Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA SHERNING PUBLITSISTIK FAOLIYATI VA UNING AHAMIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xamroyeva Dilnoza Jumanazarovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 1982
Аннотация
Abdulla Sher serqirra ijodkordir. U o‘zbek adabiyotida shoir, olim, publitsist, tarjimon sifatida tanildi. Uning publitsistikaga kirib kelishi, bu sohada ham yuksak o‘rinni egallagani, davriy nashrlar bilan bog‘liq faoliyati, o‘tkir publitsistik maqolalari haqida ushbu maqolada so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Publitsistika, sonet, maqola, xotira maqola, gazeta, jurnal, matbuot, bosh maqola, nazariy maqola, targ‘ibot maqola, muammoli maqola. Abdulla Sherni ko‘p qirrali ijodkor deya olamiz. U bir vaqtning o‘zida olim, shoir, publitsist, tarjimonlik rutbalaridan o‘rin oldi. Abdulla Sher mohir publitsistdir. U uzoq yillar “Yosh fizkulturachi” gazetasi, “Guliston”, “Yoshlik” jurnallarida faoliyat olib bordi. Abdulla Sher ham ijodini bevosita badiiy publitsistika bilan bog‘ladi. “Yoshlik” jurnalida mas’ul kotib bo‘lib ishladi. “Yoshlik” jurnalining tashkil etilishini shoir shunday eslaydi: “Erkin aka bilan biz 1982- yili rahmatli Sarvar Azimovning topshirig‘i bilan “Yoshlik” jurnalini tashkil etdik. U kishi – bosh muharrir, men – mas’ul kotib. Erkin aka kadrlar masalasini menga topshirdi. Men bir paytlar o‘zim ishlagan afsonaviy “Guliston” jurnalining sobiq xodimlarini yig‘dim: Sa’dulla Siyoyev, Erkin A’zam, Xayriddin Sulton, Sulaymon Rahmon…”1 Uning adabiyotdagi yutuqlarida Mirtemir, Asqad Muxtor, Sarvar Azimov kabi ijodkorlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Abdulla Sher Shukur Xolmirzyev, Safar Barnoyev, Ma’ruf Jalil, Tilak Jo‘ra, Omon Muxtor, Otayor, Xayriddin Sulton, Erkin A’zam, Sa’dulla Siyoyev, Sulaymon Rahmon kabi ijodkorlar bilan bir vaqtda adabiyotga kirib keldi. U ijodni maktab davrlaridanoq boshladi. O‘quvchilik kezlaridayoq kichkina maqolalar yozishni boshladi. “Uning maqolachalari asosan, dala mehnatkashlariga bag‘ishlangan bo‘lib, “Boltavoy – mirishkor suvchi”, “Norxol pillachi”, “G‘o‘za qator oralariga mahalliy o‘g‘it tashlash boshlandi” kabi mavzularda edi. Unga 40 tiyin yoki 50 tiyin qalam haqi ham berishardi. 1968- yilga kelib, u she’r yoza boshladi”2. Dastlabki she’ri tuman gazetasida bosilgach, birin-ketin she’riy to‘plamlari yaratildi. Publitsistika sohasi bo‘yicha bir qator olimlar ilmiy faoliyat olib borgan. Y. Jurbina3, A. Grechnev4, T.Ernazarov5, I. Mirzayeva6 va boshqalar faoliyatida badiiy pubtitsistika sohasida qilingan bir qancha ilmiy ishlarni ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek publitsistikasining shakllanish bosqichiga e’tibor qaratilsa, bu matbuot vujudga kelgan vaqtlarga to‘g‘ri keladi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ziyolilar tomonidan vaqtli matbuot nashrlari vujudga keldi va maqola ko‘rinishidagi matnlar bosila boshladi. Ammo O. Tog‘ayev7 bunday fikrdan chekinib, Sharq pubtitsistikasi uzoq tarixga ega ekanligini ta’kidlab, Kaykavusning “Qobusnoma”, Alisher 1 https://t.me/yozuvchilar_uz 2 https://uzhurriyat.uz/2024/02/28/hassasi-gullagan-shoir/ 3 Е. Журбина, Теория и практика художественно-публицистических Жанров, М., 1969. 