Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SHARH FIQH AL-KAYDONIY” ASARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Anarbayeva Jamila Fayyoz qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Zamonaviy fiqhiy masalalar (in-academy.uz/index.php/si) · Amir Temur (in-academy.uz/index.php/si) · Sayyid Amir Kulol. (in-academy.uz/index.php/si) · Anarbayeva Jamila Fayyoz qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
In this thesis, the history of the writing of Lutfullāh al-Nasafī's work "Fiqhi Kaidani", in which the detailed description of the work and its components, along with the principles of sharīʿah sciences, in particular, modern jurisprudence issues, are covered. This book, which is considered a comprehensive work written in the field of Islāmic law, is distinguished by the fact that it has not lost its importance until now. In the work, not only fiqh areas, prayer and behavior issues are covered in detail. Key words: Timurids, Sa‘d al-Dīn Taftāzānī, " Sharḥ al-‘Aqā’id al-Nasafīyah", modern jurisprudence issues , Amir Timur, Sayyid Amir Kulol. IX-XII asrlarda Nasaf ilm va madaniyat taraqqiyoti bobida Samarqand va Buxoro bilan raqobatlashadigan darajaga ko’tarilgan. Ofuron (Obron), Kojar, Balad (Po’lati), Fudina singari yirik manzillardan taniqli olimlar, muhaddis va fiqh olimlari yetishib chiqqanlar. Nasaf shahri IX-XII asrlarda ilm-ma’rifat jihatidan Movarounnahrdagi eng yirik ilmiy- madaniy markazlar - Samarqand va Buxorodan keyin turib, ko’plab olimu muhaddislar samarali faoliyat ko’rsatishgan. Islomshunos olim D. Rahimjonovning ma’lumotiga ko’ra VIII- XII asrlarda Movarounnahrda 3000 dan ortiq muhaddislar faoliyat ko’rsatgan. Ulardan 1000 dan ortig’i Samarqandda, 600 dan ziyodi Buxoroda, 400 dan oshig’i Nasafda, 70 dan ortig’i Shoshda, 60 dan ziyodi Farg’onada, yana shunchasi Keshda, 50 dan ortig’i Termizda, 40 dan ziyodi Xorazmda, shuningdek qolgan qismi esa Ustrushona, Dobusiya, Kushoniya va boshqa mintaqalarda faoliyat yuritishgan. Bu raqamlar Nasaf shahrining Movarounnahrdagi nechog’li ilmliy-madaniy salohiyatini yuksakligini yaqqol isbotlaydi1. Nasaflik 400 dan ziyod ulamolarning aksariyati Nasaf vohasidagi shaharlarga (Pazda, Kasbi va Kesh shaharlariga) mansub bo’lganlar. Nasaflik ko’plab ulamolar ilmiy faoliyatini Samarqand va Buxoro shaharlarida ham olib borishgan. Bu ilmiy ishda o‘rganilayotgan asar muallifi bo‘lmish Abdulloh Nasafiy Fozil Kaydoniy ham shu yurtda tavallud topgan2. 1 https://juyborikalon.uz/uz/news/327 (murojaat qilingan vaqt: 6.02.2024) 2 Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari.// – Toshkent, 2001. B.4. 98 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Uning “Fiqh al-Kaydoniy” asari madrasalarda asosiy darslik sifatida o’quv dasturiga kiritilib “Matlab as-Solih” kitobi asosida ham talabalar o’qitilgan3. Sharifxoʻja qozi kitobsevar va oʻz davrida kattagina kutubxonaning egasi ham boʻlgan. Hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Sharifxoʻja qozining shaxsiy kutubxonasiga tegishli qirqdan ortiq qoʻlyozma asarlar saqlanadi. Bu qoʻlyozmalarga bosilgan muhr izlariga qaraganda, Sharifxoʻja qozining kutubxonasiga tegishli kitoblar XIX asrning 40-80 yillari davomida jamlab borilgan. 4146 tartib raqamli qoʻlyozmada esa, 1220- 1232/1805-1817 yillar oraligʻida koʻchirilgan oʻndan ortiq asar oʻrin olgan. Xususan, majmuada Burhon al-Qurayshiy al-Abbosiyning “Tuhfat al-mutakallimin” (ilohiyot va mantiq, 45 v.), Abu Muʼin al-Nasafiyning (vaf. 1114) “Tabsirat al-adilla” (ilohiyot, 20 v.)4, Abulmunataha Ismatulloh ibn Muhammad al-Magʻnisaviyning (XVI asr) “Sharh al-fiqhi al-akbar” (16 v.), Nizomiddin ash- Shoshiyning (vaf. 936) “Al-Muxtasar fi ilm al-usul” (138 v.), Lutfulloh Nasafiy Kaydoniyning (vaf. 1349) “Fiqh al-Kaydoniy” asariga bitilgan sharhning toʻrtta nusxasi, Mullo Muhammad Amin Zohidning fiqhga oid “Tuhfat al-axyor” asarining ikkita nusxasi mavjud. Bundan tashqari, majmuada muallifi koʻrsatilmagan risolalar ham bor. “At-Tasmiya”ning Fors tilidagi haqiqiy maʼnosi “Tengi yoʻq Xudoi taolo nomi bilan boshlayman” dir5. Abu Hafs Abu Jaʼfar “Taxrij al-maxroj” kitobida bunday degan: Olimlar “at- tasmiya”ning grammatik tahlili borasida uning “muzmar” (ellips – jumlada soʻzning tushib qolishi)li ekaniga ittifoq qilganlar. Chunki, “ِاللّ َ مِسِْب” jumlasi morfologik tahlil jihatidan tarkibi biriktiruvchi predlog (harf al-ilsaq) va birikmish (al-mulsaq bihi)dan iborat. “Birikmish” uchun esa oʻziga mos narsa zurur boʻladi. Olimlar esa “at-tasmiya”dagi ellipsning oʻrni borasida turli xil fikrlar bildirganlar. Baʼzi olimlar jumladagi ellips jumlaning boshida boʻlib, uning tartibi “ مِسِْب أدتبأ ِاللَّ ” yoki “أدتبأ ِاللَّ مِسِْب ي” deganlar. Muhaqqiq olimlar esa, jumladagi ellips jumlaning oxirida boʻlib, uning tartibi “أدتبأ ِاللَّ مِسِْب” shaklidaligini aytganlar. Chunki, qachon “mafʼul” (vositasiz toʻldiruvchi) feʼldan oldin keltirilsa, cheklash va xoslashni taqozo qiladi. Buni quyidagi Alloh taoloning kalomida koʻrish mumkin: نُيعَِتسْنَ كَاَيِإو دُُبعْنَ كَاَيِإ Maʼnoviy tarjimasi. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad soʻraymiz6. (Fotiha surasi, 4-oyat). Umuman olganda, “ِ اللَّ مِسِْب” ning maʼnosi “Tengi yoʻq Xudoi taolo nomi bilan boshlayman” deganidir. “ مِيحِرَلا نِمَحْرَلا” soʻzlari ikkita ism (Oʻzbek tili garammatikasida sifat soʻz turkumiga oid) boʻlib, ular “ةمحرلا” soʻzidan yasalgan. “ نِمَحْرَلا” soʻzi xoslangan va Al
Доказательный фрагмент
«In this thesis, the history of the writing of Lutfullāh al-Nasafī's work "Fiqhi Kaidani", in which the detailed description of the work and its components, along with the principles of sharīʿah sciences, in particular…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, the history of the writing of Lutfullāh al-Nasafī's work "Fiqhi Kaidani", in which the detailed description of the work and its components, along with the principles of sharīʿah sciences, in particular… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Timurids, Sa‘d al-Dīn Taftāzānī, " Sharḥ al-‘Aqā’id al-Nasafīyah", modern, “Sharh al-aqoid an-nasafiy”, Amir Temur, Zamonaviy fiqhiy masalalar, Temuriylar, Sayyid Amir Kulol., Sa’duddin Taftazoniy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025