К содержанию
РецензированоUZ2026

XXI ASR O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA HIKOYACHILIK JANRINING RIVOJI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Boltayeva Barnoxon Botir qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 3 · 41-45 · 2026

Аннотация

Modern Uzbek storytelling is more than a hundred years old. It is devoting his life to the enlightenment of man's self-awareness. Of course it is the literary and creative experiences of many of our writers in the formation and development of the genre collected and got its present appearance Key words: epic, genre, type, metaphor, plot, modernism, image, symbol. Аннотация: Современному узбекскому рассказание уже более ста лет. Он посвящает свою жизнь просветлению самосознания человека. Конечно, именно литературный и творческий опыт многих наших писателей в становлении и развитии жанра собрался и получил свой нынешний вид. Ключевые слова: эпос, жанр, тип, метафора, сюжет, модернизм, образ, символ. KIRISH. Hikoya badiiy adabiyotda o‘ziga hos o‘ringa ega bo‘lgan kichik epik janr hisoblanadi va unda ijodkor tomonidan yoritiladigan mavzular insonlarning kundalik turmush tarzi , orzu va umidlari bilan birga ko‘ngil kechinmalari ixcham bayon qilinadi.U inson va uning o‘y hayollari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli o‘tmishda folklor asarlari tarkibida bayon qilingan .O‘zbek adabiyotshunosligi nasrida hikoya saviyasi baland bo‘lgan didaktik ma’no kasb etuvchi va odamlarga ma’naviy ozuqa berish uchun xizmat qiladigan badiiy janr. TADQIQOT MATERIALLARI VA METADOLOGIYASI. Hikoya janrining o‘ziga xos jihatlari jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida chuqur o‘rganilgan. Jumladan, Norvegiyalik adabiyotshunos Xuan Rulfo hikoya janri haqida “Mening nazarimda hikoya romandan ham qiyin va mas’uliyatli janrdir” deb ta’kidlaydi [1.63]. Bundan shuni anglash mumkinki hikoya kichik epik janr bo‘lsada u orqali insonga butun bir romon bera oladigan ma ‘naviy ozuqani yetkazib bera olish mumkin, biroq bu yozuvchidan katta mas‘uliyat va mahoratni kasb etadi. O‘zbek adabiyotida hikoyachilik janrining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan Abdulla Qahhor hikoya janrida qisqalikka intilganligi bilan ajralib turadi. Adib bir maqolasida: “Men hikoyachilikni juda yaxshi ko‘raman va shu bilan birga, hamma vaqt qalamimning qayrog‘i, deb qaraganman”, degan fikrni ta’kidlaydi [2.222]. O‘zbek adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishiga o‘zining tarbiyaviy hikoyalari bilan hissa qo‘shgan bir qator yozuvchilar mavjud. Jumladan, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, G‘afur G‘ulom, Shukur Xolmirzayev, O‘tkir Hoshimov, Normurod Norqobilov, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Shoyim Bo‘tayev, Sobir O‘nar, Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam va boshqalar [3:186]. XX asr hikoya janridagi eng ko ‘p qo‘llanilgan mavzular tarixiy 79 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo voqealar , milliy urf odatlar va an‘analar, sevgi ,sadoqat , vatanga bo‘lgan muhabbat mavzularida yoritilgan bo‘lsa bugungi XXI asr zamonaviy hikoyachiligida insonlarning kundalik hayot tarzi , zamonaviy o‘zgarishlar, xalqimizning oʻzligini tanishi va mentaliteti insoniyat yutuqlarini aks ettirib o‘zgarib borayotgan zamonga moslashib bormoqda. Mazkur yillarda e’lon qilingan hikoyalarning mavzu va mundarijasi ,umuminsoniy qamrov ko‘lami badiiyligi-strukturasi, obrazlari va uslubi keyingi ellik yillarda yozilgan hikoyalarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Ularda xalq hikoyachiligi tajribalari ham, mumtoz adabiyot an’analari ham jahon, jumladan, turk, yapon, rus, Lotin Amerikasi, ingliz, fransuz, amerika prozasi unsurlarini ham ko‘rish mumkin. [4:103]. NATIJALAR VA MUHOKAMA. Demak XXI asr hikoya janrida ham tom ma‘noda modernism nafasi sezilib turadi deya ayta olamiz chunki endilikda adabiy jarayon yangicha ko‘rinish kasb etmoqda uning o‘ziga hos jihati inson psixologiyasini keng yorita bilishi va ko‘plab ijodkorlari asarlarida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” asosiy mavzulardan biri ekanligi bilan ajralib turadi. Qaysidir ma’noda zamonaviy adabiyot o‘zbek adabiyotida tub burilish davri bo‘ldi. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti haqida adabiyotshunos olim Hakimjon Karimov shunday xulosa qiladi: “Zamonaviy oʻzbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo boʻlishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir” [5:4] Modernizm adabiyotida yaratilgan hikoyalarni o‘rganar ekanmiz, ijodkorlar har bir insonni alohida bir olam sifatida tasvirlashga uringaniga amin bo‘lamiz. Hayot haqiqatini anglab, o‘z ruhiyatini taftish qiladigan qahramonlar yaratish orqali badiiy olamni haqiqatga aylantirmoqdalar. Bunday g‘oyalarni Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi, Ulug‘bek Hamdam yaratgan hikoyalar orqali kuzatish mumkin. Quyida Nazar Eshonqulning“ Xaroba shahar surati”, “O‘lik mavsum”, “Qo‘l, “Farishta” hikoyalari; Abduqayum Yo‘ldoshevning “Quduq”, “Bo‘lishi mumkin emas” hikoyalari; Ulug‘bek Hamdamning “Ko‘zini ochib yumgan odam”, “Pillapoya” hikoyalari tadqiq qilingan [6:137]. Ahmad A’zamning “Hayot bor” (2011), Abduqayum Yo‘ldoshevning “Puankare” (2014), Nurulloh Muhammad Raufxonning “Kulba” Oyoqda” (2014), H. Do‘stmuhammadning “Qichqiriq” (201

Доказательный фрагмент

«Modern Uzbek storytelling is more than a hundred years old.»

Образец извлечения

Демо-превью

Modern Uzbek storytelling is more than a hundred years old. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
epic, genre, type, metaphor, plot, modernism, image, symbol, метафора, timsol., epik, sujet, tip, жанр, модернизм, janr, эпос, символ., symbol., majoz, тип, образ, obraz, сюжет
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники