К содержанию
РецензированоRU2022

NOKNING KUZGI VA QISHKI NAVLARINI SAQLASHDA TABIIY KAMAYISHI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · О‘ZGARISHLAR TAHLILI (in-academy.uz/index.php/si) · Djabbarov Zikrillo Abdumaxsudovich (in-academy.uz/index.php/si) · Nortojiyev Bobosher Sheraliyevich (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 2022

Аннотация

Ilmiy maqola Nok mevalarini sovutkichli omborxonalarda saqlashning yakuniy bosqichida ushbu qishki nok navlarida biologik faol moddalarning tahlili mos ravishda Zimnyaya nashvati navida mevalarni saqlashdan oldin meva tarkibidagi faol moddalrdan R vitamin 1,1%, ni tashkil etgan bо‘lsa, saqlashdan keyin 0,7%, kо‘rsatkichda bо‘lgaligi kuzatildi. Ushbu navda leykoantotsinov faol moddasi saqlashdan oldin 0,8%, saqlashdan sо‘ng tahlil etilganda esa 0,6 % ni tashkil etganligi aniqlandi. Kalit sо‘zlari – nok, meva, meva о‘lchami, morfometrik, rang shkalasi,, saqlash ombori, harorat nisbiy namlik. Kirish Bugungi kunda urug‘li meva turlaridan nok mevasini yetishtirish hajmini oshirish va uni sifatli saqlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, dunyo bо‘yicha jami 27 mln. tonnadan ortiq nok mevalari yetishtirilib, eng kо‘p nok mevalarini yetishtiruvchilar Xitoy (mos holda 19,4 mln. tonna), Argentina (905 ming tonna), AQSH (738 ming tonna), Italiya (701 ming tonna) va Turkiya (472 ming tonna) davlatlari hisoblanadi Respublikamizda 2022 yili nok mevalarini yetishtirish 8756 gektardan ortiq maydon, shundan hosil beradigan bog‘lar 7392 gektar, yig‘ilgan yalpi hosil 117546 tonna, hosildorlik esa 161,2 s/ga ni tashkil etgan. Aholi sonini ortib borishi va mahsulot eksport hajmini kengayishi nok mevalariga bо‘lgan talabni ham ortishiga olib keladi. Hozirda nok mevalarini yetishtirish hajmini oshirish, ekologik toza sifatli mevalarni saqlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning obekti sifatida nokning qishgi “Zimnyaya nashvati”, “Royal zimnyaya” navlari tanlab olingan. Kirish hozirgi vaqtda dunyo miqyosida nok mevalarini yetishtiruvchi ko‘plab davlatlarda, jumladan; Xitoy, Argentina, AQSH, Italiya va Turkiyada nok mevalarini yetishtirish, hosildorligi va hajmini oshirish, sifatli va ekologik sof mevalarni ko‘paytirish va ularni saqlab ozuqaviyligi hamda shifobaxshligini yo‘qotmagan holda aholiga yetkazish bo‘yicha olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunday bo‘lsada, hozirda nok mevalarini saqlashning resurstejamkor, xalqaro standartlarga mos, samarali elementlarini ishlab chiqish, saqlashga mos nok navlarini saqlanuvchanligini oshirish, biokimyoviy tarkibini saqlangan holda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotning obekti sifatida nokning qishgi “Zimnyaya nashvati”, “Royal zimnyaya” navlari tanlab olingan. Tadqiqotning predmeti. Nok mevalarini agrotexnologik yetishtirish sharoitini saqlash jarayoniga ta’siri va navlar kesimida nok mevalarini sifat ko‘rsatkichlariga, tabiiy yo‘qotish darajasiga, saqlash jarayonida yuzaga keluvchi turli ta’sir etuvchi omillar va uzoq muddat saqlash davomida sovutgichli omborxona havosining nisbiy namligi, harorati va havo aylanishini boshqarish hisoblanadi. 54 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Tadqiqotning usullari. Tadqiqotlarda nok mevalarini GOST 25999-83 standarti, nokni saqlashgacha va saqlashdan keyingi tarkibidagi mono va disaxaridlar, organik kislotalar, pektin moddalari – karbazol usuli bilan; nokni tatib ko‘rish orqali organoleptik baholash koeffitsiyentlarini aniqlashda YE.P.Shirokov va V.I.Polegayevlarning uslubi bo‘yicha tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari: Bizga ma’lumki nok mevalarini sifatli saqlashda, meva sifatining biokimyoviy kо‘rsatkichlari bilan baholanadi. Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoiti nok mevalari tarkibida turli miqdorda quruq moddalarni tо‘plash imkonini berishi tajribalarimizda kuzatildi. Nok mevalarini saqlash davridagi о‘zgarishlar, kuzgi navlarda turlicha bо‘lishi aniqlandi. Tajribalarimizda kuzgi nok navining mevalari sovutkichli omborxona-larga saqlashga qо‘yish oldidan ular о‘rtacha 14,2% quruq moddalarni tо‘plagan holda saqlashga joylashtirilgan bо‘lsa, mevalarni 2 oy saqlash davomida ularda polisaxaridlarning gidrolizlanishi tufayli 14,9% gacha quruq moddalar kо‘payishi kuzatildi. Bunda eng yaxshi kо‘rsatkich tajribalarimizda о‘rganilayotgan kuzgi nok navlaridan Vilyams navida bо‘lganligi aniqlandi. Kuzgi navlarimizdan Mramornaya rassoshansk navida shunga о‘xshash о‘zgarishlar yuz bermadi va mevalar 2 oylik saqlash davomida ulardagi quruq moddalar tarkibi 0,2% ga kamaygan, eruvchan qattiq moddalarning 1,3 va 1,5 % yо‘qotilishi va ularning dinamikasi chiziqli ravishda kamayib boruvchi tendensiyaga ega ekanligi aniqlandi. Mevalar tarkibidagi qandning umumiy miqdori esa bu navlar uchun quruq moddalar kabi о‘zgarish dinamikasiga ega bо‘lganligi kuzatildi. Tajribalarimizda о‘rganilgan kuzgi nok navlaridan yuqori kislotalilik Mramornaya rassoshansk navida bо‘lib, 0,49 % ni tashkil etdi. Qolgan navlarning umumiy kislotalilik qiymati saqlash davrida 0,26-0,34 % dan iborat bо‘lib, о‘zgarib bordi va fiziologik jarayonlar davomida kamayganligi kuzatildi. Bundan tashqari, kislotalarning maksimal kamayishi Vilyams navida bо‘lib 0,14% gacha pasayganligi kuzatildi. Nok mevalarini saqlash natijasida qand va kislotalarning

Доказательный фрагмент

«Ilmiy maqola Nok mevalarini sovutkichli omborxonalarda saqlashning yakuniy bosqichida ushbu qishki nok navlarida biologik faol moddalarning tahlili mos ravishda Zimnyaya nashvati navida mevalarni saqlashdan oldin meva…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ilmiy maqola Nok mevalarini sovutkichli omborxonalarda saqlashning yakuniy bosqichida ushbu qishki nok navlarida biologik faol moddalarning tahlili mos ravishda Zimnyaya nashvati navida mevalarni saqlashdan oldin meva… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harorat nisbiy namlik., nok, saqlash ombori, rang shkalasi, meva, meva о‘lchami, morfometrik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники