Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FE'L LEKSEMALARIDA VAZIFA SEMALARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduvoitova Maftuna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada fe'l leksemalarida vazifa semalari ma’nosi, uning tarkibi, nutqiy xususiyatlari tadqiqiga doir fikr-mulohaza, tahlil va tasniflar yoritilgan. Kalit so‘zlar: leksema, fe'l, ma’no, ifoda sema, omillar. Semema vazifa semasining o‘zgarib voqealanishini fe’l leksemaning sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllari affikslarini olib qo‘llanishida yaqqol kuzatish mumkin. Masalan, ravishdosh shakllarini olgan fe’l leksema semantikasida fe’llik ma’nosi zaiflashib ravishga xos belgi kuchayadi. Qiyoslang: U shoshildi – U shoshilib gapirdi. Ayrim lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar fe’lning atash semalarini modifikatsiya qiladi. Masalan, [kitob] leksemasi sememasidagi belgilanmagan miqdor semasi nutqda voqealangan (kitoblar) so‘z shaklida, [son+ot] qolipi sintaktik qurilmalarda muayyanlashadi [2]. Bu esa uni shartli ravishda “sememaning atash semalari o‘zgarishi” deb talqin qilish imkonini beradi. Leksema lisoniy ma’nosining nutqiy xoslanishini quyidagicha guruhlash mumkin: sememaning atash semalari so‘nishi sememaning so‘z ma’no sememaning atash natijasida vazifa bo‘lakchasi sifatida semalari o‘zgarib semalari kuchayishi va voqelanishi; voqelanishi. ifoda semalari o‘zgarib voqelanishi; Leksema so‘z yasash qoliplari vositasida nutqiy yasama so‘zlarni vujudga keltiradi. Nutqiy yasama so‘zlarga ham, boshqa nutqiy birliklar belgilari xosdir. Yasama so‘zlarda uch tur lisoniy birlikning voqealanishi kuzatiladi: a) asos leksema; b) yasovchi morfema (yoki leksema); v) so‘z yasash qolipi. Nutqiy yasama so‘zlar deyilganda, so‘z yasash qoliplari asosida ma’lum bir nutq jarayonida vujudga keltirilgan va ushbu nutq jarayonidagina mavjud bo‘lgan hosilalar anglashiladi [3]. Bir xil yoki o’xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko’p holda atash semasi bir xil bo’ladi [2]. Masalan, “yaxshi”, “tuzuk”, “durust”, “ajoyib” yoki “yuz”, “chehra”, “oraz”, “turq”, “aft”, “bet” ma’nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir xil. “Yaxshi”, “tuzuk”, “durust”, “ajoyib” leksemalarining atash semalari quyidagilar: 1) “belgi”; 2) “barqaror belgi”; 3) “sifat belgi”; 4) “shaxsiy baho”; 5) “ijobiy”; 6) “ichki – tashqi”. 104 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Shu bilan birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo’lib, ular “tuzuk” leksemasida “me’yordan bir pog’ona pastlik”, “yaxshi” leksemasida “me’yorchilik”, “ajoyib” leksemasida “meyordan bir pag’ona yuqorilik” semalaridir [1]. “Yuz”, “chehra”, “oraz”, “turq”, “aft”, “bet” leksemalarida esa; 1) “inson bosh old tomoniga xos”; 2) “peshanadan iyakkacha bo’lgan qism” semasi atash semasi. Ingliz tilida talkative, conversational, chatty, nosy so’zlarini oladigan bo’lsak, bularning bari “sergap (full of trivial conversation)” ma’nosini beradi. Bu ularning atash semasi. Fe’l leksemalar sememalarini nutqqa moslashtirishda ikki yoqlama tabiatli bo‘lganligi sababli lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi deb baholangan ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi ko‘rsatkichlarining roli ham o‘ziga xosdir [1]. Harakat tarzi shakllari [2] fe’l leksema sememasini nutqqa chiqarishda, asosan, uning tarkibidagi ifoda semalarini modifikatsiya qiladi. Atash va vazifa semalari o‘zgarmasdan qolaveradi. QIYOSLANG: 1. Salim o‘qidi. Salim o‘qib yubordi. 2. Bola uxlayapti. Bola uxlab yotibdi. 3. Chopayotgan olapar. Chopib borayotgan olapar. Birinchi juftlikdagi 2- gapda harakat tarzi shakli (-ib yubordi) [o‘qimoq] fe’lining voqelanishida uning lisoniy mohiyatida belgilanmagan “to‘satdanlik”, ikkinchi va uchinchi juftlikning 2-gapida (-b yotibdi), 3-gapda (-i/b borayotgan) shakllari “davomiylik” nutqiy ma’no bo‘lakchalarini namoyon qilgan va natijada sememadagi “noaniq tarz” semasi muayyanlashgan. Masalan, mustaqil qo‘llanishdagi nutqiy ma’noda [qoyil] leksemasining «narsa-predmet yoki shaxsga oid», «belgi», «tasanno aytishga loyiq», «ijobiy», «so‘zlashuvga xos», «umumiy xususiyat», «shaxsiy baho», «me’yordan ortiq» semalari voqelanishini kuzatish mumkin. Semalar qatorida «belgi», «tasanno aytishga loyiq», «shaxsiy baho» semalari uyushtiruvchi mavqeda bo‘lib, leksemaning asl mohiyati shularda parchalangan. Leksema o‘z semantik tabiatiga ko‘ra [ajoyib], [zo‘r] leksemalari bilan paradigmatik munosabatda bo‘ladi. Bu leksemalar ham narsa-predmet yoki shaxsning biror me’yordan ortiq belgi-xususiyatga bo‘lgan shaxsiy munosabatini ifodalaydi. Biroq ular shaxsiy munosabatning belgiga ko‘ra darajalanishini namoyon qiladi. «Biror xususiyatning me’yordan ortiqligi» belgisining oshib borishi» darajalanish qatori [zo‘r] - [ajoyib] - [qoyil] tarzida bo‘ladi [3]. Demak, mualliflar aytmoqchi, leksema asosida hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llarda ham leksemaning asosiy semalari o‘z mavqeyida qoladi, yordamchi fe’l uni harakat/holatga aylantiradi va hosila shaxsning ichki holatini ifodalaydi. Shu tariqa, [qoyil] leksemasi asosida hosil bo‘lgan nutqiy hosilada [qoyil] va [qilmoq] leksemalari semalari qorishgan holda tajallilanadi. Hosila holat/belgi ifodasi sifa
Доказательный фрагмент
«Maqolada fe'l leksemalarida vazifa semalari ma’nosi, uning tarkibi, nutqiy xususiyatlari tadqiqiga doir fikr-mulohaza, tahlil va tasniflar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada fe'l leksemalarida vazifa semalari ma’nosi, uning tarkibi, nutqiy xususiyatlari tadqiqiga doir fikr-mulohaza, tahlil va tasniflar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- omillar., fe'l, ifoda sema, ma’no, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025