К содержанию
РецензированоUZ2026

CHET TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sabirjonova Dilnoza (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Chet tillarni o‘qitish jarayoni, yangiliklar va innovatsion metodlarni qo‘llash orqali yanada samarali bo‘lishi mumkin. Ushbu tezisda chet tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion metodlar tahlil qilinadi. Xususan, interaktiv o‘qitish, o‘yinlar va multimedia texnologiyalar kabi usullar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu metodlarning ta’lim sifatiga, talabalar motivatsiyasiga va o‘qitish samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Innovatsion metodlar, multimedia texnologiyalar, ta’lim, interaktiv o‘qitish. Annotation. The process of teaching foreign languages can be made more effective through the application of innovations and new methods. This thesis analyzes the innovative methods used in foreign language teaching. In particular, interactive teaching, games, and multimedia technologies are discussed. Additionally, the impact of these methods on educational quality, student motivation, and teaching effectiveness is examined. Keywords: Innovative methods, multimedia technologies, education, interactive teaching. Xorijiy tillarni o‘qitish bugungi kunda global talablarga javob beradigan muhim soha hisoblanadi. Chet tillarni o‘qitish jarayonida an’anaviy metodlardan tashqari, innovatsion metodlarni qo‘llash zarurati ortib bormoqda. Bu esa talabalar o‘rtasida chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va ularning til ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida chet til bilan ona tilini taqqoslab o‘rgatish samarali natija beradi. Xorijiy tillarni o‘rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o‘rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vatqda nafaqat chet tiliga o‘qitish bo‘yicha balki barcha fanlarga o‘qitishni, o‘rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko‘rish to‘g’risida ko‘p ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta’lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim muammolardan biridir. Agar avval chet tili o‘qitish shu til sistemasini o‘rganish deb qaralgan bo‘lsa, keyingi yillarda o‘qitishdagi muhim ko‘zlangan narsa bu o‘quvchilarni chet til nutqini o‘stirishdan iborat bo‘ldi. Shuni aytish kerakki chet til o‘rganishdagi bu maqsadlar, o‘z-o‘zidan yoki boshqa kimsalar yoki shaxs tomonidan qo‘yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya fanlaridagi o‘zgarishlar va jamiyatning ijtimoiy rivojlanib borishi bilan chambarchas bog’liqdir[1]. Xorijiy til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchi-talabaning to‘plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o‘rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatish ko‘p jihatdan chet til o‘qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo‘llanilishiga bog’liq hisoblanadi[2]. Innovatsion metodlar chet tillarni o‘qitishda quyidagi ijobiy ta’sirlar keltirib chiqaradi[3]: 26 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Talabalar motivatsiyasi - interaktiv va qiziqarli usullar talabalar o‘rtasida chet tiliga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. O‘qitish samaradorligi - innovatsion metodlar yordamida talabalar tezroq va samarali tarzda yangi til ko‘nikmalarini egallaydilar. Tillararo aloqalar - o‘yinlar va interaktiv faoliyatlar orqali talabalar bir-biri bilan muloqot qilib, tilni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi[4]. Xorijiy til darslarida innovatsion usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to‘g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar va o‘yinlar o‘quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O‘quvchi darslarga puxta hozirlik ko‘rishga intiladi. Bu esa o‘quvchilarni ta’lim jarayonining subyektlariga aylantiradi. Chet tilini o‘qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o‘quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so‘zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Xorijiy tilini o‘rganishga ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo‘lishiga olib keldi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to‘g’ri va unumli foydalanilganidadir. Chet tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarning qo‘llanilishi jarayoni yanada samarali va qiziqarli qiladi. Interaktiv o‘qitish, o‘yinlar, multimedia texnologiyalari va virtual haqiqat kabi usullar talabalar motivatsiyasini oshirib, ularning til ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘qituvchilar innovatsion metodlardan foydalangan holda, chet tillarni o‘qitish jarayonini yangilash va takomillashtirishlari zarur.

Доказательный фрагмент

«Chet tillarni o‘qitish jarayoni, yangiliklar va innovatsion metodlarni qo‘llash orqali yanada samarali bo‘lishi mumkin.»

Образец извлечения

Демо-превью

Chet tillarni o‘qitish jarayoni, yangiliklar va innovatsion metodlarni qo‘llash orqali yanada samarali bo‘lishi mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Innovative methods, multimedia technologies, education, interactive, multimedia texnologiyalar, ta’lim, Innovatsion metodlar, interaktiv o‘qitish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники