Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING KECHAGI VA BUGUNGI KUNI, ULARGA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR (JIZZAX VILOYATI IIB JXX HUQUQBUZARLIK PROFILAKTIKASI XIZMATI MISOLIDA)
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Toshxo‘jayev Mirzabek Abdujabbor o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2017
Аннотация
Maqolada profilaktika inspektorlarining o‘tgan va hozirgi vaqtdagi faoliyatiga oid islohatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, ish hujjatlarini elektronlashtirish jarayoni hamda faoliyatini baholab boruvchi axborot tizimlari, davlat idoralari va jamoatchilik tashkilotlari bilan xamkorlik masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: tayanch punkti, profilaktika inspektori, huquq-tartibot maskani, normativ- huquqiy hujjatlar, islohatlar, elektronlashtirish jarayoni, axborot tizimlari, xizmat uylari, xizmat faoliyatini baholash. Bugungi kunda jamiyatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlikda zaruriy profilaktik chora- tadbirlarni amalga oshirish vazifasi dolzarb bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti ichki ishlar organlariga xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashda jinoyat oqibatlari bilan emas, balki, bu illatning barvaqt oldini olish vazifasini bosh vazifa etib belgiladi. Bu sharafli vazifani bajarish esa amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun- mohiyatini ifoda etadi. So‘nngi vaqtlarda ichki ishlar organlarida o‘tkazilgan va davom etayotgan islohatlarning asosiy maqsadi jinoyatni fosh qilish emas, balki uning oldini olishga erishish bo‘ldi. Bunga erishish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotda yo‘lga qo‘yildi. Buni ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari qatorida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati yo‘nalishi rivojida ham yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarini xizmat turar-joylari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi PQ-2906-son Qarori bilan Jizzax viloyati hududida faoliyat olib borayotgan 256 nafar profilaktika inspektorlarining har biriga xizmat uylari qurib berilib, ixtiyoriga foydalanish uchun topshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son Qaroriga asosan mamlakatimizda inson huquq va manfaatlari ustuvorligini ta’minlash borasida samarali va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, buning shamoli Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining ham ko‘kragiga tegdi. Xususan, 2019-yilda mavjud mahallalarning ijtimoiy va kriminogen vaziyati, tayanch punktlarining joylashgan o‘rnini inobatga olgan holda, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 38 ta profilaktika inspektori shtat birligi ajratildi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoniga muvofiq profilaktika inspektorlari soni keskin ko‘paytirilib, har bir mahalla, eng olis, chekka qishloq va ovullargacha xalq bilan 108 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ishlaydigan, uning dardu-g‘amiga hamdard, quvonch-tashvishiga sherik bo‘lishga, hamnafas bo‘lishga qodir, jismonan yetuk va ma’nan bilimli profilaktika inspektorlari faoliyat ko‘rsatishiga erishildi. Ilgari ichki ishlar organlarining mahallada ishlaydigan xodimi – profilaktika inspektori turli “yugur–yugurlar”, ortiqcha ishlar bilan o‘ralashib qolgan, uyi u yoqda-yu, ishi bu yoqda bo‘lgan, ulovsiz bir xodim edi. Bugun esa bu xodim mahallada uyi, tagida ulovi, xizmat qilsa elda hurmat-e’tibori bor mavqeli posbon bo‘ldi. Profilaktika inspektorlari tomonidan vakolat doirasiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan qo‘llanilgan jarimalardan undirilgan mablag‘ hisobiga tashkil etilgan jamg‘armadan mukofotlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tartib asosida pul mukofotlari profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillariga rag‘batlantirish tariqasida topshirilmoqda. Yaratilgan shart-sharotlar va ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishlariga muvofiq har yili o‘tkazib kelingan “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida uch marotaba faxrli birinchi o‘rin qo‘lga kiritilib, tayanch punktlarning moddiy-texnik ta’minotini rivojlantirish maqsadida “Matiz” rusumli xizmat avtomashinalari bilan taqdirlandi. Shuningdek islohotlar natijasida profilaktika inspektorlarining oylik maoshida ham o‘zgarishlar bo‘lib, o‘rta hisobda 108 foizga o‘sish qayd etildi. Eng muhimi, ilgari 10-15 ming aholi yashovchi ikki yoki uchta mahallalarga bir nafar profilaktika inspektori xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoniga muvofiq hozirda har bir mahallaga bir nafardan alohida profilaktika inspektori faoliyat yuritib kelmoqda. Yana bir jih
Доказательный фрагмент
«Maqolada profilaktika inspektorlarining o‘tgan va hozirgi vaqtdagi faoliyatiga oid islohatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, ish hujjatlarini elektronlashtirish jarayoni hamda faoliyatini baholab boruvchi axborot tizim…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada profilaktika inspektorlarining o‘tgan va hozirgi vaqtdagi faoliyatiga oid islohatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, ish hujjatlarini elektronlashtirish jarayoni hamda faoliyatini baholab boruvchi axborot tizim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xizmat uylari, xizmat faoliyatini baholash., elektronlashtirish jarayoni, tayanch punkti, profilaktika inspektori, normativ-huquqiy hujjatlar, islohatlar, huquq-tartibot maskani, axborot tizimlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026