hayotni va moddiy olamni shakllanishini aks ettirish, insonlarga uni bildirishda muhim vosita boʻlib hizmat qilmoqda. Yosh avlodni yetuk va barkamol qilib tarbiyalash bilan bir qatorda, yoshlarga sifatli ta’lim-tarbiya berish kelajakda yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun oʻz hissasini qoʻshuvchi yetuk kadrlar yetishib chiqishida muhim oʻrin tutadi. Hozirgi kunda qaysi bir rivojlangan mamlakatni olmaylik, sifatli ta’lim-tarbiya berish maktab yoshidan boshlanadi. Shu bilan bir qatorda yoshlarga maktab yoshidan boshlab san’at va tasviriy san’atni oʻrgatish mamlkatimiz oldidagi muhim vazifa hisoblanib kelmoqda. Shunday ekan bolalarni kichkligidanoq oʻqishga va uqishga oʻrgatib, qalbini mehr va ezguliklar bilan toʻldirib borsak, kelajakda ulardan yurtni koriga yaraydigan, oʻz vatanini sevib ardoqlaydigan komil insonlar yetishib chiqadi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holatda yoshlarni tarbiyalash jarayonida ularning qalbida tasviriy san’atga bolgan qiziqishlarini oshirish va san’atga boʻlgan mehr tuygusini yanada shakllantirish oldimizga qoʻygan maqsadga erishishda bevosita hizmat qiladi. Chunki tasviriy san’at inson qalbiga mehr uchqunini sochuvchi, insonni mehnatga, tabiatga
Доказательный фрагмент
«This article gives a broad opinion about the role of teaching fine arts in secondary schools in the education of young people, presents the goals and objectives of science, world manifestations that contributed to the…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article gives a broad opinion about the role of teaching fine arts in secondary schools in the education of young people, presents the goals and objectives of science, world manifestations that contributed to the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fine arts, creativity, composition, teacher, student, artist, creativity, thought, навыки, rassom, изобразительное искусство, художник, природа, education, oʻqituvchi, borliq, студент, мысль, образование, молодое поколение, skills, сущность, fikr, художник., творчество, young generation, nature, rassom., oʻquvchi, yosh avlod, perception, artist., учитель, композиция, восприятие, essence, tabiat, ijod, tasviriy san’at, idrok, koʻnikma, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025