Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEXNIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Irkinov Ma’murjon Botirjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo) · Islom Karimov nomidagi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 11 · 2026
Аннотация
Hozirgi ta’limning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganganligini inobatga olib ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassalarida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning bir qancha afzalliklari va kamchiliklari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: fizika, resurs, ta’lim resurslari, platforma, kompyuter texnologiyalari, AKT, model, diagramma, fizik kattalik. Bugungi globallashuv jarayonida ta’limning jadal elektronlashib borayotganiga barchamiz birdek guvoh bo‘lmoqdamiz. Elektron ta‘lim tizimi o‘quvchilarga barcha o‘quv materiallaridan to‘plangan bilimlarni turli test to‘plamlaridan foydalangan holda o‘z-o‘zini tekshirish va shu material ustida qayta ishlash imkoniyatini bermoqda. Ta’limda ham bir muncha murakkabliklar paydo bo‘layotgan bir paytda elektron ta’lim vositalari o‘quvchining o‘zlashtirish xususiyatini anchagina yengillashtirmoqda desak yanglishmagan bo‘lamiz. Hozirda ta’lim jarayonidagi amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, jumladan ilg’or innovatsion texnologiyalarning olib kirilishi ta’limni tizimli amalga oshirishga yangicha nuqtai nazardan yondoshishni talab qiladi. Bugungi kunda axborot vositalaridan barcha sohalarda keng qo‘llanilgan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali fizik xodisalarni, tajribalarni namoyish qilish va kuzatishda, fizika kursida turli fizik jarayonlarni o‘rganishda pedagogik dasturiy vositalardan keng foydalanish mumkin. Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita bo‘lib, ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Shuning uchun, zamonaviy o‘qitish texnologiyasini amalga oshirish, noan’anaviy o‘quv manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kompyuterdan foydalanuvchi tajribaning dastlabki shartlarini o‘zgartira borib, kerakli fizik tajribalarni o‘tkazadi va natija asosida xulosalar qilish imkoniga ega bo‘ladi. Ayrim hodislarni tajriba jarayonida ekranda uni tasvirlab berish bilan bir qatorda fizik kattaliklarning o‘zaro bog‘liqlik diagrammasini kuzatishga imkon beradi. Tajribalarning videoko‘rinishi dars jarayonining o‘zgacha jonli va qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu o‘rgatuvchi kompleks dasturlar yordamida fizik hodisa va jarayonlarda kuzatiladigan fizik qonuniyatlarni bog‘lab tushuntirish qator afzalliklarga ega. Elektron ta’lim - bu platformalar yoki raqamli muhitlar orqali bilimlarga kirishni targ‘ib qiluvchi ta’lim modeli hisoblanadi. Elektron ta’lim resurslari yordamida fizika fani darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan bilimlarini nafaqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab yetishlariga samarali yordam beradi hamda fizik jarayonlar haqida umumiy tasavvurlarga ega bo‘lishga yordam beradi. 22 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Elektron ta’lim platformalarining ham yutuqlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, bu quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ushbu turdagi platformalarning ba’zi bir afzalliklari: Moslashuvchan va arzon o‘qitish. Internet bilan texnologik uskunalar kuchining birlashtirilganligi. Geografik va vaqtinchalik masofalarni bekor qilish. Minimal bilim bilan platformadan foydalanishga imkon beradi. Taklif qilingan vaqtda o‘rganish va tezligidagi erkinlik. Elektron ta’lim platformalarining kamchiliklari: Yuzma-yuz kursdan ko‘ra talabning va bosimning yuqoriligi. Yuklangan o‘quv materiallarining kamligi. O‘qituvchilar uchun yanada noqulaylik, chunki siz nafaqat o‘zingiz mavzuni o‘rgatishni, balki AKTni o‘qitish haqida ham bilishingiz kerak. Talabalarga darsdan chalg‘ish uchun vaqtning yetarliligi. Ta’limdan chalg‘ituvchi omillarning xilma-xilligi. Elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi: − o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish; − animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik; − namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchi va talabalar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi; − namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish; − o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, elektron ta’lim platformalarining afzalliklari va kamchiliklari soni jihatidan bir-biriga juda o‘xshashdir, agar siz o‘qitishning bir turiga boshqasidan ko‘ra ko‘proq tanlasangiz, bu sizga bog‘liq.
Доказательный фрагмент
«Hozirgi ta’limning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganganligini inobatga olib ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassalarida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning bir qancha afzalliklari va kamchiliklari…»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi ta’limning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganganligini inobatga olib ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassalarida elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning bir qancha afzalliklari va kamchiliklari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fizika, AKT, fizik kattalik., diagramma, ta’lim resurslari, resurs, platforma, kompyuter texnologiyalari, model
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025