4 В. Гречнев, Жанр литературного портрета в творчестве М. Горкого, М., 1964 5 Т. Эрназаров, Туркистонда вақтли матбуот. – Т.: 1959. 6 Мирзаева И. Бадиий очеркнинг баъзи масалалари. – Т.: Фан, 1964. 7 О. Тоғаев. Ўзбек бадиий публицистикаси. – Т.: Фан, 1973. – Б.5. 50 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Munshaot”, “Majolis un-nafois” kabi asrlarni misol tariqasida keltiradi va bu asarlarda maqola, ocherk va satiraning ayrim ko‘rinishlari borligini ta’kidlaydi. Umuman olganda, publitsistikada tuyg‘ularga kuchli ta’sir ko‘rsata oladigan vosita obrazlilikdir. Ammo hamma vaqt ham bunday emas. Unda ba’zan ifoda obrazi, ya’ni so‘z obrazi mavjud bo‘ladi. Abdulla Sher o‘zbek adabiyoti rivoji uchun publitsistika sohasida ham iste’dodini sinab ko‘rdi. Uning uzoq yillar vatqli matbuot nashrlarida faoliyat olib borgani bundan dalolat beradi. Uning maqolalarida shoirning o‘tkir tafakkuri sezilib turadi. Jumladan, “Sonet sirlari” yoki Mirtemir va Asqad Muxtor haqidagi xotira maqolalari fikrimizning yorqin dalilidir. Jumladan, “Sonet sirlari” maqolasida publitsist ushbu janrni faqat 14 qatordan iborat she’r emas, balki yuksak mahorat talab etiladigan she’riy shakl ekanligini ta’kidlaydi. Adabiyotshunos olim D. Qur’onov “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da sonetga shunday ta’rif beradi: “Sonet – qat’iy she’r shakllaridan biri, shakl xususiyatiga ko‘ra tasnif etiluvchi lirik janr. Sonet o‘n to‘rt misradan tarkib topib, ikkita katren va ikkita tertsetni o‘z ichiga oladi”8. Sonet janri tarixiga e’tibor qaratsak, XIII asrda vujudga kelgan ushbu janrning birinchi bandida fikr aytiladi. Ikkinchi bandda fikr rivojlantirilgach, uchinchi bandda yechim va to‘rtinchi bandda xotima beriladi. Ushbu janrning rivojlanishida Petrarkaning o‘rni beqiyos. Sonetning go‘zal namunalari Dante, Ronsar, Shekspir, Gyote, rus adabiyotidan Pushkin, Lermontov, A. Axmatovalar ijodida o‘zbek she’riyatiga esa o‘tgan asrning 30-yillarida kirib kelgan bo‘lib, U. Nosir, B. Boyqobilov, Rauf Parfi va boshqalar ijodida uchraydi. Abdulla Sher o‘z maqolasida sonetning bir qan
Доказательный фрагмент
«Abdulla Sher serqirra ijodkordir. U o‘zbek adabiyotida shoir, olim, publitsist, tarjimon sifatida tanildi. Uning publitsistikaga kirib kelishi, bu sohada ham yuksak o‘rinni egallagani, davriy nashrlar bilan bog‘liq fa…»
Образец извлечения
Демо-превьюAbdulla Sher serqirra ijodkordir. U o‘zbek adabiyotida shoir, olim, publitsist, tarjimon sifatida tanildi. Uning publitsistikaga kirib kelishi, bu sohada ham yuksak o‘rinni egallagani, davriy nashrlar bilan bog‘liq fa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sonet, muammoli maqola., gazeta, maqola, matbuot, Publitsistika, xotira maqola, bosh maqola, jurnal, targ‘ibot maqola, nazariy maqola
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024