К содержанию
РецензированоUZ2026

SARLAVHA – BADIIY KONSEPSIYANING SEMIOTIK KALITI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Isabayeva Gulhayo Farhod qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Alisher Navoiy nomidagi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article analyzes the skill of writers in choosing a title using the example of stories by such writers as Utkir Khashimov, Isadzhon Sultan and Guljakhon Mardonova, in which the image of the mother is highlighted. Keywords: plot, poetics of the title, artistry, semiotic key, composition, community, creative originality. Ona obrazi O‘tkir Hoshimov, Isajon Sulton, Guljahon Mardonova qissalarida yozuvchilarning yoshi, hayotiy tajribasi, qalamga olgan davri, geografik areali, ijodiy ta’sirlangan manbalari, dunyoqarashi, ijodiy niyati kabi ko‘plab hayotiy va adabiy-estetik omillar ta’sirida turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Zotan, muayyan asarga munosib sarlavha tanlash ham ijodkorning salohiyati va iqtidorini belgilashga asos bo‘la oladi.Chunki sarlavha kompozitsiyaning muhim unsurlaridan biridir. Badiiy asar strukturasini o‘rgangan ukrain filologi, professor Marten Feller ta’kidlaganidek: “Sarlavha muallif tomonidan shunchaki tanlanmaydi, uni vaziyat, maqsad, sharoit, emotsiya (hissiyot) yo mushohadaga yo‘nalgan fikrlash doirasi taqozo etadi”1. Demak, sarlavha tanlash jo‘n yumush bo‘lmay, unda yozuvchining badiiy-estetik fikr- mushohadalari, his-tuyg‘ulari faol ishtirok etadi. Hikoya janri va uning sarlavhasiga xos xususiyatlar haqida to‘xtalgan adabiyotshunos Hotam Umurov uning aniqlik, qisqalik, umumlashtiruvchilik, kitobxonni jalb etish jozibasi kabi bir qator yetakchi belgilarini ta’kidlab yozadi: “Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni talab etadi. Busiz go‘zal hikoya hech narsaga xizmat qilmaydi. Asar sarlavhasi bir yoki bir nechta so‘zda ifodalanishi, 1 Феллер М. Структура произведения. –М.: Книга, 1981 – С. 90 114 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yuzlab sahifalarga sochilgan fikrni o‘zida aniq, nomlanishidanoq o‘quvchini o‘ziga jalb qilishi lozim. Bu juda ham azobli, ayni chog‘da rohatlidir.”2. Bizningcha, yuqoridagi fikrlarni qisman rivoyaviy janr bo‘lgan qissaga nisbatan ham qo‘llash mumkin. To‘g‘ri, qissada qahramon hayotining bir lavhasi emas, balki uning o‘zi yetakchi planga chiqadi. Hayotiy qamrov birqadar kengayadi. Syujet va kompozitsiya ham shunga mutanosib tarzda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. Ammo sarlavhaning qisqa, ixcham va jozibador bo‘lishi qissani ham bezaydi. Haqiqatdan ham asarning nomidanoq u nima yoki kim haqidaligi bilib olishimiz, ma’lum tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. Adabiyotshunos Komiljon Hamroyevning yozishicha: “Ijodkor matn mazmunini ma’lum bir so‘z yoxud jumlaga jo qilar ekan, badiiy asar mohiyatini sarlavhaga yashiradi. Boshqacha aytganda, sarlavha ijodkorning badiiy niyati, asar g‘oyasi, obrazlar tizimi va barcha unsurlarni yagona fokusga jamlovchi mitti asardir.”3 Anglashiladiki, badiiy sarlavhaning o‘ziga xos poetik ko‘rinishlari bor. Ayrim asarlar mazmuni sarlavhada anglashilsa, ba’zi asarlarda bu yashirin tarzda beriladi. Sarlavha nomidan o‘quvchi asarning nima haqida ekanligini bila olmaydi. Shuni nazarda tutgan professor Abdug‘afur Rasulov: “Badiiy asarning nomi – semiotik kalit. Kalit esa mohiyati, borlig‘ini belgilovchi konsepsiyaning aniq, lo‘nda ifodasi. Ifodalanayotgan konsepsiya hayotiy, to‘liq anglab yetilgan bo‘lsa, yozuvchi dastxati ravon, jumla-yu kalomlar mag‘izi to‘q bo‘ladi.” 4.- deb ta’kidlaydi. “Dunyoning ishlari” qissasi sarlavhasidan uning bosh qahramoni ona obrazi ekanligini anglanmaydi. Muallif dunyoning ishlari haqida yozar ekan, undagi har bir shaxs, narsa, voqeani ona obraziga bog‘liq tarzda ko‘rsatib beradi. Qissani mutolaa qilmoqchi bo‘lgan kitobxon sarlavha tufayli “Dunyoning ishlari” degan falsafiy birikma zamirida chuqurroq ma’no yotishi mumkinligini anglaydi va qissaning har bir sahifasini o‘qish chog‘ida dunyoning ishlari shu ekan-da, degan xulosaga keladi. Ushbu qissada sarlavha muallif badiiy niyatini yashirsada, asar boshidagi “Muallifdan” deya berilgan izoh ijodkor maqsadini oydinlashtiradi: “Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq, ularning barchasida men uchun eng aziz odam- onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi, xalos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog‘langan. Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi, aziz Onajonlar!”5. Ushbu o‘rinda muallif izohi asarning mazmuni, g‘oyasi, bosh qahramoni haqida qisman bo‘lsa-da ma’lumot berish uchun xizmat qilgan. Yozuvchi qissani tashkil etgan 33 ta novellaning har biriga alohida sarlavhalar qo‘yadi. Ular voqealar, qahramonlar haqida muayyan tasavvur beradi. Isajon Sulton qissasida sarlavha poetik ochqich vazifasini bajaradi. Kitobxon asar sarlavhasidan uning qahramoni va g‘oyaviy mazmuni haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘ladi. Darhaqiqat, “Onaizorim” qissasi sarlavhasi qissa semantek-sturuktur xususiyatlarini, badiiy konsepsiyasini ifoda etadi. “Onaizorim” so‘zining o‘ziyoq kitobxonga ona va farzand o‘rtasidagi samimiy va mehrli muno

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the skill of writers in choosing a title using the example of stories by such writers as Utkir Khashimov, Isadzhon Sultan and Guljakhon Mardonova, in which the image of the mother is highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the skill of writers in choosing a title using the example of stories by such writers as Utkir Khashimov, Isadzhon Sultan and Guljakhon Mardonova, in which the image of the mother is highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
plot, poetics of the title, artistry, semiotic key, composition, community, художественность, semiotik kalit, creative originality., badiiy mahorat, qissa, mushtaraklik, творческое своеобразие, семиотический ключ, поэтика названия, sarlavha poetikasi, kompozitsiya, композиция, общность, ijodiy o‘ziga xoslik, сюжет
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники