К содержанию
РецензированоUZ1988

HUMOYUN AKBAR SHE’RIYATIDA VATAN MAVZUSI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Rahmonberdiyeva Nurjahon Humoyun qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 1988

Аннотация

Based on the poet’s poems, the article analyzes the problem of the consept of the Motherland in the poems of Humoyun Akbar. The idea of the national anthem in the poet's poems is explained on the basis of the biographical method. Image style, landscape issues are defined on the basis of examples. Keywords: concept, way of expression, form and content, phonetic style, linguistic unity, art, rhythm, metaphor, methodology. Adabiyotga har bir shoir o‘z dunyoqarashi, fikrlari va tuyg‘ulari bilan kirib keladi. Uning o‘z aytadigan so‘zi bo‘lmasa, o‘z o‘quvchilari bo‘lishi amrimaholdir. Garchi, she’riyat inson tuyg‘ularining rangin tasviri hisoblansa-da, she’rda biron teran fikr, g‘oya o‘z aksini topishi lozim. Ayniqsa, bugungi kun o‘quvchisining talablari juda yuqoriligini hisobga olsak, she’r benuqson taqdim etilishi kerak. Vatan tuyg‘usi har bir yurakda har xil jilvalanadi. Vatan haqidagi she’rlarning nafis va diltortar ohanglariga mast bo‘lish bilan birgalikda ba’zi zo‘raki madhiyalarning qofiyalari orasida adashib qolish ham hech gap emas. Ammo, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri ta’biri bilan aytganda, Humoyun Akbarning “tuyg‘ulari samimiy” va “izhorlari rost”1. Shoirning ilk she’riy to‘plamlaridagi “E’ritof”(1988), “Bu bolaga xayol bering”(1989), “Vatangado”(1998), “Men tug‘ilgan uy”(1998), “Qishloq”(1999) “Talabalar shaharchasida”(1999) turkumidagi she’rlarida tug‘ilib o‘sgan uyga, qadrdon so‘qmoqlarga, ona qishloqqa, ota makonga muhabbat izhor etilgan bo‘lsa, keyinroq “Vatanni his etish”(2010), “Afsonalar yurti”(2012), “Bir siqim tuproq”(2012), “Nasaf qal’asi”(2012), “Afrosiyob tepaliklari (2012), “Dovon yo‘li” (2012), “Samarqand yo‘lida”(2012), “Sirdaryo”(2012), “Mirzacho‘l”(2012), “Yer isi”(2012), “Andijonda qurilmagan minoralar”, (?) “Vatan ranglari”(2022) , yangi she’rlardan “Bu yurtni bilmaslar”, “Jahon ayvonida”, “Bug‘doyzor” “Andijon” she’rlarida qamrov ancha kengayib shoir o‘zining yurtiga, Vataniga, Yerga mehr tuyadi. Ijodkor uchun endi nafaqat Andijon, balki Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Mirzacho‘l, hatto Qoraqalpog‘iston ham Vatandir. U endi o‘zini butun Yer yuziga daxldor deb biladi. Humoyun Akbar she’riyati nafis tuyg‘ularga, lirik kechinmalarga juda boy. U qaysi mavzuda qalam tebratmasin, hodisani butun qalbi bilan his eta oladi. Ohori to‘kilmagan, yangiroq ibora yo tashbehlar topadi. Ba’zan mukammal, quyma satrlar kashf etadi. Masalan, uning ona qishlog‘i haqidagi she’rida yorqin bir mehr nuri tovlanib turibdi: 1 Humoyun A. Intihosiz navolar. – T.: “Muharrir” nashriyoti, 2012 . 3-b. 117 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Salom, Meni kutgan-kutmagan, Kuzgi gullar, Oltin yaproqlar, Dalalarning ko‘ksidan o‘tgan, Dehqon umri kabi so‘qmoqlar! Bu jonli manzara, kishi ko‘z o‘ngida uzoq bolalikdagi kichik bir qishloqning surati, mehnatkash, betinim qishloqning siyrati va ziynati! Shoirning xayoli chuksiz, yeru-osmonni kaftida ko‘rib turganday: To‘lin oymomani quchoqlab olib Bulutlar ustidan tashlaysan odim. Shoir falsafiy chuqur, aytadigan gapiga o‘quvchini ishontirish, yolg‘on hissiyotga berilmaslik kabi holatlarni ustalik bilan ifodalay oladi. Uning “Ishonchsizlik” sarlavhali she’rida shunday satrlarga duch kelamiz: Bu ko‘chaning gadolari ko‘r, Gadolarning duolari ko‘p, Duolarning xatolari ko‘p, Bo‘larmikan bari ijobat? Tabiat manzaralarini so‘z bilan aynan chizish, uning asl qiyofasini buzmaslik uchun shoirning ko‘zi o‘tkir, zehni sezgir, ilhomi uyg‘oq bo‘lishi lozim. “Tog‘larning ko‘z yoshlari” she’ridagi quyidagi misralarga e’tibor beraylik: Biz yo‘qotgan hazina, xayol, Bizga tinchlik bermagan o‘ylar, Tog‘larning ko‘z yoshiday zilol, Buloqlarning tilida kuylar. Shoirning “Dars”, “Hayot”, “Parvona”, “Andijon”, “Shukrona” kabi she’rlarida o‘quvchini o‘yga toldiradigan, uni adolat va haq ishiga undaydigan ruhiy quvvat mavjud bo‘lib, yurak tafti, tuyg‘ular silsilasi satrlardan satrlarga ko‘chadi, xulosa esa yaxlit, dangal aytiladi. Ulug‘ adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov ta’kidlashicha, shoir iste’dodli bo‘lishi mumkin, ammo u mayda-chuyda kayfiyat xolatlari atrofida o‘ralashib qolsa, yozganlari odamlar xotirasida iz qoldira olmaydi. Humoyun Akbar hamisha omma ichida, ayniqsa, yoshlar bilan ishlaydi, nafas oladi, ularning orzulari, intilishlari, hayotga munosabatlarini teran anglash uning ijodida yangi omil, ko‘tarilish yo‘lini ochib berishi mumkin. Mustaqillik hamma sohada o‘zgarish, yangilanish kabi imkoniyatlarni yaratib berdiki, buni badiiy adabiyot sohasida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Erk va hurlik, o‘z yeri, o‘z Vatani kelajagini qo‘lga olgan xalq baxt- saodati haqida qayg‘urish har bir ijodkorning asosiy burchidir. Humoyun Akbar bir she’rida o‘zini-o‘zi tan olib shunday deb yozadi: 118 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Ey, otalar yurti, muqaddas tuproq, Hanuz bitolmadim sen kutgan she’rni, Bahoring gullarin ocharmi tezroq, Oftob nurlariday sochilsa mehrim. Shoirning “Ko‘nglim guli” kitobiga “Qalb qal’asi” nomli

Доказательный фрагмент

«Based on the poet’s poems, the article analyzes the problem of the consept of the Motherland in the poems of Humoyun Akbar.»

Образец извлечения

Демо-превью

Based on the poet’s poems, the article analyzes the problem of the consept of the Motherland in the poems of Humoyun Akbar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
concept, way of expression, form and content, phonetic style, linguistic, art, methodology., lisoniy birlik, metaphor, uslubiyat., ritm, metafora, badiiyat, rhythm, fonetik uslub, linguistic unity, konsept, ifoda usuli, shakl va mazmun
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники